Embrionlarni ajratib olish




Download 3.04 Mb.
bet43/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
Embrionlarni ajratib olishYirik shoxli hayvonlarda embrionlar tuxum yoʻlidan bachadonga qoʻshilgandan keyin 4-5 kunlar orasida kelib tushadi (ovulyasiyadan 3 yoki 4 kun oʻtgach), ammo superovulyasiyaga uchragan sigirlarning tuxum yoʻlida embrionlar 7 kungacha qolib ketishi mumkin. Shu sababli, embrionlarni tuxum yoʻlidan yoki bachadon shoxlaridan ajratib olishlik, ularni xarakati bilan aniqlanadi. Embrionlarni jarrohlik yoʻlidan foydalanmasdan ajratib olish faqatgina bachadon shoxlari mumkinligini e’tiborga olib, ularni faqatgina qoʻshilishga moyillik boshlanganidan 5 kun oʻtgach ajratish tavsiya etiladi.Jarrohlik usuli bilan embrionlarni ajratib olish juda yaxshi koʻrsatgichlarga ega boʻlgan boʻlsada, ishlab chiqarish sharoitida bu usuldan foydalanish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushib ketadi.Embrionlarni jarrohlik boʻlmagan yoʻl bilan ajratib olish quyidagicha amalga oshiriladi Shishadigan qadama (manjet) saqlovchi egiluvchan kateter jinsiy organdan bachadon boʻyini orqali bachadon shoxlariga kiritiladi. Qadama shishirilganda bachadon shoxidan chiqish yoʻli bekiladi. Kateter ikki kanalli boʻlganligi sababli bachadon ichiga yuborilgan suyuqlikni tashqariga oqib chiqish imkonini yaratadi. Agar kateter bir kanallik boʻlsa, yuvadigan suyuqlik bir necha (5-8) marotaba yuboriladi va keyin suyuqlik bachadon shoxidan oqib chiqadi. Har ikki holatda ham 200-300 ml Dyulbekko yaratgan fosfat buferi eritmasidan foydalaniladi.Embrionlarni ajratib olishni eng optimal vaqti qoʻshilishga intilish oʻtgandan keyingi 6-8 kun chunki yosh blastositlar juda past haroratda muzlatish (195%) ga chidamli va yuqori natija bilan jarrohlik boʻlmagan yoʻl bilan boshqa hayvonga oʻtkazilishi mumkin. Donor-sigirdan bir yilda 6-8 marotaba foydalanish va 3-6 embrion ajratib olish mumkin.Qoʻy va choʻchqalarning bachadoni boʻynidan bachadon shoxiga kateter oʻtishi juda qiyin boʻlganligi sababli, nojarrohlik usulidan foydalanish mumkin emas. Ammo, bu hayvonlarda jarrohlik usulidan foydalanish juda ham oson. Choʻchqalarda ovulyasiyadan keyin 40 soat orasida 1-,2-, 4 ta embrionni urugʻ yoʻlidan ajratib oladi. Buning uchun shisha idishchalarni (kayula) bachadon shoxining tepa qismidagi kichik teshikcha orqali ichkariga qoʻyiladi (istmus). Shisha idishchalar orqali 20-30 ml yuvadigan suyuqlik yuboriladi va suyuqlikni tuxum yoʻlini ampulyar oxiridan Petri likobchasiga yigʻib olinadi. embrionlarni ajratib olish uchun bachadondan urugʻ yoʻli va bachadonni yuqori shoxi yuviladi. Bachadan shoxi qisib turilib, unga shisha idishcha qoʻyiladi. Odatda yuvish uchun laktat, piruvat va xoʻkiz zardobidan olingan olobumin saqlovchi Dyulbekko buferidan foydalaniladi. Choʻchqa embrionlari qoʻshilishgandan keyingi 12-kungacha ajratib olinishlari mumkin. Odatda 95% gacha embrionlar ajraladi. Bir yilda bir dona choʻchqadan 3-4 marotaba embrion olish mumkin.Sovliqlardan embrionlar ajratib olish uchun urugʻ yoʻlini ampulyar ohiriga shisha yoki polietilendan yasalgan konyula kiritiladi va bachadon shoxidan urugʻ yoʻliga qarab yuviladi. embrionlar ajralish faolligi 80% ni tashkil etadi.

Download 3.04 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Download 3.04 Mb.