• Biotexnologiyada sterillash usullari mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
  • -mavzu. Biotexnologiyada sterillash usullari




    Download 3.04 Mb.
    bet62/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    22-mavzu. Biotexnologiyada sterillash usullari.
    Mashgʻulotning maqsadi. Biotexnologiyada laboratoriyasida foydalaniladigan asbob-uskunalar qurilmalar va materiallarni sterillash tartibini oʻrganish.
    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Laminar boks, thermostat, aftoklaf, bakteriosit lampa, yorug‘likni taminlovchi lyumensessiya lampalar, stellajlar bilanb jihozlangan oʻsimlik oʻstirish xonasi, issiqlikni taminlovchi isitish moslamalari. turli oʻlchamdagi probirkalar penset, qaychi, mikroigna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar va kimyoviy moddalar.
    Biotexnologiyada sterillash usullari mavzusi yuzasidan uslubiy koʻrsatma
    Ajratilgan oʻsimlik hujayralari va toʻqimalari toʻplamlari bilan ishlash jarayonida sterillash usullari. Ajratilgan organlar, toʻqimalar, hujayra va protoplastlarni oʻstirishda sterillikka katta ahamiyat berishdir. Sterillikni ahamiyati shundan iboratki, ajratilgan organlar, toʻqimalar, hujayralar va protoplastlarni oʻstirish uchun tayyorlangan sun’iy oziqa muhitlarida mikroorganizmlar ham juda yaxshi oʻsadi. Mikroorganizmlarni rivojlanishi oʻstirilayotgan hujayra va toʻqimalar uchun ikki yoqlama xavf tugʻdiradi. Birinchidan, mikroorganizmlarning yashash faoliyati davrida ozuqa muhitlarining tarkibi sezilarli darajada oʻzgarib, belgilangan turgʻun sharoitida hujayraning oʻsishini toʻxtatadi. Ikkinchidan, Oʻsimlikdan ajratilgan toʻqima, hujayra va protoplastlarni oʻstirishda sterillikka katta ahamiyat berishdir. Sterillikni ahamiyati shundan iboratki, ajratilgan organlar, toʻqimalar, hujayralar va protoplastlarni oʻstirish uchun tayyorlangan sun’iy ozuqa muhitlarida mikroorganizmlar ham juda yaxshi oʻsadi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi oʻstirilayotgan hujayra va toʻqimalar uchun ikki yoqlama xavf tugʻdiradi. Birinchidan, mikroorganizmlarning yashash faoliyati davrida ozuqa muhitlarini tarkibi sezilarli darajada oʻzgarib belgilangan turgʻun sharoitida hujayraning oʻsishini toʻxtatadi. Ikkinchidan, oʻsimlikdan ajratilgan toʻqima hujayra va ayniqsa, protoplastlarni mikroorganizmlar osongina zararlaydi. Shuning uchun ajratilgan organ, toʻqima, hujayra va protoplastlar bilan olib boriladigan tajribalar steril xonalar bokslar yoki laminar bokslarda olib boriladi.
    Laminar boks sterilizatsiyasi. Laminarning ish olib boriladigan ichki yuzasi 70% li spirt bilan artiladi. Soʻng laminarga spirtovka gugurt 96% spirtli stakan, sterillangan idishlar, asboblar va sterillangan suvli kolba joylanadi. Meristemalar ajratishda laminarga binokulyar lupa ham qoʻyiladi. Ishlashdan oldin 2 soat davomida laminar boks bakteriosid ultrabinafsha lampasi bilan nurlantiradi.
    Ish boshlashdan avval qoʻllarni yaxshilab sovun bilan yuvib, spirt bilan artiladi va steril oq xalat kiyiladi, ooʻz iga steril niqob tutiladi.
    Idishlarni sterillash. Idishlar quritish shkaflarida quruq issiqda yoki nam bugʻda avtoklavda sterillanadi. Sterillashdan oldin idishlarni yaxshilab yuvib, quritish kerak. Idish yuvish uchun turli idish yuvish vositalari va xrompik ishlatiladi. Yuvilgan idishlarni distillangan suvda chayib quritish shkafida quritiladi. Soʻngra idishlarni quritish shkaflarga joylab 2 soat 160 oC da qizdiriladi. Petri likobchalari pipetkalar distillangan suvli kolbalar avtoklav qilinadi. Idishlar folga yoki oʻrash qogʻozlariga oʻralgan holda 25-30 daqiqa 2 atmosferada avtoklavlanadi.
    Materialni sterillash. Tajribada ishlatildigan paxta doka, paxta tiqinlar, filtr qogʻozlari, xalatlar va roʻmollar avtoklavda 2 atmosferada 25-30 daqiqa sterillanadi.
    Oziqa muhitlarini sterillash. Ozuqa muhitlari bosim ostida bugʻ bilan setirillanadi. Ozuqa muhitlari solingan probirkalar ooʻz i paxta bilan berkitiladi. Ozuqa muhitlari solingan probirkalar ooʻz i paxta tiqinlari bilan yopilib, oʻrash qogʻoziga oʻraladi va 120 0Cda 1 atmosfera bosimda 20 daqiqa davomida avtoklavlanadi.


    Download 3.04 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Biotexnologiyada sterillash usullari

    Download 3.04 Mb.