• Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar
  • GMO larning salbiy va ijobiy tomonlari Mutaxassislar 2018-yilning dekabr oyida Yer yuzi aholisi 7,67 mlrd. kishiga yetganligini e’lon qilishdi.
  • -mavzu. Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish




    Download 3.04 Mb.
    bet68/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    28-mavzu. Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish
    Mashgʻulotning maqsadi. GMO bu geni modifikatsiyalangan (oʻzgartirilgan) organizm boʻlib, bakteriya, oʻsimlik yoki hayvon organizmining qaysidir xususiyati genetik injeneriya usuli yordamida organizmga begona organizm genini kiritish yoʻli bilan oʻzgartiriladi. 
    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar binokulyar lupa, skalpellar, ajratish ninalari, pakki, ushlagichli kiskichlar, steril ozuqa muxitli probirkalar, turli ulchamdagi probirkalar, kolbalar, pinset, qaychi, mikroigna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar, kimyoviy moddalar, sxemalar.
    GMO larning salbiy va ijobiy tomonlari
    Mutaxassislar 2018-yilning dekabr oyida Yer yuzi aholisi 7,67 mlrd. kishiga yetganligini e’lon qilishdi. Aholi koʻpayib borgani sayin uni oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, turarjoy bilan ta’minlash masalasi har bir davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biriga aylanaveradi.
    Londonda joylashgan «Institution of Mechanical Engineers» (IME) oʻtkazgan tadqiqotlarga koʻra, Yer yuzida yiliga 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning aksariyati turli qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinadi. Ekspertlar hisoblab chiqishdi: bugungi kunda qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan hosilning deyarli 30-50 foizi (1,2-2 mlrd. tonna) turli sabablarga koʻra yoʻqotilmoqda. Jumladan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tahlilchilarining ma’lumotlariga koʻra, Yer yuzida yetishtiriladigan donli ekinlarning 5 foizga yaqin qismi turli zararkunandalar oqibatida boy beriladi, bu koʻrsatkich turli davlatlarda turlicha koʻrinishda namoyon boʻladi, masalan, Misrda — 25-50 foiz, Polsha, Bolgariya, Germaniyada 5-14 foiz, Hindistonda 15 mln. tonna, Ukrainada 3,5-4,5 mln. tonnaga yetadi.
    Qolaversa, qurgʻoqchilik, yovvoyi oʻsimliklar va boshqa omillarni ham keltirish mumkin. Ularning ta’sirini qoʻshib hisoblaganda yoʻqotiladigan hosil miqdori yanada ortadi. Birgina Rossiya Federatsiyasida yovvoyi oʻsimliklar ta’sirida 20 foizga yaqin hosil yoʻq boʻladi. Yuqoridagi omillarni hisobga olganda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasida muammolar yuzaga keladi. FAO tashkilotining ma’lumotlariga koʻra, ayni vaqtda Yer yuzidagi har yettinchi odam ochlikdan qiynalyapti. BMTning 2017-yilgi ma’lumotida Nigeriya, Janubiy Sudan, Yaman va Somali kabi davlatlardagi 20 mln. kishining ochlikdan halok boʻlish xavfi borligi aytiladi. Hatto Oʻzbekistonda ham 2 mln. nafarga yaqin inson (aholining 5,8 foizi) toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.
    Yuqoridagi sabab va omillar soha mutaxassislari oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, buning uchun zarur oʻsimlik navlari (ayni vaqtda yer yuzi aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqatning 80 foizi 12 turdagi oʻsimlikdan olinadi) va hayvon zotlarini yaratish, ularni yetishtirish biotexnologiyasini mukammallashtirish talabini qoʻymoqda.
    Koʻpchilik biolog, ekolog, seleksioner va genetik mutaxassislar ushbu muammoni hal etishda turli begona oʻtlarga, zararkunandalarga, kimyoviy moddalar, qurgʻoqchilik, sovuq va boshqa cheklovchi omillarga bardoshli oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish, tabiiy seleksiya yoʻli bilan yaratish imkoni boʻlmagan hollarda ularning genlarini modifikatsiya qilish orqali yaratishni mazkur muammoning yechimi sifatida koʻrsatadilar.
    Oʻquvchilarga yanada tushunarli boʻlishi uchun qoʻshimcha tushuntirishlar berishga harakat qilaman. Tabiiy seleksiya yoʻli degani tabiiy ravishda chatishtirish yoʻli bilan olinadigan oʻsimlik navlari va hayvon zotlari olinishiga aytiladi. Masalan, oʻzbek olimlari tomonidan vilt kasalligiga chidamli «Toshkent 1», «Toshkent 2» kabi gʻoʻza navlari oddiy gʻoʻza navlarini yovvoyi gʻoʻza bilan chatishtirish orqali olingan. Yoki bugʻdoyning qiltiriqsiz, qurgʻoqchilikka chidamli navlari, sersut Qozogʻiston oqboshi, goʻsht yoʻnalishida boqiladigan Shvits, Santa-Gertruda kabi qoramol zotlari, koʻp tuxum qoʻyadigan rus oq tovugʻi, Zagorsk kabi zotlar ham ana shunday turdoshlarni oʻzaro chatishtirish orqali olinadi. Lekin organizmlar xromosomasining turlicha sonda boʻlishi turlararo chatishtirish imkonini bermaydi. Masalan, siz hech qachon uzum bilan olmani chatishtirib yangi olma yoki uzum navini hosil qila olmaysiz, bunga ularning xromosomalar soni turlicha ekanligi yoʻl bermaydi. Yoki baliq bilan qoramol yoki itlarni ham chatirishtirib yangi zot yaratib boʻlmaydi. Genetikaning fundamental qonunlari bunga imkon bermaydi. Ayni vaqtda ilm-fanning rivojlanishi ana shunday muammolarni bartaraf etish, oʻzaro chatisha olmaydigan uzoq turlarni oʻzaro chatishtirish, ularning genlarini oʻzaro almashtirish imkonini bermoqda.
    Xoʻsh bu jarayon qanday sodir boʻladi? Keling, buni sizga nazariy bir misol bilan tushuntirib berishga harakat qilaman.
    GMO bu geni modifikatsiyalangan (oʻzgartirilgan) organizm boʻlib, bakteriya, oʻsimlik yoki hayvon organizmining qaysidir xususiyati genetik injeneriya usuli yordamida organizmga begona organizm genini kiritish yoʻli bilan oʻzgartiriladi. Bunday jarayonlar aslida tabiatda tabiiy holatda ham uchraydi, bu holatga transformatsiya yoki genlarning gorizontal koʻchishi deb ataladi. GMO da esa ushbu jarayon odam tomonidan koʻzlangan maqsad asosida hosil qilinadi.
    GMOning qanday yaratilishini nazariy misol orqali tushuntiradigan boʻlsak, tasavvur qiling, kundalik taom tayyorlashda ishlatadigan oshpiyoz, odatda -1oC da muzlab qoladi va uni muzlagandan keyin oʻz holiga qaytarib boʻlmaydi. Uni endi ovqatga ishlatib boʻlmasligini hamma uy bekalari juda yaxshi bilishadi, shu bois piyozlarni muzlab qolishdan saqlash choralari koʻriladi. Chunki piyozning hujayralarida uning sovuqqa chidamliligi -1 darajagacha xolos deb belgilab qoʻyilgan. Uning genlariga xuddi ana shunday yozib qoʻyilgan. Xuddi mana shu piyozni -10 darajada ham muzlamaydigan qilishning imkoni bormi? Hozirgi genetik injeneriya bunga imkon beradi, qanday qilib? Masalan, Antarktidada yashovchi X baliq -8-9 oC sovuqda ham faol harakatlanib yuraveradi, ya’ni uning geniga baliq organizmi shu sovuq darajagacha chiday olishi yozib qoʻyilgan deylik. Olimlarning oldiga vazifa qoʻyiladi: baliqning oʻsha xususiyatini piyozga koʻchirib oʻtkazish! Bu quyidagi 4 ta bosqichdan iborat: Avvalo piyozning qaysi geni uning sovuqqa chidamliligini belgilashi qidirib topiladi. Xuddi shunday — X baliqning ham oʻsha geni qidirib topiladi va oʻsha genning oʻzi laboratoriya sharoitida baliq hujayrasidan ajratib olinadi.Baliqdan ajratib olingan gen piyoz geniga kiritilishi uchun maxsus vektor konstruksiya deb nomlanuvchi jarayon tashkillashtiriladi. Bunda genni tashish uchun turli plazmidlar deb nomlanuvchi genetik strukturalardan foydalaniladi. Kerakli genni odamning oʻzi piyoz hujayrasidagi genga shundoqqina koʻchib oʻtkazib qoʻya olmaydi. Maxsus plazmidga kerakli gen biriktiriladi, plazmid esa uni bakteriya yoki virus yordamida hujayra ichiga olib kiradi.Piyozning bitta hujayrasidagi sovuqqa chidamlilik geni maxsus usulda olib tashlanadi.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Rivojlangan mamlakatlarda GMO lardan foydalanish va ularni ishlab chiqarish

    Download 3.04 Mb.