Embrionlarni koʻchirib oʻtkazish




Download 3.04 Mb.
bet44/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
Embrionlarni koʻchirib oʻtkazish Embrionlarni jarrohlik yoʻli bilan koʻchirib oʻtkazish bilan bir qatorda nojarrohlik yoʻlidan foydalanish ham keng rivojlangan Payeta deb ataladigan mahsus idishchaga yangi tayyorlangan oziqamuhiti soʻrib olinadi, (suyuqlikni balandligi 1,0-1,3 sm), keyin 0,5 sm
havo va 2-3 sm hajmda embrion saqlovchi asosiy muhit soʻrib olinadi. Keyin yana 0,5 sm havo va oziqa muhiti 1,0-1,5 sm soʻrilganda bu idishcha Kassa nomi bilan atalgan kateterga oʻrnatilib, 370S lik termostatga solib qoʻyiladi. Keyin orqa chiqaruv teshigidan nazorat qilish orqali (chizmaga qarang) kateter bachadon boʻyinchasi orqali sekinlik bilan bachadon shoxiga yuboriladi (5-7sm ichkariga kiritiladi). Kateterni shtokini bosish bilan payeta ichidagi suyuqlik embrion bilan birgalikda bachadon shoxiga yuboriladi. Embrionlarni koʻchirib oʻtkazishni samarasi donor (embrion beruvchi) bilan resipiyent (embrion qabul qiluvchi) hayvonlarda qoʻshilishga boʻlgan ishtiyoqni bir-biriga mos ravishda, monand kelishiga bogʻliq. Ayniqsa yirik shoxli hayvonlarda homilador boʻlish soni mana shu monandlik vaqtida embrion koʻchirishga bogʻliq.Embrionlarni bachadonni har ikki shoxiga yuborish katta samara beradi. Bu usuldan egizaklar olishda keng foydalaniladi. Egizak olish uchun 7 kunlik embrionlarni urugʻlangan hayvonlarning qarama-qarshi turgan sariq tana saqlovchi tuxumdoniga yuborish kerak.Baytollar uchun embrionlarni jarrohlik boʻlmagan yoʻl bilan oʻtkazish usuli ham yaratilgan. Bu usulning samaradorligi ovulyasiyadan keyingi 6-8 kunlarda ekanligi tasdiqlangan. Yuqorida ta’kidlab oʻtilganidek, sovliqlarda va choʻchqalarda embrionlarni koʻchirib oʻtkazish faqat jarrohlik yoʻli bilan amalga oshiriladi. Resipitentlarda ham donorlarda amalga oshirilgan ishlar bajariladi. Embrionlarni rivojlanish bosqichiga qarab, ular yoki urugʻ yoʻliga yoki bachadonga tashlanadilar.Qoʻshilishga boʻlgan ishtiyoqini boshlangan sovliqlardan 1-4 kunlari ajratilgan boʻlsa, urugʻ yoʻliga, kattaroq yoshdagilari esa toʻgʻridan–toʻgʻri bachadonga tashlanadilar. Koʻchirib oʻtkazilgan embrionlarni tutib qolish samarasi 70-75% ni tashkil etadi.

Download 3.04 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Download 3.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Embrionlarni koʻchirib oʻtkazish

Download 3.04 Mb.