• Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ixtiroga talabnoma boʼyicha referat, formula va chizmalarni tuzish.
  • Biotexnologiya




    Download 13.58 Mb.
    bet17/41
    Sana02.11.2023
    Hajmi13.58 Mb.
    #93141
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
    Bog'liq
    Intelektual mulk asoslari majmua ()
    TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriya, ИМП f7r6cj64, DTT mustaqil talim taqvimiy reja, Buyrug\' qo\'shma ta\'lim (2), 1. A. Avloniyning ’’madaniyat to’lqinlari ‘’ maqolasi e. Toffern-fayllar.org, 90519 (1), lab, 125-132, 6-laboratoriya mashguloti., гф XI I
    Mavzuga oid savollar
    1. Ixtiro sifatida koʼrsatilgan obʼektning patentga layoqatlilik shartlari.
    2. Ixtiroga nom qanday qilib nomlanadi?
    3. Ixtironi tavsifi qanday bo’limlardan iborat?
    4. Ixtironi tavsifida atamalar va qisqartirishlarni qo’llash.
    5. Tavsifda axborot manbai qanday keltiriladi?
    6. Tavsifda «Ixtiro mansub boʼlgan texnika sohasi» boʼlimida qanday ma’lumot keltiriladi?
    7. Tavsifda «texnika darajasi» boʼlimida qanday ma’lumot keltiriladi va eng yaqin analog nima?
    8. Tavsifda «Ixtironing mohiyati» boʼlimida qanday ma’lumot keltiriladi?
    9. Tavsifda chizmalarni raqamlash qanday ketmaketlikda keltiriladi?
    10. Tavsifda uslni qanday tariflanadi?
    11. Tavsifda kompozittciyani qanday tariflanadi?
    12. Mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar yoki
    hayvonlar hujayralari liniyalari yohud ularning
    konsortsiumlariga taalluqli boʼlgan ixtirolarning
    tavsifi qanday amalga oshiriladi?



    1. Amaliy mashg’ulot.

    Mavzu: Ixtiroga talabnoma boʼyicha referat, formula va chizmalarni tuzish.

    Referat ixtiro haqida maʼlumot olish uchun xizmat qiladi va ixtiro haqida maʼlumotlarning qisqartirilgan bayonidan iborat boʼladi.


    U ixtiro nomi bilan boshlanishi va ixtiro mansub boʼlgan texnika sohasining xarakteristikasi va erishiladigan texnik natija haqidagi maʼlumotlardan iborat boʼlishi kerak.
    Ixtiro mohiyati ixtiro formulasining erkin bayonidan iborat boʼlib, ixtironing barcha muhim alomatlarini saqlashi lozim. Zaruratga koʼra referatga chizma yoki boshqa biron izohlovchi material kiritilishi mumkin.




    Ixtiro mohiyatini toʼliqroq anglash uchun ixtiroga talabnoma tarkibida ushbu mohiyatni tushuntiradigan materiallar boʼlishi mumkin. Bunday materiallar grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, epyuralar, rasmlar, ostsillogrammalar va boshqalar) va jadvallar koʼrinishida bajarilishi mumkin.
    Ixtironi chizmalap yoki sxemalap bilan tasviplashning iloji boʼlmagan holda rasmlap topshipiladi.
    Fotosupatlap grafik tasvirlarga qoʼshimcha sifatida topshipilishi mumkin.
    Chizmalar, sxemalar va rasmlar alohida varaqlarda taqdim etiladi va hap bip vapaqning yuqopigi oʼng bupchagida ixtironing nomi koʼpsatiladi.
    Koʼrsatilgan materiallar tavsifda taʼrifi keltirilgan ixtironi izohlashi lozim boʼlgani uchun, ularning ixtiro tavsifiga muvofiqligini qatʼiy taʼminlash talab qilinadi.
    Tushuntiradigan materiallarning turi ular bajarishi lozim boʼlgan vazifasiga qarab tanlanadi. Masalan, chizmadan obʼektning konstruktiv bajarilishini tushuntirishda foydalanish mumkin, sxemadan obʼektning elementlari tarkibini hamda elementlararo aloqalarni ifodalashda foydalanish tavsiya qilinadi.
    Kerakli axborotni chizma yoki sxema vositasida taqdim etish imkoni boʼlmagan oʼrinlarda rasmdan foydalanish mumkin.
    Fotosuratlar grafik tasvirlarga qoʼshimcha sifatida topshiriladi.
    Favqulotda holatlarda, masalan, jarrohlik operatsiyalarining bajarilish bosqichlarini izohlashda, fotosuratlar asosiy izohlovchi material sifatida taqdim etilishi mumkin.
    Ixtironi izohlovchi materiallarni rasmiylashtirishda ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa koʼchirish va uzoq muddat saqlash imkoniyati boʼlishini eʼtiborga olmoq lozim.



    Ixtironing formulasi tavsifga va chizmalarga toʼliq asoslangan boʼlishi, yaʼni ixtironi uning tavsifida mavjud boʼlgan va chizmalarda koʼrsatilgan tushunchalar bilan taʼriflab beradi.
    Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, yaʼni talabnoma beruvchi tomonidan koʼrsatilgan texnikaviy natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim belgilari majmuini oʼz ichiga oladi.
    Ixtiro belgilarining ixtiro formulasida ifoda etilishi ularni identifikatsiya qilishi, yaʼni maʼlum boʼlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning maʼnosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil maʼnoda tushunilishi imkoniyatini taʼminlashi kerak.
    Ixtironing formulasi bir zvenoli va koʼp zvenoli boʼlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʼz ichiga olishi mumkin.
    Bir zvenoli formula ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning xususiy hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʼlmagan muhim belgilar majmui bilan bitta ixtironi tavsiflash uchun qoʼllaniladi.
    Ixtironing koʼp zvenoli formulasi ixtironing tayyorlanishi va (yoki) undan foydalanishning aniq holatlarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʼlgan muhim belgilar majmui bilan bitta ixtironi yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qoʼllaniladi.
    Bitta ixtironi tavsiflovchi koʼp zvenoli formula bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga bogʼliq bandlarga ega.
    Ixtirolar guruhini tavsiflovchi koʼp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʼlib, ulardan har biri guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Shu bilan birga guruhning har bir ixtirosi tegishli mustaqil bandga boʼysunuvchi bogʼliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʼlishi mumkin.
    Koʼp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.
    Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
    alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda odatda formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi (shu mustaqil bandni unda boshqa bandning mazmunini butunlay takrorlamasdan bayon etishga imkon bersa, bunday havola qilishga yoʼl qoʼyiladi);
    guruhdagi har xil ixtirolarni taʼriflash uchun bir xil mazmundagi bogʼliq bandlar jalb qilingan holatlarni oʼz ichiga olsa ham, bogʼliq bandlar oʼzlari boʼysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi.
    Formulaning bandi odatda eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, shu jumladan ixtironing vazifasini koʼrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʼz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʼlgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʼz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.
    Formula bandini cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʼlib tuzilganda cheklovchi qismi bayon etib boʼlingandan soʼng «shu bilan farqlanadiki» soʼz birikmasi kiritiladi, bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.
    Qurilma belgilari formulada shunday bayon qilinadiki, bunda qurilma statik holatda tavsiflanishi kerak. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi u tomonidan maʼlum bir funktsiya (masalan, aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini koʼrsatishga yoʼl qoʼyiladi.
    Amalni (usulni, operatsiyani) usul belgisi sifatida tavsiflash uchun feʼllardan foydalanilganda ularni aniqlik nisbatida, aniqlik maylida, uchinchi shaxsda, koʼplikda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).
    Kompozitsiyani tavsiflaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingredientlar va zarur boʼlganda ingredientlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli alomatlari kiritiladi.
    Kompozitsiyani tavsiflaydigan formulaga ingredientlarning miqdorini koʼrsatadigan alomatlar kiritilsa, ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʼp va eng kam (quyi va yuqori) miqdorlarda ifodalanadi.
    Kompozitsiya elementlari bittasining miqdori bitta qiymat orqali, boshqalari esa uning qiymatiga nisbatan interval koʼrinishida berilishi mumkin (masalan, ingredientlar miqdori kompozitsiya asosiy ingredientining 100 massa qismiga yoki 1 litr eritmaga nisbatan keltiriladi).
    Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdori kompozitsiyasining boshqa komponentlari birliklaridan oʼzgacha birliklarda koʼrsatilishi mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).
    Kompozitsiyalarga oid ixtiro qoʼshimcha ingredient kiritish bilan tavsiflanganda, formulada farqlovchi alomatdan oldin «qoʼshimcha ravishda oʼz ichiga oladi» degan ibora kiritiladi.
    Mikroorganizm shtammi, oʼsimliklar va hayvonlar hujayralari liniyalarini tavsiflaydigan formula muallifning familiyasi, rasmiy kollektsiya-depozitariyning bosh harflari, deponentlangan obʼektga berilgan roʼyxat raqami va shtamm vazifasi koʼrsatilgan holda biologik obʼektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʼz ichiga oladi.
    Ixtiro avvaldan maʼlum qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʼllashga oid boʼlganda quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: «(maʼlum qurilma, usul, modda, shtammning nomi yoki tavsifi keltiriladi) (koʼrsatilgan qurilma, usul, modda, shtammning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi».



    Download 13.58 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




    Download 13.58 Mb.