|
Tаlаbnоmа bеruvchining vаkili etib tаyinlаngаn
|
bet | 20/41 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 13.58 Mb. | | #93141 |
Bog'liq Intelektual mulk asoslari majmua () TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriya
Mavzuga oid vazifalar
Iхtirоgа O`zbеkistоn Rеspublikаsi pаtеntini bеrish to`g`risidа АRIZА ni dissertatsiya mavzuingiz asosida tayorleng
O'zgartirish(lar) kiritish to'g'risida ARIZA ni shartli talabnomaga biror o’zgartirish kiritib tayorleng
Talabnoma beruvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish to‘g‘risida ARIZA ni shrtli talabnomada talabnoma beruvchini o‘zgargani sababli tayyorleng
Shartli farmatsevtika (yoki pestitsidlarga) oid Patentning amal qilishini uzaytirib berish haqida ARIZA ni tayorleng.
Shartli talabnoma uchun Tezkor ekspertiza o’tkazish to’g’risida ILTIMOSNOMA ni tayorleng.
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Foydali modelga talabnomalarni tuzish xususiyatlari.
FOYDАLI MODEL OBEKTLАRI
MАHSULOT
Foydali modelь sifatidagi mahsulotga, xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʼsimliklar yoki hayvonlarning oʼstirilgan hujayralari kiradi.
Qurilmalarga konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlarning majmui boʼlgan hamda funkitsional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan konstrktsiyalar, buyumlar (mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, mahkamlash buyumlari, mashinalarning detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruktsiyalari va h.k.) kiradi.
Moddalarga quyidagilar kiradi:
kimyoviy birikmalar, bularga, shuningdek, shartli ravishda yuqori molekulali birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari — rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va h.k. ham mansubdir;
kompozitsiyalar (tarkiblar, qorishmalar, qotishmalar, eritmalar va h.k.);
yadro oʼzgarishi mahsulotlari.
Mikroorganizm shtammlari, oʼsimliklar yoki hayvonlarning
oʼstirilgan hujayralariga quyidagilar kiradi:
-bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mayda suv oʼtlari, mikroskopik zamburugʼlar va shu kabilarning shtammlari;
-oʼsimliklar yoki hayvonlarning oʼstirilgan hujayralari, shu jumladan hujayralarning klonlari;
-mikroorganizmlarning, oʼsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining konsortsiumlari;
-genetik konstruktsiyalar, ularga, xususan, plazmidalar, vektorlar, shuningdek mikroorganizmlar, oʼsimliklar va hayvonlarning barqaror transformatsiyalangan hujayralari, transgen oʼsimliklar va hayvonlar mansubdir.
-usulga moddiy obʼekt ustida moddiy vositalar yordamida oʼzaro bogʼliq harakatlarni bajarish jarayoni mansubdir.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING IXTIROLАR, FOYDАLI MODELLАR VА SАNOАT NАMUNАLАRI TOʼGʼRISIDАGI QONUNI
7 - moddasi
Ixtiro sifatida koʼrsatilgan obʼekt yangi va uni sanoatda qoʼllash mumkin boʼlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʼlmasa, u yangi deb hisoblanadi. Ixtironing yangiligini aniqlash chogʼida bir muncha oldin ustuvorlikka ega boʼlgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ixtirodan sanoat, qishloq xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʼlsa, u sanoatda qoʼllash mumkin deb hisoblanadi.
QUYIDАGILАR FOYDАLI MODEL SIFАTIDА E’TIROF ETILMАYDI :
O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil mobaynida foydali modellarga talabnomalarga topshirilgan talabnomalar soni 351 tani tashkil etgan.
31-modda. Avval foydalanganlik huquqi
Sanoat mulki ob’ekti ustuvorligi belgilangan sanaga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan o‘xshash bo‘lgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, keyinchalik ham undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Avval foydalanganlik huquqi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga faqat aynan o‘xshash yechimdan foydalanilgan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rilgan ishlab chiqarish bilan birgalikda topshirilishi mumkin.
|
| |