• Yem xashak sifatini yaxshilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish mavzusi boʻyicha uslubiy koʻrsatma
  • -mavzu: Yem xashak sifatini yaxshilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish




    Download 3.04 Mb.
    bet40/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    8-mavzu: Yem xashak sifatini yaxshilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish
    Mashg‘ulotning maqsadi: Shu narsa ma’lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya nurini chapga buruvchi aminokislotalar, ya’ni L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan. Koʻp davlatlarda qishloq xoʻjalik hayvonlari uchun standart qoʻshimcha oziqa sifatida soya oʻsimligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan.
    Yem xashak sifatini yaxshilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish mavzusi boʻyicha uslubiy koʻrsatma
    Hozirgi kunda sanoat miqyosida bir hujayralilar, ya’ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug‘lar oʻstiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yoʻlga qoʻyildi. Ancha vaqtlardan buyon zamburug‘larning Sacharomyces avlodi vakillarini qandli achitish qobiliyatidan foydalanib ularni aerob nafas olish muhitida oʻstirib oziq-ovqat, tibbiy preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Gidroliz sanoatini paydo boʻlishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan soʻng aerob fermentatsiya sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yoʻlga qoʻyila boshlandi. Bu narsa oʻsimlik manbalarini kislotali gidrolizi natijasida hosil boʻladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini beradi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yoʻlga qoʻyish ishlari achitqili biomassani karbonvodorodlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan boshlab neft tarkibidagi karbon vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shakllanishiga sababchi boʻldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkanlardan foydalangan holda oʻstirilgan boʻlsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, organik sintez chiqindilaridan ham substrat sifatida foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Parafinlar asosida oʻstiriladigan achitqili biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil boʻlishi mumkin ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar koʻp boʻladi, ya’ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi. Shu xildagi qimmatli yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida oʻstiriladigan bakterial biomassa orqali ham olish mumkin boʻladi. Bakterial biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va biomassaning hosil boʻlish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori boʻladi. Achitqi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi boʻyicha standart sifatida qabul qilingan soya oʻsimliginikidan biroz farq qilsada, mikrob oqsillari tarkibida ham aminokislotalarning toʻliq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar standartdagidan biroz koʻproq miqdorda uchraydi. 1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari haqidagi ma’lumot keltirilgan .

    Download 3.04 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Yem xashak sifatini yaxshilovchi mahsulotlar ishlab chiqarish

    Download 3.04 Mb.