• Chiqindisiz texnologiya yaratish mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
  • -mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish




    Download 3.04 Mb.
    bet49/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    12-mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish
    Mashg‘ulotning maqsad: Asosiy tushunchalar“Chiqindisiz texnologiya” atamasi birinchi marotaba akad. N.N.Semyonov va I.V. Petryanovlar tomonidan fanga kiritilgan edi. Ushbu atama bizda va xorijiy mamlakatlarda keng tarqalib ketdi. Lekin ba’zan “kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar” atamasi oʻrnida “toza” yoki “birmuncha toza texnologiya” atamalari ham qoʻllaniladi. Chunki “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartlidir.
    Chiqindisiz texnologiya yaratish mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
    Buni isbotlash uchun termodinamikaning I va II qonunlarini koʻrib chiqamiz.“Umumiy fizika” kursidan ma’lumki, yonilgʻi yonganda chiqadigan issiqlik miqdori dQ gazni (yoki sistemani) ichki energiyasini dU miqdorda oshiradi va porshenni dh masofada siljitib, dA miqdorda ish bajaradi. Demak, dQ kattalik dU va dA yigʻindisiga teng boʻladi:
    dQ=dU+dA Berilgan issiqlik miqdori hisobiga bajarilgan ish qancha katta boʻlsa, bunday mashinaning samaradorligi shuncha yuqori boʻladi. Mana shu berilgan yoki sarf qilingan issiqlik miqdoridan qancha qismi ish bajarishiga sarf etilgani katta iqtisodiy ahamiyatga ega.Termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: sistemaga berilgan issiqlik miqdori shu sistemaning ichki energiyasini oʻzgarishi bilan sistemada bajarilgan ishning yigʻindisiga teng.
    Agar silindr ichidagi gaz kengayib ish bajarsa dA=R(V2-V1) bunda V2>V1 va V1-V2>0 boʻladi. Bu holatda dA>0 , ya’ni musbat ish bajariladi.
    Ammo muhandislik amaliyotida (real sharoitda) bunday boʻlmaydi. Lekin dU=0 boʻlishi mumkin, agar jarayon izotermik boʻlsa, ya’ni T=const va dT=0. Izotermik jarayon boʻlishi uchun silindr ichidagi porshen nihoyatda kichik tezlik bilan harakat qilishi kerak. Agar porshen cheksiz kichik tezlik bilan harakat qilsa, unda silindr ichidagi gazning harorati tashqi muhitdagi haroratga teng boʻladi va jarayon izotermik boʻladi. Bunday cheksiz kichik tezlik bilan porsheni harakatlanib ishlaydigan dvigatelni yasab boʻlmaydi. Shuning uchun (4) ifoda (shart) bajarilmaydi, energiyaning bir qismi albatta ichki energiyani oʻzgartirishiga sarf boʻladi. Mana shu bois berilgan issiqlik miqdorini toʻliq ishga aylantira oladigan mashinani yasab boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, energiya sarflanmasdan ishlaydigan mashinani yasab boʻlmaydi.Energiya sarf qilmasdan ishlaydigan mashinalarga perpetium mobilning birinchi turi deb aytiladi. Demak, termodinimikaning I qonuni, perpetium mobilni birinchi turini yasash mumkin emasligini isbotlaydi.Termodinamikaning II qonuni quyidagicha ta’riflanadi: har qanday issiqlik jarayonlarida issiqlik miqdori harorati katta boʻlgan jismdan, oʻz-oʻzidan, harorati kichik boʻlgan jismga oʻtadi. Boshqacha qilib aytganda, issiqlik miqdori kamroq isitilgan jismdan koʻproq isitilgan jismga, oʻz -oʻzidan oʻtishi mumkin emas.Davriy (uzluksiz) ishlaydigan mashinalarning foydali ish koeffisiyenti (FIK) quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi:
    Shuning uchun FIK 100% ga teng boʻlgan mashinani yasab boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, isitgichdan Q1 issiqlikni olib bu issiqlikni toʻliq ishga aylantiruvchi mashinani yasash mumkin emas. Bu xulosa termodinamikaning II qonunini ifodalaydi. Faqat bitta issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab boʻlmaydi. FIK 100% ga teng boʻlgan mashinalarga perpetium mobilning ikkinchi turini yasash mumkin emasligini isbotlaydi.Yuqoridagi qonunlarga asoslanib aytish mumkinki, “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartli boʻlib, uning oʻrnida “toza” yoki “ekologik toza texnologiya” atamalarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Chunki muhandislik amaliyotida 100% chiqindisiz texnologiyalarni amalda joriy etish katta mablagʻni talab qiladi: loyihalash ishlari, murakkab texnologik jarayonlar va zamonaviy asbob uskunalarni yaratishni taqozo etadi.
    “Chiqindisiz texnologiya” inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli foydalanishni ta’minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. “Chiqindisiz texnologiya” - bu mahsulotning shunday ishlab chiqarish usuliki, unda xom-ashyo - ishlab chiqarish - iste’mol qilish - ikkilamchi xom-ashyo resurslari siklida energiya va xom-ashyolardan unumli va kompleks ravishda qoʻllaniladi va tabiiy muhitga yetkazilgan har qanday ta’sir uning normal holatidan chiqara olmaydi.

    Ushbu ta’rifda 3 holatni ajratish mumkin:


    1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi.
    2. Xom-ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji boricha energiya resurslari potensialidan toʻlaroq foydalanishning majburiyligi.
    3. Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta’sir qilib uning normal ishlashiga ta’sir etmaslik.Kam chiqindili texnologiya mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta’sir ruxsat etilgan sanitar-gigiyenik me’yorlardan oshmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik, tashkiliy va iqtisodiy sabablar tufayli xom-ashyoning ma’lum bir kichik qismi chiqindi boʻlib qolishi mumkin va ular ekologik xavfsiz joylarda saqlanadi yoki koʻmiladi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti – korxonada foydalanishga yaroqsiz chiqindilar va xususan, zaharli moddalarni zararsizlantirish sistemasining mavjudligidir. Chiqindilarning mikdori yoki atrof-muhitga yetkazadigan ta’siri ularning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalaridan ortmasligi kerak.Shuni ham yodda tutish kerakki, “chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar” atamasi tabiiy resurslar, xom-ashyolarga kompleks (hamma tomonlama) ishlov berish, resurslardan unumli foydalanish, qoʻshimcha (ikkinchi darajali) mahsulotlar, ishlab chiqarish chiqindilari, iste’molga yaroqsiz boʻlib qolgan chiqindilar, ikkilamchi materiallar resurslari, ikkilamchi energiya resurslari, iqtisodiy zarar kabi atamalar bilan uzviy bogʻliqdir.
    ^ Tabiiy resurslar - bu Quyosh energiyasi, yer bagʻridagi energiyalar, suv, yer, minerallar, hayvonot va oʻsimliklar resurslaridir.Mineral resurslar - yer bagʻridagi geologik mineral xom-ashyo zahiralarining majmuasi hisoblanadi. Xom-ashyolardan hamma tomonlama foydalanish - xom-ashyo va ishlab chiqarish chiqindilari tarkibidagi foydali komponentlardan foydalanishni nazarda tutadi. Xom-ashyo tarkibidagi qimmatbaho komponentlarni ajratib olish darajasi va ulardan oqilona foydalanish jamiyatning ularga boʻlgan ehtiyojiga va texnikaning taraqqiyotiga bogʻliq. Xom-ashyolardan unumli foydalanish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, mahsulot turlari va hajmini koʻpayishini ta’minlaydi, mahsulot narxini pasaytiradi, xom-ashyo bazalarini yaratishga sarflanadigan mablagʻlarni kamaytiradi va ishlab chiqarish chiqindalari bilan atrof-muhit ifloslanishini oldini olishga imkon beradi.Xom-ashyolarga fizik-kimyoviy ishlov berish paytida asosiy ishlab chiqarish mahsuloti bilan birga qoʻshimcha mahsulotlar ham paydo boʻladi. Masalan, neft ishlab chiqarishda qoldiq modda mazut hisoblanadi. Uning tarkibida vanadiy, nikel, magniy va kremniy kabi elementlardan tashqari 70-90 % oltingugurt mavjud. Ishlov berish paytida ularning paydo boʻlishi ishlab chiqarish jarayonining asosiy maqsadi emas, lekin ularni tayyor mahsulot sifatida qoʻllash mumkin. Bunday qoʻshimcha mahsulotlar uchun DAVAN, texnik me’yorlar va tasdiqlangan narxlar boʻladi. Hozirgi paytda mazut tarkibidan oltingugurt ajratib olish texnologik jarayonlari ishlab chiqilgan.
    Shuni ham yodda tutish kerakki, agar qoʻshimcha maxsulotlarni ajratib olish yoki ularga qayta ishlov berish iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb topilmasa, unda bunday mahsulotlarni yonilgʻi sifatida qoʻllash mumkin.
    ^ Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiklari, materiallar va yarimmahsulotlar (polufabrikatlar), sifat koʻrsatgichlarini qisman yoki toʻla yoʻqotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qoʻllash mumkin.
    ^ Iste’molga yaroqsiz chiqindilar – qoʻllash muddatini oʻtab boʻlgan materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq boʻlmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qoʻshimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin. Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste’molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi boʻlib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qoʻllash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qoʻshimcha yoki aloqador mahsulotlarni ham qoʻshish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potensial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan toʻliq foydalanilmayapti.Ikkilamchi energetik resurslar – texnologik jarayonlar natijasida qurilmalarda paydo boʻladigan chiqindilar, qoʻshimcha va oraliq mahsulotlarning energetik potensiali boʻlib, ulardan korxonaning oʻzida yoki qoʻshni korxonalarni energiya bilan ta’minlashda qisman yoki toʻliq qoʻllash mumkin
    Ikkilamchi energetik resurslarni 3 guruhga boʻlish mumkin:
    1. Yonilgʻi ikkilamchi energetik resurslari.
    2. Issiqlik ikkilamchi energetik resurslari.
    3. Mexanik ikkilamchi energetik resurlari.
    Yonilgʻi ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik oʻchoqlardan chiqadigan tutunli gazlarning fizik issiqliklari, materiallar oqimining issiqliklari, issiqlik almashinuvi qurilmalaridan keyin sovutuvchi suvlarning issiqliklari va boshqalar kiradi.Mexanik ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik jarayonlarda paydo boʻladigan yoki qoʻllaniladigan siqilgan gazlarning energiyasi kiradi.
    Nazorat savollari
    1. “Chiqindisiz texnologiya” atamasining shartliligini isbotlang.
    2. “Chiqindisiz texnologiya” deb nimaga ataladi?
    3. Kam chiqindili texnologiya deb nimaga aytiladi va uning tashkil etishning asosiy sharti nimadan iborat?
    4. Xom-ashyolardan hamma tomonlama foydalanish, ishlab chiqarish chiqindilari, iste’molga yaroqsiz chiqindilar, ikkilamchi materiallar resurslari va ikkilamchi energetik resurslar haqida batafsil ma’lumot bering.
    1. Chiqindisiz texnologiyalarning asosiy prinsiplari
    Ishlab chiqarish korxonasida chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish uchun quyidagi 5 ta asosiy prinsiplarga amal qilish kerak:
    1. Sistemalilik, ya’ni tabiiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga bogʻliqligini ta’minlash.
    2. Xom-ashyo va energetik resurslardan hamma tomonlama foydalanish, ya’ni hududiy ishlab chiqarish kompleksi miqyosidagi korxonaning chiqindisini boshqa korxonalarda qoʻllash imkonini yaratish.
    3. Materiallar oqimining davriyligi, ya’ni yopiq suv va gaz aylanma ta’minotini yaratish va ishlab chiqarishni tabiiy muhitga ta’sirini cheklash. Bu chuchuk suv, toza havo, hayvonot va oʻsimliklar dunyosini muhofaza qilishga katta yordam beradi.4. Tabiiy muhitga ishlab chiqarish ta’sirini cheklash, ya’ni tabiiy muhitga yetkaziladigan ta’sir, uning sifat koʻrsatkichlariga ta’sir koʻrsatmasligini yoki tabiiy muhitning sifat koʻrsatkichlari oʻzgarsa ham ruxsat etilgan chegaralardan oshmasligini ta’minlash.
    5. Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish samaradorligi, ya’ni energetik, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillarni inobatga olish, tabiiy resurslardan hamma tomonlama foydalanish, ishlab chiqarish hajmlarini oʻsishini ta’minlash va iqtisodiy zararlarni oldini olish.Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida tozalash inshootlari va chiqindilar sexlari mavjud boʻlib, paydo boʻladigan chiqindilar atrof-muhitdan izolyasiya qilinadi (chetlashtiriladi yoki koʻmib tashlanadi). Shuni ham inobatga olish kerakki, filtrlar va boshqa tozalash qurilmalari yordamida ushlab qolingan tashlamalar chiqindilardan toʻla-toʻkis foydalanish muammosini yecholmaydi. Yuqori tozalash darajasiga yetish uchun katta mablagʻ sarflanadi. Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari uchun ajratiladigan mablagʻlarning ortishi ishlab chiqarish iqtisodiy koʻrsatkichlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun xom-ashyolar va energiya sarfini kamaytirish va ulardan toʻla-toʻkis foydalanish uchun kam chiqindili texnologiyalarga oʻtish katta iqtisodiy daromad garovidir.
    Oxirgi yillarda jahonda xom-ashyo oʻrnida chiqindilardan foydalanish katta tezlik bilan oʻsib bormoqda. Masalan, Yaponiyada 96 % dan koʻproq ishlab chiqarish chiqindilari xom-ashyo oʻrnida qayta qoʻllaniladi. Ikkilamchi xom-ashyolarga qayta ishlov berish tajribalari Olmoniya, Bolgariya va Polshada keng rivojlanib bormoqda. MDX da 85% domen toshqollari, 25 % choʻyan va 50 % temir qotishmalari qayta ishlanadi.Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish uchun prinsipial yangi texnologiyalarni ishlab chiqish kerak boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, katta iqtisodiy mablagʻlarni ajratishni taqozo etadi.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish

    Download 3.04 Mb.