• Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish
  • Cartogena Protocol of Biosafety
  • -mavzu: Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish




    Download 3.04 Mb.
    bet52/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    15-mavzu: Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish.
    Mashg‘ulotning maqsad: GMO bu geni modifikatsiyalangan (oʻzgartirilgan) organizm boʻlib, bakteriya, oʻsimlik yoki hayvon organizmining qaysidir xususiyati genetik injeneriya usuli yordamida organizmga begona organizm genini kiritish yoʻli bilan oʻzgartiriladi. 
    Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish
    Londonda joylashgan «Institution of Mechanical Engineers» (IME) oʻtkazgan tadqiqotlarga koʻra, Yer yuzida yiliga 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning aksariyati turli qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinadi. Ekspertlar hisoblab chiqishdi: bugungi kunda qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan hosilning deyarli 30-50 foizi (1,2-2 mlrd. tonna) turli sabablarga koʻra yoʻqotilmoqda. Jumladan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tahlilchilarining ma’lumotlariga koʻra, Yer yuzida yetishtiriladigan donli ekinlarning 5 foizga yaqin qismi turli zararkunandalar oqibatida boy beriladi, bu koʻrsatkich turli davlatlarda turlicha koʻrinishda namoyon boʻladi, masalan, Misrda — 25-50 foiz, Polsha, Bolgariya, Germaniyada 5-14 foiz, Hindistonda 15 mln. tonna, Ukrainada 3,5-4,5 mln. tonnaga yetadi.
    AQSh biotexnologiya, xususan, biomuxandislik boʻyicha yetakchi oʻrinda turadi. Eng avvalo bunday holat gen muhandisligi, biomuxandislik borasidagi ilmiy hamda ilmiy ishlab chiqarish ishlarini Davlat tomonidan kuchli muhofazasida ekanligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatda gen modifikasiya qilingan organizmlardan ishlabhiqarishda foydalanish boʻyicha kongress qonunlari va prezident farmon va farmoyishlari qabul qilingan. AQShda ekiladigan soyaning yarmi, makkajoʻxorining 14 qismini transgen oʻsimliklar tashkil etadi. AQSh genetik modifikasiya qilingan mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.
    AQShning gen modifikasiya qilingan organizmlarni yaratish va ulardan foydalanishni Davlat tomonidan nazorat qilish tizimi boshqa mamlakatlardan (masalan, Rossiyadan) tubdan farq qilmasada oʻziga xos boʻlgan tomonlari bor.
    AQShda genetik modifikasiya qilingan organizmlarni Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uch vazirlikka, ya’ni Sogʻliqni saqlash, Qishloq xoʻjaligi va Ekologiya vazirliklari javobgarligiga topshirilgan. Bunday organizmlarni roʻyxatga olish yoki olmaslikni aytib oʻtilgan vazirliklarning har-biri mustaqil ravishda, bir-birlarining ishlariga aralashmasdan hal qilishlari mumkin. AQShning Qishloq xoʻjalik departamenti (USDA), uning veterinariya va oʻsimliklarni himoya qilish (APHIS) inspeksiyalari tasdiqlangan shartlar va tartiblarga binoan (notifikasiya), genetik modifikasiya qilingan organizmlarni shtatlar orasida yuritishiga, ularni importi yoki atrof-muhitga chiqarish haqida ruxsat beradi. Bu shartlar AQShda 1993 yilda ishlab chiqilgan va hozirgacha oʻz kuchini yoʻqotgani yoʻq.
    AQShda biotexnologiya va biomuxandislik boʻyicha aniq va ravshan me’yoriy huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida ishlab chiqarilishi va ularni faoliyat koʻrsatishini ta’minlanishi, mamlakatda bu sohani rivojlanishiga olib keldi. AQShda biomuxandislikni bosh yoʻnalishi-soya, gʻoʻza, makkajoʻxori, qand lavlagi, kartoshka, pomidor, raps va boshqa oʻsimliklarni raundap (glifosat) nomli gerbisidga, zamburugʻ kasalliklariga va hashoratlarga chidamli boʻlgan navlarini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bu mamlakatda bugʻdoyning virusli kasalliklariga chidamli gibrid navlarini yaratish boʻyicha faol ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Chidamli gibridlar va navlar yaratish boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida joylashgan “Monsanto” firmasi erishgan. Bu firma maxsulotlari butun jahonga yaxshi tanishdir.
    Shuni ham aytib oʻtish lozimki, AQSh fermerlari gibridlarni ekish, ulardan hosil olish, urugʻlarini yoki ulardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish boʻyicha hyech qanday muammoga duchor boʻlmaydilar. Gibridlardan foydalangan fermerlar gerbisid va pestisidlarga ketadigan xarajatlar hisobidan juda katta foyda topadilar.
    AQShda genetik modifikasiya qilingan va gibridlardan olinadigan oziqa mahsulotlarini maxsus belgilar bilan belgilab qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilinmagan. Xaridorlarning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda, belgilarni hohlagan vaqtda, hohlagan sotuv tarmoqlarida qoʻyish mumkin. AQShda biotexnologiya boʻyicha maxsus targʻibot markazi tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bu markazning asosiy vazifasi eng yangi axborot tizimidan foydalanib, biotexnologiya va biomuhandislik boʻyicha axborotlarni izlash, yigʻish va saqlashdan iboratdir.
    AQShda biotexnologiyani rivojlantirish boʻyicha Milliy qoʻmita va genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni baholash boʻyicha ekspert kengashi ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, AQSh hukumatida biotexnologiya muammolari va yutuqlarini muhokama qilish, bu sohaga yordam koʻrsatishda Milliy strategiya ishlab-chiquvchi maxsus komissiya faoliyat koʻrsatadi.
    Bu komissiyaning a’zolari qilib, qishloq xoʻjaligi, savdo-sotiq, mudofaa, energetika vazirlari, shuningdek, oziq-ovqat maxsulotlari va dori-darmonlar komiteti raislari, ekologiya agentligi rahbari, milliy-ilmiy fond direktori, qator ilmiy tekshirish institut direktorlari, har-xil departamentlarning boʻlim boshliqlari hamda biotexnologiya sohasi boʻyicha yirik olimlar kiritilgan.
    Komissiya, hukumatning biotexnologiya va biomuxandislik boʻyicha dastur va umumiy faoliyatini oʻrganib, kerak boʻlganda mamlakat Prezidenti hamda kongressga oʻz fikr-mulohazalari bilan chiqish huquqiga ega.
    AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda biologik xavfsizlik boʻyicha xalqaro Kartogen Protokoliga asosan (Cartogena Protocol of Biosafety) hamda Monrealdagi biologik xilma-xillik konvensiyasi doirasida genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni transportirovka, marketing qilish va ulardan foydalanish boʻyicha kelishuv tayyorlanishi va rotifikasiya qilishi lozim. Amerika va Yevropaning qator mamlakatlarida genetik modifikasiya qilingan organizmlarni koʻpgina oʻsimlik va hayvonlar mahsulotlarini harakatini nazorat qilish tizimini monitoring qilish boʻyicha komissiya faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish

    Download 3.04 Mb.