• Alfa-ekzotoksin
  • Beta-ekzotoksin
  • Gamma-ekzotoksin
  • Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish texnologiyasi




    Download 3.04 Mb.
    bet36/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish texnologiyasi. Sanoat ishlab chiqarishi boʻyicha ishlab chiqariladigan mikrob preparatlari orasida bakterial preparatlar keng tarqalgandir. Ular hashoratga nisbatan verulentligi, atrofdagi flora va faunaga beziyonligi, zararkunandaga ancha tez ta’sir etishilari jihatidan ajralib turadi.
    Shu paytgacha tadqiq qilingan entomopatogen bakteriyalar orasida keng qoʻllanilishi nuqtai nazaridan grammusbat bakteriya Bac. thuringiensis ni keltirib oʻtish mumkin. Bu bakteriya hashorat ichiga kirgandan soʻng, u hashoratni karaxt qilib qoʻyadigan sporalar hosil qilishdan tashqari, oʻsish jarayonida qator toksik birikmalar ishlab chiqaradi, bu birikmalarining boʻlishi esa, muayyan bakteriyalar negizida ishlab chiqariladigan preparatlarning samaradorligini oshiradi. Bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan toksik preparatlar orasida quyidagi toʻrt xil komponentni alohida koʻrsatib oʻtish mumkin:
    1. Alfa-ekzotoksin, yoki fosfolipaza S-bakteriyalarning oʻsayotgan hujayralarini mahsuloti. Bu fermentning toksik ta’siri hashoratlar toʻqimalaridagi almashinmaydigan fosfolipidlaning parchalanishini indusirlaydi va bu narsa oʻz navbatida modda almashinuvini izdan chiqaradi, eng soʻnggida esa hashoratning oʻlimiga olib keladi;
    2. Beta-ekzotoksin, yoki termostabil toksin. Bakteriyani oʻstirish suyuqligida hujayravni oʻsishiga mos holda yig‘iladi. Toksin tarkibiga oʻzaro teng nisbatda adenin, riboza va fosfat kislota kiradi. Beta-ekzotoksinni nukleotidning riboza va glyukozaning allosliza kislotasi bilan birgalikdagi birikmasi deb taxmin qilinadi. Uning ta’siri, aftidan ATF bilan bog‘liq holdagi RNK-polimeraza va nukleotidazalarning ingibirlanishi tufayli RNK sintezining toʻxtab qolishiga bog‘liqdir. Toksinning hashoratga koʻrsatadigan ta’sir spektri juda keng, ayniqsa uning rivojlanishini dastlabki davrida Bac. thuringiensis ishlab chiqaradigan boshqa toksinlarga qaraganda uning ta’siri sekinroq boʻladi va odatda hashoratning bir rivojlanish davridan boshqasiga oʻtishda yuz beradi. Koʻp toʻliq rivojlanish davri : tuxum - lichinka - qurt – g‘umbak – kapalak sikliga ega boʻlgan hashoratlar uchun subletal dozali zaharlanishlar qayd qilingan. Hashoratlarning rivojlanish bosqichlari boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar, beta-ekzotoksinni mutagen ta’sirga ega ekanligini, u hashoratlarni gen apparatini ishdan chiqarishini tastiqlaydi;
    3.Gamma-ekzotoksin, kam oʻrganilgan komponent, hali identifikasiyalanmagan ferment (yoki fermentlar guruhi). Uning toksikligi ishonchlilik darajasida isbotlanmagan;
    4. Sigma-enzotoksin, yoki parasporal endotoksin. Bakteriyani sporalanish jarayonida spora shakllanadigan qismiga qarama-qarshi boʻlgan qismida hosil boʻladi. Spora hosil boʻlish jarayonini nihoyasida bu toksin toʻg‘ri sakkiz qirrali kristall shakliga oʻtadi. Kristallarning sintezi stasionar fazada 3 soatda amalga oshadi. Kristallar organik erituvchilarda erimaydi, lekin sporalardan ajratilgandan keyin pH ning kuchli ishqoriy muhiti (11,5 dan yuqori) va ishqoriy buferlar (pH 7,9-9,5) da qaytaruvchilar ishtirokida yaxshi eriydi. Kristallar 100 0C gacha qizdirganda 30-40 minutdan keyin parchalanib ketadi va oʻzining toksik ta’sirini yoʻqotadi. Kristallarning kimyoviy tarkibida an’anaviy elementlar va aminokislotalar tarkibiga kiruvchi: karbon, azot, vodorod, kislorod, oltingugurtdan tashqari yana 19 xil element boʻladi. Binobarin, ancha miqdorda kalsiy, magniy, kremniy, temir, kamroq miqdorda - nikel, titan, rux, alyuminiy, xrom, mis, marganets uchraydi; fosfor deyarli boʻlmaydi. Kristallar oqsildan tashkil topgani va har xil shtammlardan olingan preparatlarning aminokislota tarkibi boʻyicha oʻzaro oʻxshashligi isbotlangan. Kristalning tuzilmaviy butunligi aftidan oqsilning kremniy bilan bog‘langanligi bilan bog‘liq. Kristall oqsilning kimyoviy tabiati jihatidan spora poʻsti oqsiliga oʻxshash. Spora poʻstida oshiqcha miqdorda oqsil hosil boʻlishi natijasida shu xildagi kristall hosil boʻladi degan taxmin bor. Bu kristall oqsilning hashoratga qanday mexanizm orqali ta’sir etishi aniqlangan. Kristall hashoratning ichagida protoksin molekulasiga ajraladi,undagi proteinazalar ta’sirida toksik fragmentlarga parchalanadi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, protoksin molekulyar og‘irligi 230000 Da li oqsil boʻlib, undan tangachaqanotlilarning ichagida toksik komponentning ajralib chiqishi uchun kerakli boʻlgan yuqori koʻrsatkichli pH sharoiti mavjudligi sababli bu toksik komponent ajralib chiqadi.
    Hashorat oʻlishi uchun kristallar uning organizmiga kirishi kerak. Kristallar qurt tomonidan yutilgandan keyin u oziqlanmay qoʻyadi. Koʻp xollarda sigma-toksinning birlamchi ta’sir koʻrsatadigan ichak qismi uning oʻrta qismi hisoblanadi. Kristallarga nisbatan reaksiyasiga qarab hashoratlarni uch guruhga boʻlish mumkin:
    - umumiy paralich (falaj);
    - ichakning oʻrta boʻlimini paralichi (falaji);
    - kristallarga nisbatan moyillikka ega emas, lekin yaxlit preparatga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladi.
    Koʻp hashoratlar uchinchi guruhga kirib: endotoksin ta’sirida oʻlmasdan, balki sporalarning oʻsishi va bakteriyalarning keyingi bosqichda jadal koʻpayishi natijasida nobud boʻladilar. Hozirgi kungacha sigma-endotoksinlarning 12 ta serotipi va 15 ta varianti borligi aniqlangan. Ulardan endomopatogen bakterial preparatlar ishlab chiqarishda amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari toʻrtta variantdan iborat. Ular orasida: tiringienzis yoki berliner I serotipga mansub boʻlsa, alesti - III ga, dendrolimus-IV ga va galleriya - V ga mansubdir.
    Ma’lumki, Bac. thuringiensis 130 turga mansub boʻlgan hashoratlarga nisbatan antogonistik ta’sirga ega, ular orasida dala, poliz, meva ekinlari, tok va oʻrmon zararkunandalari uchraydi. Bu guruh preparatlarni barg bilan oziqlanuvchi hashoratlarga qarshi qoʻllanilganda yaxshi samaraga erishiladi.
    Biotexnologiyaning istiqbolli yoʻnalishlaridan yana biri gen muhandisligi asosida mikroorganizmlarning yangi shtammlari-produsentlarni yaratish va shu asosda aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol preparatlarni ajratib olish muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yoʻnalishdagi ishlarning yaqqol misoli sifatida ilk bor insulin, interferon, oʻsish gormonlari va boshqa biofaol moddalarni mikrobiologik sintez yoʻli bilan ajratib olinganligini keltirib oʻtish mumkin. Genetik muhandislik asosida genetik materialni bir xil organizmlardan, jumladan yuqori darajada taraqqiy etgan organizmlardan bir hujayrali organizmlarga koʻchirib oʻtkazish orqali amalga oshiriladigan yangi biotexnologik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin boʻladi.
    Biotexnologiyaning rivojlanishini istiqbollarida mikrobiologik oʻg‘itlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish vositalarini assortimenti tamoman yangilanadi va kengayadi, natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab chiqariladi hamda ulardan amaliyotda keng foydalaniladi. Yaqin kelajakda tarkibida kraxmal va sellyuloza boʻlgan mahsulotlardan va sut mahsulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, glyukoza-fruktozali sharbatni enzimatik sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish yoʻlga qoʻyiladi.
    Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollaridan yana bir yoʻnalishi adenozintrifosfat (ATF) ni, ya’ni tirik mavjudotlarning universal akkumulyatorini sanoat miqyosida ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu moddani sanoat miqyosida ishlab chiqarish hujayrasiz tizimlarda enzimatik sintezni amalga oshiruvchi biokimyoviy sanoat ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
    Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta’minlash, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xoʻjaliklarni oʻzida yem-oziqa oqsili, yengil oʻzlashtiriladigan karbonsuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning boshqa xillarini, shuningdek ikkilamchi yoqilg‘i (biogaz), oʻg‘itlar konservantlar ishlab chiqarishni uddasidan chiqadi.
    Yeryuzida mavjud bo„lgan 8,7 millionturning 2,1 millioni okean uchun xos ekanligi baholandi. Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo„lgan mamlakathisoblanib, u yerda endemik turlar ko„p. Ya’ni bu turlar boshqa biromamlakatda uchramaydi. Yerda mavjdu bo„lgan turlarning 10% gayaqini Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko„proq qush turlari Yevropava Shimoliy amerikaga qaraganda ko„proq. Kolumbiyada dunyo sutemizuvchi turlarining 10% i uchraydi. Dunyoning suvda va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo qushlarining 18%i Kolumbiyadauchraydi. Indoneziya dunyo gulli o„simliklarining 10% ini, sutemizuvchilarning 12% ini, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar vaqushlarning 17% ini o„z ichiga oladi. Madagaskar orolidagi florada o„simlik turlarining 66% iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya orollarida 82-90%.

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish texnologiyasi

    Download 3.04 Mb.