«biotexnologiya» kafedrasi




Download 3.04 Mb.
bet9/109
Sana22.02.2023
Hajmi3.04 Mb.
#43169
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
GMOning afzalliklari Ayni vaqtda xuddi mana shunday usulda hosil qilingan juda koʻplab transgen oʻsimlik va hayvon turlari mavjud. Ularning zararkunandalarga, qurgʻoqchilikka, turli salbiy tabiiy va antropogen omillarga chidamliligi tufayli yildan-yilga yoʻqotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kamayib bormoqda. Jumladan, 2014-yilda oʻtkazilgan 147 ta metaanaliz tadqiqotlarining natijalariga koʻra, butun dunyoda qishloq xoʻjaligi ekinlari orasidagi GMO hosildorligining zararkunandalar tufayli yoʻqotilishi oddiy oʻsimliklarnikiga qaraganda 21,6 foizga past boʻlgan, shu tufayli pestitsidlarga 36,9 foiz kam xarajat ketdi. Umumiy chiqim 39,2 foizga oz, kirim esa 68,2 foizga yuqori boʻlgan. GMO mahsulotlarining eng muhim xususiyatlaridan yana biri ularni yetishtirish oson, arzon va qulay. Shu bilan birga GMO oʻsimlik mahsulotlarini boshqa oʻsimliklarga qaraganda yilning istalgan vaqtida topish imkoni mavjud. Shu birga GMO mahsulotlari nisbatan arzonligi, ularni saqlashda maxsus talablar mavjud emasligi bilan ham ajralib turadi. Koʻpchilik GMO deganda faqatgina yeyiladigan mahsulotlarni koʻz oʻngiga keltiradi, aslida GMO faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi. Ular ilmiy tadqiqotlarda, tibbiyotda, farmatsevtika sanoatida, qishloq xoʻjaligida, atrof-muhitni tozalashda ham qoʻllaniladi. Ilmiy tadqiqotlarda esa GMO organizmlardan koʻplab kasalliklar qanday yuzaga kelishini aniqlashda keng foydalaniladi. Jumladan, Alsgeymer, saraton kabi kasalliklarning qanday yuzaga kelishi aynan ana shunday organizmlarda oʻrganish asosida aniqlandi. Ayni vaqtdagi rasmiy statistikaga koʻra, Yer yuzida 415 mln. kishi qandli diabet kasalligi bilan ogʻriydi. 2040-yilga borib, ularning soni 642 mln. nafarga yetishi aytiladi. Mana shu kasallarning koʻpi kuniga insulin qabul qilishga majbur, aks holda ahvoli tezda yomonlashadi. Xoʻsh, shuncha bemorga insulin qanday yetkazib beriladi deb oʻylaysiz? Dastlab bu gormon buqa va choʻchqa oshqozon osti bezidan ajratib olib tayyorlangan, lekin bu usulni sanoat miqyosida qoʻllab boʻlmaydi. Hozirda aynan insulin gormonining geni maxsus bakteriyalar genomiga kiritilib GMO bakteriyalar hosil qilingan. Ular oʻz faoliyati natijasida insulin hosil qiladi. Mana shu bakteriyalar 415 mln. aholining salomatligini bir maromda ushlab turish uchun xizmat qilmoqda. Qonning qon tomirlari ichida ivib qolishi natijasida yuzaga keladigan tromboz kasalligini davolashda qoʻllaniladigan dori preparatlari ham aynan GMO echkilar suti tarkibidagi oqsil asosida yaratilgan. Ayni vaqtda 33 turdagi transgen oʻsimliklar (GMO) odamlar tomonidan oziq-ovqat sifatida keng qoʻllanilmoqda: kartoshka, papayya, oshqovoq, baqlajon, olma, makkajoʻxori, soya, loviya, qovun, guruch, pomidor, shirin qalampir, bugʻdoy, qand lavlagi, raps va boshqalar. Men ilm-fan olamining vakili sifatida faqatgina ilmiy asoslangan faktlargagina ishonaman. Chunki ilm-fan tajribada isbotlab berilgan dalillargina asoslanadi. Boshqalarga ham mana shunday ishonchli manbalardagi dalillar asosida xulosa qilishni tavsiya qilaman. Koʻpchilik bilan GMO haqida gaplashganimda shu narsaga amin boʻlamanki, aksariyat odamlar GMO mahsulotlari odamning genini oʻzgartirishiga, uni yegandan soʻng qandaydir kasalliklar yuzaga kelishi mumkinligiga, nasliy anomaliyalar yuzaga kelishiga ishonadilar. Birinchidan, GMO sizning geningizni oʻzgartirish xususiyatiga ega emas, buni genetikaning fundamental qonuniyatlarini bilgan har qanday odam tasdiqlashi mumkin. Bu narsa tajribada isbotlangan. Biz iste’mol qiladigan har bir oʻsimlik va hayvon tarkibida u tabiiy boʻladimi, GMO boʻladimi albatta DNK boʻladi. Odam odatda ovqat yeganda oʻzi iste’mol qilgan oʻsimlik va hayvon mahsulotlari asosida 0,1-1 g. gacha DNK iste’mol qiladi. Ularning 95 foizi hazm yoʻlida ichakka borguncha alohida nukleotidlargacha parchalanib ketadi. Qolgan 5 foiz DNK oʻrtacha 100-400 nukleotiddan iborat boʻlib, ichakkacha yetib boradi. Koʻpchilik mana shu DNK boʻlaklari odam DNK siga transformatsiya boʻlish ehtimoli mavjudligini aytadi. Xuddi mana shu ehtimollikni olimlar joʻja va buzoqlarda tajribada sinab koʻrganlar. Natijada ovqat tarkibidagi DNK boʻlaklari ichak devoridan qon tomirlariga oʻta olmasligi ma’lum boʻldi. Sichqonlarda oʻtkazilgan tajribalarda ham ayni natijaga erishilgan. Tajribalarning birortasida GMO mahsulot tarkibidagi DNK boʻlaklari nasldan-naslga oʻtishi kuzatilmagan, ya’ni GMO hech qanaqasiga sizning va avlodlaringizning geningizni oʻzgartirib qoʻymaydi. GMO mahsulotlari sizning dasturxoningizga yetib borguncha yuzlab tajribalardan, tekshiruvlardan oʻtadi. Ular xavfsiz, iste’mol qilsa boʻladi deyilgandan soʻnggina sotishga ruxsat beriladi. 2013-yilgi ma’lumotga koʻra, 36 mamlakatda doimiy ravishda 2833 navdagi turli GMO oʻsimliklar yetishtiriladi. Shulardan 1321 xili bevosita odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun qoʻllanilsa, 918 xilidan qoramollar uchun ozuqa tayyorlanadi. Agar siz dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot Nobel mukofoti ekanligiga ishonsangiz, quyidagi ma’lumot sizni befarq qoldirmasa kerak. 2016-yilda mutaxassisligi tibbiyot, fiziologiya, biologiya, kimyo boʻlgan 131 nafar Nobel mukofoti sohiblari BMT va Grinpis (Xalqaro mustaqil nohukumat ekologiya tashkiloti)ga GMO ga qarshi kurashni toʻxtatish borasidagi xatga imzo chekishdi. Chunki bu olimlar GMO mahsulotlari ayni vaqtda insoniyat uchun naqadar zarur ekanligini oʻz tajribalari davomida isbotlaganlar, koʻrganlar, bilganlar. Hozirgacha olimlar tomonidan chop etilgan 1783 ta ilmiy tadqiqot natijalarida GMO mahsulotlarining odam hayoti va salomatligi uchun xavf tugʻdirish ehtimoli mavjud emasligi haqida aytiladi. Bundan tashqari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) qayd etishicha, genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari «odam salomatligi uchun xavf tugʻdirmaydi». GMO mahsulotlaridan, ayniqsa transgen soya bilan yuzaga keladigan koʻngilsiz holatlardan biri bu kishilardagi, ayniqsa, yosh bolalardagi allergiya kasalligidir. Olimlar soyaning chidamli va mahsuldor boʻlishi uchun uning geniga brazil yongʻogʻining genini koʻchirib oʻtkazishgan. Natijada soya tarkibida ana shu yongʻoq oqsili sintezlanadi. Agar odamda avvaldan brazil yongʻogʻiga nisbatan allergiya mavjud boʻlgan boʻlsa, bu holat endi soya yoki soya qoʻshilgan boshqa mahsulotlar iste’mol qilinganda ham kuzatiladi. Shu bois oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida GMO qoʻshimchalardan foydalanganlik haqida koʻrsatish deyarli barcha davlatlar tomonidan majburiy qilib belgilangan.
GMO bu genetik modifikatsiyalangan organizm: bakteriya, oʻsimlik yoki hayvon boʻlib, ularni yaratishdan maqsad avvalo insoniyatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirish, zarur dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishdan iborat. Ayni vaqtda butun dunyo GMO borasida ikki guruhga boʻlinib olgan, ularning biri uning beziyon ekanligini isbotlashga urinsa, ikkinchi guruh uning zararli ekanligini ta’kidlaydi. Men yuqoridagi kichik tahliliy maqolada GMO ning ziyon emasligi, bunday organizmlar insoniyatga faqat foyda keltirishi haqida soʻz yuritdim. Biologiya va genetika sohasida bir necha yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis sifatida quyidagi tavsiyalarimni bermoqchiman: Doʻkondan sotib olayotgan mahsulotingiz yorligʻidagi «bez GMO» soʻzlariga unchalik e’tibor bermang, chunki bu marketing hiylalaridan biri — mahsulot tarkibidagi GMO miqdorini koʻrsatuvchi alohida sertifikatsiyadan oʻtmaguncha bunaqa oddiy yorliqlar hech narsani anglatmaydi. Bizda esa hozircha bunday sertifikat berish yoʻlga qoʻyilmagan.

Download 3.04 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Download 3.04 Mb.