• Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar
  • -ma’ruza: Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar (GMO)




    Download 3.04 Mb.
    bet7/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    5-ma’ruza: Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar (GMO)
    Reja:
    1. Genetik modifikasiya qilingan oʻsimliklar va ulardan olingan mahsulotlar.
    2. Birlamchi transgen oʻsimliklarni kimyoviy tarkibini oʻrganish.
    3. Birlamchi transgen oʻsimliklarni kimyoviy tarkibini oʻrganish.
    Mavzu boʻyicha asosiy tushuncha va iboralar: in vitro, morfogenez, transgen, GMO, konserogen, mutagen.
    Ma’ruza mavzusi bayoni
    Genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni biologik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashni eng asosiy bosqichlaridan biri - ularni sanitariya-gigiyena ekspertizasidan oʻtkazishdir.
    Mamlakatimizda bunday markazlarga hozircha ehtiyoj sezilgani yoʻq. Bunga asosiy sabab, yuqorida aytib oʻtilgan maqsadlarning yoʻqligidir. Rossiyada bu vazifani Rossiya tibbiyot akademiyasiga qarashli Oziq-ovqat instituti bajaradi. Bunday ixtisoslashgan markazlar barcha rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Fransiya, Kanada, Germaniya, Italiya, Xitoy va h.k.) tashkil etilgan boʻlib, ularning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

    • birlamchi transgen oʻsimliklarni kimyoviy tarkibini oʻrganish;

    • genetik modifikasiya qilingan oʻsimliklar va ulardan olingan mahsulotlarning biologik bahosini va organizmda soʻrilish xususiyatlarini taqqoslab oʻrganish;

    • ularni allergik xususiyatlarini va inson immun tizimiga ta’sirini oʻrganish;

    • ularni zaharliligini, konserogenligini va mutagenligini oʻrganish;

    • ularning inson va hayvonlarni avlod qoldirish xususiyatlariga ta’sirini oʻrganish.

    Bundan tashqari, Rossiyada genetik modifikasiya qilingan organizmlarning biologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida, har bir yangi shtamm, tur yoki navlar Rossiya qishloq xoʻjalik akademiyasiga qarashli Fitopatologiya institutida va Oʻsimliklarni himoya qilish institutida hamda Rossiya Fanlar Akademiyasiga qarashli Biomuxandislik markazida sinovlardan oʻtkaziladi. Bu ilmiy markazlarning asosiy vazifalari:

      • oʻsimlik genomiga kiritilgan DNK ni oʻrganish;

      • yangi kiritilgan gen boshqa organizmlarga oʻtish yoki oʻtib ketmasligini sinovlardan oʻtkazish;

      • mazkur xususiyatga ega boʻlgan oʻsimlikni keyingi avlodlarga oʻtish oʻtmasligini nazorat qilish;

      • yangi oʻsimlikni kasallikka munosabati va tuproq mikroflorasiga ta’sirini oʻrganishdan iboratdir.

    Genetik modifikasiya qilingan organizmlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, albatta, meditsina-biologiya baholash tizimidan oʻtkazilishi shart. Buning uchun, eng avvalo maxsus uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqarilishi lozim. Bunday uslubiy koʻrsatmalarda gigiyena ekspertizasidan oʻtkazish tartiblari va genetik modifikasiya qilingan organizmlardan olingan mahsulotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblari keltirilgan boʻlishi zarur. Misol uchun, Rossiyada genetik-modifikasiya qilingan organizmlardan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini tibbiy-gigiyenik, tibbiy-biologik, klinika sinovlaridan oʻtkazish uslublari yaratilgan boʻlib, mamlakat Sogʻliqni Saqlash Vazirligi hamda tegishli adliya va huquq organlari tomonidan tasdiqlangan.
    Yer yuzida yiliga 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning aksariyati turli qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinadi. Ekspertlar hisoblab chiqishdi: bugungi kunda qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan hosilning deyarli 30-50 foizi (1,2-2 mlrd. tonna) turli sabablarga koʻra yoʻqotilmoqda. Jumladan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tahlilchilarining ma’lumotlariga koʻra, Yer yuzida yetishtiriladigan donli ekinlarning 5 foizga yaqin qismi turli zararkunandalar oqibatida boy beriladi, bu koʻrsatkich turli davlatlarda turlicha koʻrinishda namoyon boʻladi, masalan, Misrda — 25-50 foiz, Polsha, Bolgariya, Germaniyada 5-14 foiz, Hindistonda 15 mln. tonna, Ukrainada 3,5-4,5 mln. tonnaga yetadi. Qolaversa, qurgʻoqchilik, yovvoyi oʻsimliklar va boshqa omillarni ham keltirish mumkin. Ularning ta’sirini qoʻshib hisoblaganda yoʻqotiladigan hosil miqdori yanada ortadi. Birgina Rossiya Federatsiyasida yovvoyi oʻsimliklar ta’sirida 20 foizga yaqin hosil yoʻq boʻladi. Yuqoridagi omillarni hisobga olganda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasida muammolar yuzaga keladi. FAO tashkilotining ma’lumotlariga koʻra, ayni vaqtda Yer yuzidagi har yettinchi odam ochlikdan qiynalyapti. BMTning 2017-yilgi ma’lumotida Nigeriya, Janubiy Sudan, Yaman va Somali kabi davlatlardagi 20 mln. kishining ochlikdan halok boʻlish xavfi borligi aytiladi. Hatto Oʻzbekistonda ham 2 mln. nafarga yaqin inson (aholining 5,8 foizi) toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Yuqoridagi sabab va omillar soha mutaxassislari oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, buning uchun zarur oʻsimlik navlari (ayni vaqtda yer yuzi aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqatning 80 foizi 12 turdagi oʻsimlikdan olinadi) va hayvon zotlarini yaratish, ularni yetishtirish biotexnologiyasini mukammallashtirish talabini qoʻymoqda. Koʻpchilik biolog, ekolog, seleksioner va genetik mutaxassislar ushbu muammoni hal etishda turli begona oʻtlarga, zararkunandalarga, kimyoviy moddalar, qurgʻoqchilik, sovuq va boshqa cheklovchi omillarga bardoshli oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish, tabiiy seleksiya yoʻli bilan yaratish imkoni boʻlmagan hollarda ularning genlarini modifikatsiya qilish orqali yaratishni mazkur muammoning yechimi sifatida koʻrsatadilar. Oʻquvchilarga yanada tushunarli boʻlishi uchun qoʻshimcha tushuntirishlar berishga harakat qilaman. Tabiiy seleksiya yoʻli degani tabiiy ravishda chatishtirish yoʻli bilan olinadigan oʻsimlik navlari va hayvon zotlari olinishiga aytiladi. Masalan, oʻzbek olimlari tomonidan vilt kasalligiga chidamli «Toshkent 1», «Toshkent 2» kabi gʻoʻza navlari oddiy gʻoʻza navlarini yovvoyi gʻoʻza bilan chatishtirish orqali olingan. Yoki bugʻdoyning qiltiriqsiz, qurgʻoqchilikka chidamli navlari, sersut Qozogʻiston oqboshi, goʻsht yoʻnalishida boqiladigan Shvits, Santa-Gertruda kabi qoramol zotlari, koʻp tuxum qoʻyadigan rus oq tovugʻi, Zagorsk kabi zotlar ham ana shunday turdoshlarni oʻzaro chatishtirish orqali olinadi. Lekin organizmlar xromosomasining turlicha sonda boʻlishi turlararo chatishtirish imkonini bermaydi. Masalan, siz hech qachon uzum bilan olmani chatishtirib yangi olma yoki uzum navini hosil qila olmaysiz, bunga ularning xromosomalar soni turlicha ekanligi yoʻl bermaydi. Yoki baliq bilan qoramol yoki itlarni ham chatirishtirib yangi zot yaratib boʻlmaydi. Genetikaning fundamental qonunlari bunga imkon bermaydi. Ayni vaqtda ilm-fanning rivojlanishi ana shunday muammolarni bartaraf etish, oʻzaro chatisha olmaydigan uzoq turlarni oʻzaro chatishtirish, ularning genlarini oʻzaro almashtirish imkonini bermoqda.Xoʻsh bu jarayon qanday sodir boʻladi? Keling, buni sizga nazariy bir misol bilan tushuntirib berishga harakat qilaman.

    Download 3.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ma’ruza: Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar (GMO)

    Download 3.04 Mb.