• Oldindan xususiyatlari belgilangan, transgen oʻsimliklar va hayvonlar yaratish boʻyicha uslubiy koʻrsatma
  • Genni tanlash va uni klonlash.
  • -mavzu: Oldindan xususiyatlari belgilangan, transgen oʻsimliklar va hayvonlar yaratish




    Download 3.04 Mb.
    bet38/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    7-mavzu: Oldindan xususiyatlari belgilangan, transgen oʻsimliklar va hayvonlar yaratish
    Mashg‘ulotning maqsadi:Gen muhandisligi manipuliyatsiyalari qishloq hoʻjalik ekinlarining patogenlarga chidamli yangi nav, shakl, liniya va gibridlarni olish va yangi navlarni joriy etish muddatlarini qisqartirish kabi qator muhim muammolarni yechish imkoniyatini beradi.
    Oldindan xususiyatlari belgilangan, transgen oʻsimliklar va hayvonlar yaratish boʻyicha uslubiy koʻrsatma
    Rekombinant DNK lar texnologiyasi prokariot, shuningdek, eukariot genlarni ajratish, bu gen ( yoki bir necha genlar )ni retsipient oʻsimlik xromasomasiga koʻchirib oʻtkazish va uning ekspressiyasini ta’nlashga sharoit yaratadi. Bu texnologiyani qoʻllash izlanishni birmuncha aniq maqsadli va genetik apparat bilan manipulyatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
    Oʻsimliklarni bitta hujayrasidan yaxlit oʻsimlik olish mumkinligi, ya’ni totipotentlik xususiyati hayvonlar hujayralariga nisbatan ularning eng muhim afzalligi hisoblanadi. Oʻsimliklar gen muhandisligidagi natijalari oʻsimlik toʻqimalari kulturasi usullari, ayniqsa turli xil oʻsimliklarni regeneratsiya qilish usullarini ishlab chiqishga bog‘liq boʻladi.
    Gen muhandisligi texnologiyasi transgen oʻsimlik olishning quyidagi bosqichlarini oʻz ichiga oladi: 1) genni tanlash va uni klonlash; 2) retsipient – oʻsimlik genotipini tanlash; 3) genni kiritish va uning retsipient-oʻsimlik genomiga ekspressiyasi; 4) transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen oʻsimlikni tanlab olish.
    Genni tanlash va uni klonlash. Genni tanlash, oʻsimlikka xoʻjalik axamiyati qimmatli ma’lum bir belgini oʻtkazish zaruriyatidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda, asosan, oʻsimlik transformatsiyasi uchun monogen belgilar, ya’ni pestisidlarga chidamli, yoki boshqa xil stress omillarga chidamlikni belgilovchi genlar keng qoʻllaniladi. Bu belgilarga javobgar genlarning koʻpchiligi bakteriya genomidan ajratib olingan. Keyingi vaqtlarda chidamlilik belgilariga javobgar donor sifatida yovvoyi oʻsimlik turlarining genomlari tanlanmoqda. Turli xil tur, avlod va oilalarga mansub oʻsimliklarning biologik jihatdan bir-biriga mos kelmaslik sababli bunday genlarni retsipient oʻsimliklar oʻsimliklar genomiga jinsiy gibridlash usuli orqaligina kiritish mumkin emas. Hal etilishi yanada murakkab bir guruh sifat belgilari; urug‘ sifati, qurg‘oqchilik, yuqori va past haroratga chidamlilik belgilarini ajratib olish hisoblanadi.

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Oldindan xususiyatlari belgilangan, transgen oʻsimliklar va hayvonlar yaratish

    Download 3.04 Mb.