GMO nima va u qanday hosil qilinadi?




Download 3.04 Mb.
bet8/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
GMO nima va u qanday hosil qilinadi? GMO bu geni modifikatsiyalangan (oʻzgartirilgan) organizm boʻlib, bakteriya, oʻsimlik yoki hayvon organizmining qaysidir xususiyati genetik injeneriya usuli yordamida organizmga begona organizm genini kiritish yoʻli bilan oʻzgartiriladi. Bunday jarayonlar aslida tabiatda tabiiy holatda ham uchraydi, bu holatga transformatsiya yoki genlarning gorizontal koʻchishi deb ataladi. GMO da esa ushbu jarayon odam tomonidan koʻzlangan maqsad asosida hosil qilinadi. GMOning qanday yaratilishini nazariy misol orqali tushuntiradigan boʻlsak, tasavvur qiling, kundalik taom tayyorlashda ishlatadigan oshpiyoz, odatda -1oC da muzlab qoladi va uni muzlagandan keyin oʻz holiga qaytarib boʻlmaydi. Uni endi ovqatga ishlatib boʻlmasligini hamma uy bekalari juda yaxshi bilishadi, shu bois piyozlarni muzlab qolishdan saqlash choralari koʻriladi. Chunki piyozning hujayralarida uning sovuqqa chidamliligi -1 darajagacha xolos deb belgilab qoʻyilgan. Uning genlariga xuddi ana shunday yozib qoʻyilgan. Xuddi mana shu piyozni -10 darajada ham muzlamaydigan qilishning imkoni bormi? Hozirgi genetik injeneriya bunga imkon beradi, qanday qilib? Masalan, Antarktidada yashovchi X baliq -8-9 oC sovuqda ham faol harakatlanib yuraveradi, ya’ni uning geniga baliq organizmi shu sovuq darajagacha chiday olishi yozib qoʻyilgan deylik. Olimlarning oldiga vazifa qoʻyiladi: baliqning oʻsha xususiyatini piyozga koʻchirib oʻtkazish! Bu quyidagi bosqichdan iborat: Avvalo piyozning qaysi geni uning sovuqqa chidamliligini belgilashi qidirib topiladi. Xuddi shunday — X baliqning ham oʻsha geni qidirib topiladi va oʻsha genning oʻzi laboratoriya sharoitida baliq hujayrasidan ajratib olinadi. Baliqdan ajratib olingan gen piyoz geniga kiritilishi uchun maxsus vektor konstruksiya deb nomlanuvchi jarayon tashkillashtiriladi. Bunda genni tashish uchun turli plazmidlar deb nomlanuvchi genetik strukturalardan foydalaniladi. Kerakli genni odamning oʻzi piyoz hujayrasidagi genga shundoqqina koʻchib oʻtkazib qoʻya olmaydi. Maxsus plazmidga kerakli gen biriktiriladi, plazmid esa uni bakteriya yoki virus yordamida hujayra ichiga olib kiradi. Piyozning bitta hujayrasidagi sovuqqa chidamlilik geni maxsus usulda olib tashlanadi. Endi avvaldan yaratilgan vektor konstruksiya baliq genini piyoz hujayrasiga kiritadi va belgilangan joyga ulab qoʻyadi. Natijada piyozning ilgari -1 darajaga chidaydigan geni oʻrniga baliqning -8-9 darajaga chidaydigan geni oladi. Baliqning boshqa hech qanday xususiyati oʻtmaydi, hech qanday! Faqatgina sovuqqa chidamlilik genigina koʻchib oʻtadi xolos. Shunday usulda hosil qilingan hujayra transgen hujayra deyiladi. Mana endi oʻsha transgen hujayradan maxsus ozuqa muhitida biz bilgan butun piyoz oʻsimligi hosil qilinadi. Uning koʻrinishi, hidi, mazasi va boshqa hamma xususiyatlari avvalgi piyozning oʻzi, chunki boshqa genlariga tegilmagan. Lekin endi bu piyozimiz tabiiy sharoitda -8-9 darajali sovuqda qolib ketsa ham muzlab qolmaydi. Mana shunday yaratilgan piyozga biz transgen piyoz yoki geni modifikatsiyalangan organizm (GMO) deb ataymiz. Ushbu piyoz koʻpaytirilib, laboratoriya sharoitida qayta-qayta tekshiriladi va shundan keyin bozorga chiqariladi.

Download 3.04 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Download 3.04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GMO nima va u qanday hosil qilinadi?

Download 3.04 Mb.