|
Biotexnologiya
|
bet | 21/41 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 13.58 Mb. | | #93141 |
Bog'liq Intelektual mulk asoslari majmua () TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriyaMavzuga oid savollar
1. Foydali modelning ob’ektlarini sanab o’ing;
2. Foydali modelni patentga layoqatlik shartlarini sanab o’ting;
3. Foydali model sifatida etirof etilmaydigan o’bektlarni sanab o’ting;
4. Foydali modelga patent olish uchun topshiriladigan hujjatlar tarkibini sanab o’ting;
6. Foydali modelga patent olish jarayoni bosqichlari;
7. Foydali modelni qo’llashda avval foydalanganlik huquqi nima degani;
8. Foydali modelni horijiy davlatlarda patentlash haqida ma’lumot bering;
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Foydali modelga talabnomaning tavsifini tuzish.
Foydali model nomi foydali model mohiyatiga mos kelishi hamda obʼektning vazifasini xarakterlashi lozim.
Individual kimyoviy birikmaga oid Foydali model nomiga ushbu birikmaning kimyo fanida qabul qilingan nomenklaturalardan biri boʼyicha nomi
kiritiladi; shuningdek, uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir
koʼrsatma, biologik faol birikmalar uchun esa biologik faollik turi keltiriladi.
Аniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usullariga oid Foydali model nomiga vazifasi toʼgʼrisida koʼrsatma ѐki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʼrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.
Mikroorganizmlar shtammi yoki oʼsimlik va hayvonlar hujayralariga
oid Foydali model nomiga biologik obʼektning lotin tilidagi oila turkumi
va turiga oid nomi, shtammning turi va vazifasi koʼrsatiladi.
Foydali model nomida shaxsiy nomlar, familiyaga oid nomlar, abbreviaturalar, reklama, firma nomlari, tovar belgilari va xizmat koʼrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari geografik nomlar, «va boshqalar» soʼzlari va foydali modelni aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan xuddi shunday soʼzlardan foydalanilmasligi kerak.
Foydali model tavsifi foydali modelning mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi uchun yetarli ravishda toʼliq ochib berishi kerak.
Foydali model tavsifi foydali modelchi tomonidan hal etilayotgan texnik muammoni, uni hal etish yoʼli va usullarini koʼrsatib berishi lozim.
Foydali model tavsifida standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʼlmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan atamalar va qisqaptmalar qoʼllanadi.
Bir xil elementlarni koʼrsatishda yagona atama qoʼllanadi.
Foydali model tavsifining tuzilishi uning vazifasiga toʼliq javob beradi, unda foydali model nomidan keyin (agar talabnoma berilayotgan foydali model mansub boʼlgan amaldagi Xalqaro patent klassifikatsiyasining rubrikasi maʼlum boʼlsa, ushbu rubrikaning indeksi ham foydali model nomi oldidan keltiriladi)
quyidagi boʼlimlarning bayon etilishi koʼzda tutiladi:
- foydali model mansub boʼlgan texnika sohasi;
-texnika darajasi;
- foydali model mohiyati;
- chizmalar shakllarining roʼyxati (agar chizmalar boʼlsa);
- foydali modenil amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
-nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi roʼyxati (agar bunday ketma-ketlikdan foydali modeni tavsiflash uchun foydalanilgan boʼlsa).
Tavsif boʼlimi oʼrniga kerakli maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan biron- bir axborot manbaini koʼrsatish mumkin emas.
«Foydali model mansub boʼlgan texnika sohasi» boʼlimi.
Ushbu boʼlimda foydali model qoʼllanishi mumkin boʼlgan texnika sohasi (yoki xoʼjalik sohasi, faoliyat sohasi) koʼrsatiladi.
Аgar gap funktsional foydali model, yaʼni koʼp sohalarda qoʼllanishi mumkin boʼlgan foydali model haqida borsa, ushbu boʼlimda foydali model qoʼllanishi mumkin boʼlgan bunday sohalarning yoki texnika obʼektlari turlarining bir nechtasi koʼrsatiladi.
«Texnika darajasi» boʼlimi.
Ushbu boʼlimning vazifasi yechimi foydali modega bogʼliq boʼlgan texnikaviy
muammo holatining toʼliq xarakteristikasini berishdan iborat. Buning
uchun boʼlimda foydali model analoglari, yaʼni foydali modelning ustuvorlik sanasigacha ommaga oshkor boʼlgan maʼlumotlardan maʼlum boʼlgan, foydali model bajaradigan vazifani bajaradigan vositalar koʼrsatiladi.
Talabnoma berilgan foydali model bilan bir xil vazifani bajaradigan vositalar orasidan foydali modega muhim belgilar majmui boʼyicha eng yaqin belgilar majmui bilan xarakterlanadigan vositani tanlab olish lozim.
Аgar bir xil vazifani bajaradigan maʼlum vositalarning birontasi ham talabnoma berilgan foydali model belgilariga ega boʼlmasa, bu holda maʼlum vositaning foydali model bilan oʼxshashligi uning vazifasi bilangina cheklanadi.
Muhim belgilarining eng koʼp miqdori talabnoma berilayotgan foydali modelning muhim belgilariga oʼxshash boʼlgan analog foydali modelning eng yaqin analogi hisoblanadi.
Аnaloglarni tavsiflashda foydali model yordamida erishilishi koʼzda tutilgan texnik darajaga analog yordamida erishib boʼlmaslik (talabnoma beruvchi fikricha) sababi (yoki sabablari, agar ular bir nechta boʼlsa) ham ochib berilishi lozim. Koʼrsatib oʼtilgan maʼlumotlar tahlili, odatda, foydali model hal etib berishi moʼljallanaѐtgan muammoni chuqurroq anglab yetish imkonini beradi.
«Foydali model mohiyati» boʼlimi
Tavsifdagi bu boʼlimning bayoni foydali model hal qilib berishi lozim boʼlgan vazifani koʼrsatib
berish bilan boshlanadi, bunda foydali model amalgaoshirilishi natijasida olinishi mumkin boʼlgan texnik natija ham koʼrsatiladi.
Texnik natija usulni amalga oshirishda yoki mahsulotni tayyorlash yoki undan foydalanishda oʼzlarini obʼektiv ravishda namoyon etadigan texnik samara, xususiyat, hodisa va boshqalarning tavsifidan iborat boʼladi.
Qoidalarda texnik natija turlariga misollar keltirilgan. Ushbu texnik natija turlari roʼyxatini keltirishdan koʼzlangan maqsad bu oʼrinda, masalan, uskunalarning ish unumdorligini oshirishda, mahsulot sifatini oshirishda va h.k. oʼz ifodasini topgan ijtimoiy-foydali natija ustida gap bormayotganligiga talabnoma beruvchining diqqatini qaratishdan iborat.
Texnik natija deganda aynan mana shu ijtimoiy-foydali natijaga (masalan, mehnat unumdorligining oshirilishi yoki mahsulot sifatining oshirilishi) erishish imkoniyatini yaratib bergan aniq sabab tushuniladi. Аgar foydali model bir nechta texnik natijani olishni taʼminlasa (shu jumladan uning bajarilishining konkret shakllarida yoki undan foydalanishning alohida hollarida), ularni koʼrsatish tavsiya qilinadi.
Аgar foydali model yaratilishida maʼlum vazifaga ega boʼlgan texnik vositalar arsenalini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotgan boʼlsa, bu holda texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʼladi va buni maxsus taʼkidlash talab qilinmaydi.
Tavsifda mohiyat foydali modeldan koʼzlangan texnik natijaga erishish uchun yetarli boʼlgan muhim belgilar majmui bilan ifodalanadi.
Bu oʼrinda shuni ham hisobga olish zarurki, erishilayotgan texnik natijaga taʼsir koʼrsatadigan, yaʼni koʼrsatilgan natija bilan sabab-oqibat munosabatida boʼlgan belgilar muhim belgilar hisoblanadi.
Tavsifda koʼrsatilgan texnik daraja qanday belgilar evaziga erishilishini koʼrsatib oʼtish lozim. Bu oʼrinda belgilarni shunchaki sanab oʼtish, yaʼni foydali model formulasini keltirish bilangina cheklanib boʼlmaydi.
Foydali model mohiyati iloji boricha aniq boʼlishi hamda talabnomani koʼrib chiqishda ekspertizada u yoki bu belgining foydali model formulasiga nima sababdan kiritilganligi boʼyicha savol tugʼdirmasligi uchun, ushbu belgilar texnik natijaga erishishda qanday taʼsir koʼrsatishini, yaʼni belgilar va texnik natija oʼrtasidagi sabab-oqibat aloqasini ochib berish maqsadga muvofiqdir .
Аgar foydali model qurilmaga tegishli boʼlsa, bu holda ushbu boʼlimda avval qurilma konstruktsiyasining statik holatdagi tavsifi keltiriladi, chizma figuralariga izoh beriladi, bunda, shuningdek, gap borayotgan konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilarga mos kelishi lozim.
Raqamli belgilar 1 dan boshlab oʼsish tartibida keltiriladi.
Qurilmaning statik holatdagi tavsifi uning tarkibiy qismlarining roʼyxatidangina iborat boʼlib qolmasligi kerak, balki bu oʼrinda yana konstruktiv (sxema) elementlari oʼrtasidagi bogʼlanishlar, konstruktiv elementlarning oʼzaro joylashuvi va taklif qilinayotgan qurilmaning boshqa belgilari koʼrsatilishi lozim.
Аgar foydali model usulga taalluqli boʼlsa, uning xarakteristikasi uchun qoʼllanadigan texnologik belgilar tarkibiga harakatlarning mavjudligi, bunday harakatlarning vaqtda bajarilish tartibi (ketma-ket, bir vaqtda va sh.k.), harakatlarni amalga oshirish shart-sharoitlar, ish rejimi, turli vositalar (moddalar, moslamalar, mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalari)ning qoʼllanishi kiradi.
Usulni tavsiflash uchun formulada qiymatlar intervallari koʼrinishida koʼrsatilgan miqdoriy belgilar qoʼllangan boʼlsa, bu holda usul tavsifida ushbu intervalga kiradigan bir martalik aniq qiymatlar keltiriladi. Masalan, agar formulada «O’simlik ildizi 3-7 mm oraligʼida maydalanadi», degan belgi mavjud boʼlsa, u holda usulni amalga oshirishga bagʼishlangan konkret misol tavsifida keltiriladi
Аgar foydali model kompozitsiyaga (aralashma, eritma, qotishma, shisha va
boshqalarga) oid boʼlsa, kompozitsiya tarkibiga kirgan ingredientlar,
ularning xarakteristikalari va miqdoriy nisbatlari koʼrsatilgan misollar keltiriladi.
Kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi, agar biror ingredient sifatida yangi moddani oʼz ichiga olsa, uni olish usuli ham tavsiflanadi.
Ingredientlarning miqdoriy tarkibi texnik natijaga taʼsir qiladigan kompozitsiyalarga, jumladan, murakkab fizik-kimyoviy tizimlar (qotishmalar, shishalar, plastmassalar, emallar, keramika va boshqalar), shuningdek, yakuniy mahsulotga aylanishida fizik-kimyoviy jarayonlar (masalan, beton, polimer qorishmalari va shu kabi tarkiblar) sodir boʼladigan tarkiblar mansubdir.
Kompozitsiyani uning tarkibiga kirgan hamda real olingan mahsulotda topish mumkin boʼlgan ingredientlar vositasida xarakterlash lozim.
Аgar kompozitsiya kimyoviy oʼzgarishlarga uchramaydigan dastlabki ingredientlarni mexanik ravishda aralashtirish yoʼli bilan olinadigan yakuniy mahsulotdan iborat boʼlsa, bunday kompozitsiya mana shu ingredientlar bilan tavsiflanishi lozim.
Аgar kompozitsiya biologik jihatdan faol boʼlsa, masalan, gerbitsidlarga, farmatsevtikaga tegishli boʼlsa hamda uning miqdoriy xarakteristikalari anʼanaviy boʼlib, kompozitsiya qoʼllanadigan preparativ shaklga
bogʼliq boʼlsa (kukun, eritmalar, granulalar, tabletkalar), tavsifda bir-ikki preparativ shakldagi kompozitsiyaga misollar va biologik faollik koʼrsatkichlarini keltirish lozim.
Bunday kompozitsiya oʼz tarkibida faol ibtido sifatida umumiy tarkibiy formula vositasida tavsiflangan nomaʼlum kimyoviy birikmalar guruhini qamrab olgan deb xarakterlangan ingredientga ega boʼlsa, bu holda ushbu guruhning ayrim birikmalarida ularning kompozitsiya vazifasini belgilab beruvchi biologik faolligi namoyon boʼlishini tasdiqlaydigan maʼlumotlarni keltirish lozim.
Аgar kompozitsiya tarkibi aniqlanmagan moddalarga oid boʼlsa (masalan, deyarli boʼlinmaydigan kimyoviy qorishmalar, oziq-ovqat mahsulotlari: ichimliklar, kefirlar, pishloqlar va boshqalar), bu holda uni kelib chiqishi va vazifasiga koʼra oʼxshash boshqa kompozitsiyalardan farqlab turadigan oʼziga xos fizik-kimyoviy yoki boshqa xarakteristikalarini keltirish hamda bunday xaraktristikalarni aniqlash metodikasini koʼrsatish lozim.
foydali modelni, yaʼni har qanday turdagi kompozitsiyani amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlovchi majburiy maʼlumotlarga ushbu kompozitsiyani olish usulini ochib beradigan maʼlumotlar kiradi, hatto agar bu usul kompozitsiyani tashkil qilgan ingredientlarni oddiy mexanik aralashtirishdan iborat boʼlsa ham.
Usulga tavsif berishda odatda ingridientlarning fizik holatlari, ularning oʼziga xos xususiyatlari, siljish shart-sharoitlari, operatsiyalarni oʼtkazish rejimlari va boshqalar koʼrsatiladi.
Аgar kompozitsiya oʼz tarkibida yangi, maxsus olingan kimyoviy birikmaga ega boʼlsa, uni olish usuli keltirilishi lozim.
Mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalari yohud ularning konsortsiumlariga taalluqli boʼlgan foydali modellarni amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash uchun koʼrsatib oʼtilgan obʼektlarni olish usullari keltiriladi, agar ular deponentlangan boʼlsa, bu holda rasmiy kollektsiya-depozitariy haqidagi hamda obʼektga kollektsiyada taqdim etilgan roʼyxatdan oʼtkazilganlik raqami haqidagi maʼlumotlar koʼrsatiladi.
Shtamm, liniya, konsortsiumdan koʼrsatib oʼtilgan vazifalarga koʼra foydalanishga oid misol tavsifi keltiriladi, bunda olinayotgan mahsulot xususiyatlari va shu xususiyatlarni aniqlash usullari ham koʼrsatiladi.
Bundan tashqari shtammning deponentlangani haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
|
| |