• Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar
  • Agaroza gelida DNK elektroforezi mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
  • «biotexnologiya» kafedrasi




    Download 3.04 Mb.
    bet57/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Restriktaza ferment bu DNKni kesuvchi ferment boʻlib, u DNKdagi maʼlum saytlar (ketma-ketliklar)ni taniydi. Koʻplab restriktaza fermentlari oʻzi tanib oladigan saytlar yoki ularning yonida kesishni amalga oshiradi, bu esa bitta zanjirli, zinapoyasimon oxirli DNK boʻlagi hosil boʻlishi bilan tugaydi.

  • Agar ikkita DNK molekulasining oxirlari oʻzaro mos kelsa, ular DNK ligaza yordamida bir-biriga ulanadi. DNK ligaza boʻlaklari oʻrtasidagi uzilishni ulab, yagona DNK molekulasini hosil qiladi.

    Restriktaza fermentlari va DNK ligazasi koʻpincha DNKni klonlash paytida genlar va boshqa DNK qismlarini plazmidlarga kiritish uchun ishlatiladi.
    Restriktaza fermentlari bakteriya (va boshqa prokariotlar) hujayralarida mavjud. Ular DNKning restriktaza saytlari deb nomlangan ketma-ketliklarini taniydi va bogʻlanadi. Har bir restriktaza fermenti faqat bitta yoki bir nechta restriktaza saytlarini taniydi. Ferment nishon ketma-ketligini topganda, DNK molekulasida ikki zanjirli kesma hosil qiladi.

    19-mavzu. Agarozali gelda DNK elektroforezida xafsizlik choralari.
    Mashgʻulotning maqsadi : DNKni turli boʻlaklarining restriksion xaritasini aniqlash ya’ni fermentativ va kimyoviy sekvenirlash orqali turli DNK boʻlaklarining nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash amalga oshiriladi.
    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Elektroforez apparati, gelda chukurcha hosil kiluvchi tarokcha: doimiy tok manbai; 120 ml 0,8% - li agaroza; 0,5 l elektroforez buferi: antikonveksion eritma (namuna mikdoridan 1/4- 1/5 mg/ml) 300 ml etidiy bromidli buyovchi modda (0,5 mg/ ml); rezina kulkop: xemiskop: fotoapparat; sarik yoki sabzi rangli filtr , obyektiv uchun uzunlashtiruvchi xalka, plenka, foto bochka standart proyavitel, standart mustaxkamlovchi.
    Agaroza gelida DNK elektroforezi mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
    DNK agarozali gel elektroforezida molekulalarining oʻlchamiga va konformatsion xolatiga qarab boʻlinadi. DNK molekulalarining geldagi yurish tezligi uning oʻlchami logarifimiga teskari proportsionaldir, demak ularning molekulyar ogʻirligiga ham berilgan kattalikdagi DNK molekulalarining gelda yurish tezligi geldagi agaroza miqdoriga ham bogʻliq. Molekulalarning samarali boʻlinishi uchun agaroza miqdorini toʻgʻri tanlash lozim.
    Turli oʻlchamdagi DNK molekulalarining (toʻgʻri shaklli, kovalent-tutashgan xalqali) samarali boʻlinishi uchun ishlatiladigan geldagi agarozaning (%) miqdori. Bir xil kattalikdagi lekin turli konformatsion xolatdagi DNK molekulalari (boʻralgan yopiq xalqali, ochiq xalqali va liniyali shakllari) agaroza gelida turli tezlikda yuradi. Ularning qiyosi elektroforetik xarakati ma’lum darajada elektroforez quyish sharoitlariga buferning ion kuchiga, tok kuchiga va agarozaning miqdoriga bogʻliq. Maxsus usullar yordamida DNK molekulalarining konformatsion xolati bilan ularning geldagi joylashgan joyi orasidagi moslikni aniqlash mumkin. Ushbu amaliyotda ishlatiladigan elektroforezning standart sharoitida DNK ning kichik molekulyar ogʻirlikdagi (30-106 daltongacha boʻlgan) buralgan xalqasimon shakli katta boʻlmagan tezlikda xromosoma DNK sidan oldinda yuradi, katta molekulyar ogʻirlikda (30-106 daltondan yuqori boʻlgan) ega boʻlgan molekulalari esa kamroq tezlikda yuradi va gelda xromosoma DNK sidan yuqorida joylashadi.

    Download 3.04 Mb.
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




    Download 3.04 Mb.