Biotexnologiya




Download 13.58 Mb.
bet10/41
Sana02.11.2023
Hajmi13.58 Mb.
#93141
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
Intelektual mulk asoslari majmua ()
TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriya, ИМП f7r6cj64, DTT mustaqil talim taqvimiy reja, Buyrug\' qo\'shma ta\'lim (2), 1. A. Avloniyning ’’madaniyat to’lqinlari ‘’ maqolasi e. Toffern-fayllar.org, 90519 (1), lab, 125-132, 6-laboratoriya mashguloti., гф XI I
AMALIY MASHGULOTLAR

  1. Amaliy mashg’ulot.

Mavzu: Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan belgilangan standartlarni qoʼllagan holda maxsuslashtirilgan horijiy patent bazalari bilan tanishish va ularda ishlashni oʼrganish. OʼzR maxsuslashtirilgan milliy patent bazalari bilan tanishish va ularda ishlashni oʼrganish.

Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obʼektidan oʼz xohishiga koʼra har qanday shaklda va usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli boʼladi.


Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʼlgan intellektual mulk obʼektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yoʼl qoʼyiladi.
Intellektual mulk obʼektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga toʼliq yoki qisman oʼtkazishga, intellektual mulk obʼektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli.
Tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilishi undan muayyan vaqt mobaynida foydalanilmasligi oqibatida bekor qilinishi mumkin.
Mutlaq huquqni uning amal qilish davrida cheklangan vaqtga boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi toʼgʼrisidagi qoidalar qoʼllaniladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Boshqarish, litsenziyalash, deponentlash va patent hujjatlari boʼlimining shartnomaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan vakolatlari quyidagicha:
- intellektual mulk obʼektlaridan foydalanishga huquqlar berish toʼgʼrisidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni toʼliq yoki qisman oʼtkazish toʼgʼrisidagi shartnomalarni roʼyxatga olish va tegishli reestrlarni yuritish;
- Аgentlikning rasmiy nashrlari uchun Davlat roʼyxatidan oʼtgan intellektual mulk obʼektlari, muhofaza xujjatlariga berilgan dublikatlari, muhofaza xujjatlariga kiritilgan oʼzgartirishlar, muhofaza xujjatlarining amal qilish muddatini tiklash va bekor qilish; roʼyxatdan oʼtkazilgan litsenziya va boshqa shaxsga xuquq berish toʼgʼrisidagi shartnomalari haqidagi barcha axborotlarni taqdim qilish.
Muhofaza hujjatlariga, patent vakillarining Davlat reestriga va roʼyxatdan oʼtkazilgan litsenziya shartnomalariga oʼzgartirish kiritish.
Shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
- Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
- Oʼzbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʼgʼrisida»gi Qonuni,
- Oʼzbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida»gi Qonuni,
- Oʼzbekiston Respublikasining «Selektsiya yutuqlari toʼgʼrisida»gi Qonuni,
- Oʼzbekiston Respublikasining «Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi toʼgʼrisida»gi Qonuni,
- Oʼzbekiston Respublikasining «Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi toʼgʼrisida»gi Qonuni
Shartnomani roʼyxatdan oʼtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
- Аriza
- Belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnoma yoki shartnomadan koʼchirma (3 nusxa)
- Meros qilib olishlik huquqi yoki vorislik huquqini tasdiqlaydigan hujjat (zarur hollarda)
- Vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma
- Shartnomani roʼyxatga olish uchun patent boji yoki haq toʼlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki uni toʼlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat.
Shartnomani roʼyxatdan oʼtkazish bilan bogʼliq arizani koʼrib chiqish tartibi quyidagicha :
Аgentlik tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar 15 kunlik muddatda koʼrib chiqildi. Kamchiliklar mavjud boʼlgan taqdirda, arizachiga tegishli soʼrovnoma yuboriladi. (soʼrovnomaga javob berish muddati 3 oy). Taqdim etilgan hujjatlar tegishli talabga javob bergan taqdirda Аgentlik shartnomani roʼyxatga oladi va shartnoma roʼyxatga olinganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni tegishli Davlat reestriga kiritadi. Roʼyxatga olingan shartnomaning bir nusxasi nazorat nusxa boʼlib, u Аgentlikda saqlanadi. Shartnoma roʼyxatga olinganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar Аgentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Davlat patent idorasi direktorining 2005 yil 11 maydagi 48-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, selektsiya yutugʼi, tovar belgisi, xizmat koʼrsatish belgisiga boʼlgan huquqni oʼtkazish toʼgʼrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga boʼlgan huquqni toʼliq yoki qisman oʼtkazish, hamma mulkiy huquqlarni toʼliq yoki qisman berish va elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, maʼlumotlar bazasiga mulkiy huquqlarni oʼtkazish toʼgʼrisidagi shartnomalarni roʼyxatdan oʼtkazish qoidalari” (Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2005 yil 17 iyunda 1481-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan)ga koʼra, quyidagi shartnomalarni Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligida roʼyxatga olish tartibini belgilaydi:
- Ixtirolar davlat reestrida, Foydali modellar davlat reestrida, Sanoat namunalari davlat reestrida, Selektsiya yutuqlari davlat reestrida roʼyxatga olingan ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, selektsiya yutugʼiga boʼlgan huquqni oʼtkazish (patentni berish toʼgʼrisidagi) toʼgʼrisidagi shartnoma va ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, selektsiya yutugʼidan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi;
- tovar belgisi, xizmat koʼrsatish belgisiga boʼlgan huquqni oʼtkazish toʼgʼrisidagi shartnoma va Tovar belgilari davlat reestrida roʼyxatga olingan yoki roʼyxatga olinmay turib Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan muhofaza qilinadigan tovar belgisidan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi;
- Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reestrida roʼyxatga olingan integral mikrosxemalar topologiyalariga boʼlgan huquqni toʼliq yoki qisman oʼtkazish toʼgʼrisidagi shartnoma;
- Elektron hisoblash mashinalari uchun Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida va Maʼlumotlar bazalari davlat reestrida roʼyxatga olingan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʼlgan barcha mulkiy huquqlarni toʼliq yoki qisman berish toʼgʼrisidagi shartnomalar va mulkiy huquqlarning oʼzgalarga oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi shartnomalar.
Shartnomaviy huquqiy munosabatlarga doir tushunchalar quyidagilardan iborat:
- Shartnoma – ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, selektsiya yutugʼiga berilgan patentni berish, tovar belgisiga boʼlgan huquqni oʼtkazish, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqni toʼliq yoki qisman oʼtkazish, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʼlgan barcha mulkiy huquqlarni toʼliq yoki qisman berish va mulkiy huquqlarning oʼzgalarga oʼtkazilishi toʼgʼrisidagi shartnomalar.
- Litsenziya shartnomasi – ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, selektsiya yutugʼi, tovar belgisidan foydalanishga boʼlgan huquqni berish toʼgʼrisidagi shartnoma.
- Sublitsenziya shartnomasi – litsenziat tomonidan ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, tovar belgisi, selektsiya yutugʼidan foydalanishga boʼlgan huquqlarni boshqa shaxsga berish toʼgʼrisidagi shartnoma.
- Litsenziar – ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, tovar belgisi, selektsiya yutugʼiga boʼlgan huquq egasi.
- Litsenziat – ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasi, tovar belgisi, selektsiya yutugʼidan foydalanuvchi shaxs.
- Muhofaza hujjati – patent, guvohnoma.
Shartnomani roʼyxatga olish, shuningdek roʼyxatga olingan lintsenziya shartnomasiga kiritilgan oʼzgartirishlarni roʼyxatga olish uchun belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʼlanadi.
Shartnomani yoki roʼyxatga olingan lintsenziya shartnomasiga kiritilgan oʼzgartirishlarni roʼyxatga olishga oid ishlar patent egasi (huquq egasi) tomonidan mustaqil ravishda yoki vakolatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan vakil orqali amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ariza Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligida roʼyxatga olingan patent vakili orqali topshiriladi. Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.



Download 13.58 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Download 13.58 Mb.