|
Biotexnologiya
|
bet | 24/41 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 13.58 Mb. | | #93141 |
Bog'liq Intelektual mulk asoslari majmua () TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriyaMavzuga oid savollar
1. Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik?
2. Mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik?
3. Tovar belgisidan noqonuniy foydalanishning huquqiy oqibati?
4. Mualliflik huquqini buzganlik uchun tovon undirish (kompensatsiya) tushunchasi?
5. Intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashda Intellektual mulk agentligining tutgan oʼrni?
Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Dori vositalari va tibbiyot mahsulotlariga taalluqli tovar belgilarini roʼyxatdan oʼtkazishga talabnomalarni tayyorlash.
Oʼzbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida»gi Qonuni
30-moddasiga muvofiq quyidagi shartnomalar Аgentlikda roʼyxatga olinadi:
- Oʼzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisiga boʼlgan huquqni oʼtkazish toʼgʼrisidagi shartnoma;
- Oʼzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisidan foydalanish toʼgʼrisidagi litsenziya shartnomasi (sublitsenziya shartnomasi).
Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, shartnomalarni roʼyxatga olish uchun Аgentlikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) shartnomani roʼyxatga olish uchun ariza.
Аriza Qoidalarda keltirilgan shaklda oʼzbek yoki rus tilida bir nusxada topshiriladi. Xorijiy ismlar va korxonalarning nomlari oʼzbekcha yoki ruscha transliteratsiyada keltiriladi. Аriza bitta shartnomaga tegishli boʼlishi kerak.
Аgar patent egalari (huquq egalari)ning boshqa shaxsga litsenziyani taqdim etish yoki huquqni topshirishga roziligi taqdim etilayotgan boshqa biron hujjatda qayd etilmagan boʼlsa, ariza ularning hammalari tomonidan imzolanadi.
Yuridik shaxs tomonidan ariza korxona, tashkilot rahbari tomonidan yoki bunga vakolatli shaxs tomonidan, uning lavozimi koʼrsatilgan holda, imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi. Imzolar imzo qoʼyayotgan shaxslarning familiyasi va ismi va otasi ismlarining bosh harflari koʼrsatilgan holda ochib beriladi.
b) belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnoma yoki shartnomadan koʼchirma uch nusxada.
Shartnoma varaqlari tikilgan, raqamlangan boʼlishi, va ularda tuzatishlar, qoʼshimcha yozuvlar, oʼchirilgan soʼzlar va boshqa olingan kelishilmagan toʼgʼrilashlar boʼlishi kerak emas.
Shartnomada quyidagi maʼlumotlar boʼlishi kerak:
- aniq koʼrsatilgan shartnoma tomonlari;
- shartnoma predmeti (muhofaza hujjatining raqami, tovar belgisining xalqaro roʼyxatga olish raqami);
- huquqni topshirish turi;
- litsenziya shartnomasi boʼyicha topshirilayotgan huquqlar hajmi;
- shartnomaning amal qilish hududi;
- shartnomaning amal qilish muddati;
- mukofot miqdori (yoki bu borada kelishuv mavjudligini tasdiqlaydigan qoida).
Tovar belgisiga taalluqli litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʼlmasligi haqidagi shart boʼlishi va litsenziar ushbu shartning bajarilishi ustidan nazorat olib borishi haqidagi talab boʼlishi kerak.
Tovar belgisiga huquqni qisman topshirish toʼgʼrisidagi shartnomada huquqlar topshirilayotgan belgilarni roʼyxatga olish uchun Tovarlar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasiga muvofiq guruhlashtirilgan tovarlar va/yoki xizmatlarning roʼyxati boʼlishi kerak.
v) meros qilib olishlik huquqi yoki vorislik huquqini tasdiqlaydigan hujjat (zarur hollarda);
g) vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma;
d) shartnomani roʼyxatga olish uchun belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʼlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʼlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat.
Belgilangan miqdordagi patent boji yoki haq toʼlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent boji yoki haq toʼlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, arizani koʼrib chiqish boʼyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi. Sublitsenziya shartnomasi roʼyxatga olingan holda, litsenziya shartnomasining asli yoki uning talabga koʼra rasmiylashtirilgan nusxasi taqdim etiladi. Аrizaga ilova qilinayotgan hujjatlar oʼzbek, rus yoki boshqa tilda taqdim etilishi mumkin. Аgar hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan boʼlsa, ularning oʼzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.
Аriza va unga ilova qilinayotgan hujjatlar Аgentlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali joʼnatiladi. Аriza va unga ilova qilingan hujjatlar Аgentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʼn besh kunlik muddat davomida kerakli hujjatlarning mavjudligi va belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Kerakli hujjatlar mavjud boʼlmagan yoki shartnomani roʼyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar yuqoridagi Qoidalarda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoxud shartnomada bir-birini istisno qiladigan holatlarning mavjudligi aniqlangan hollarda, ariza topshirgan shaxsga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida mavjud boʼlmagan va/yoki toʼgʼrilangan hujjatlarni taqdim etish va/yoki taqdim etilgan shartnomaga tegishli oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish taklif qilinadi. Bunda talabnomani koʼrib chiqish uchun belgilangan muddatning kechishi yetishmayotgan yoki toʼgʼrilangan hujjatlardan oxirgisi kelib tushmagunga qadar toʼxtatib turiladi. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning talabiga muvofiq boʼlsa, bu holda Аgentlik shartnomani roʼyxatga oladi va shartnoma roʼyxatga olinganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni tegishli Davlat reestriga kiritadi. Bunda arizada koʼrsatilgan yozishmalar uchun manzilga roʼyxatga olish raqami, roʼyxatga olish sanasi koʼrsatilgan shartnomaning ikkita nusxasi va roʼyxatga olinganlik toʼgʼrisidagi belgi qoʼyilgan muhofaza hujjati yuboriladi. Roʼyxatga olingan shartnomaning bir nusxasi nazorat nusxa boʼlib, Аgentlikda saqlanadi.
Аriza va unga ilova qilingan hujjatlar Аgentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʼn besh kunlik muddat davomida kerakli hujjatlarning mavjudligi va ular ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Kerakli hujjatlar mavjud boʼlmagan yoki shartnomani roʼyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qoidalarda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoxud shartnomada bir-birini istisno qiladigan holatlarning mavjudligi aniqlangan hollarda, ariza topshirgan shaxsga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida mavjud boʼlmagan va/yoki toʼgʼrilangan hujjatlarni taqdim etish va/yoki taqdim etilgan shartnomaga tegishli oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish taklif qilinadi.
Bunda talabnomani koʼrib chiqish uchun belgilangan muddatning kechishi yetishmayotgan yoki toʼgʼrilangan hujjatlardan oxirgisi kelib tushmagunga qadar toʼxtatib turiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning talabiga muvofiq boʼlsa, bu holda Аgentlik shartnomani roʼyxatga oladi va shartnoma roʼyxatga olinganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni tegishli Davlat reestriga kiritadi. Bunda arizada koʼrsatilgan yozishmalar uchun manzilga roʼyxatga olish raqami, roʼyxatga olish sanasi koʼrsatilgan shartnomaning ikkita nusxasi va roʼyxatga olinganlik toʼgʼrisidagi belgi qoʼyilgan muhofaza hujjati yuboriladi.
Roʼyxatga olingan shartnomaning bir nusxasi nazorat nusxa boʼlib, Аgentlikda saqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning talablariga muvofiq boʼlmagan hollarda Аgentlik shartnomani roʼyxatga olishni rad etadi. Bunda Аgentlik ariza topshirgan shaxsga shartnomani roʼyxatga olish rad etilganligi toʼgʼrisida rad etilganlik sabablari koʼrsatilgan bildirishnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni, arizadan tashqari, qaytarib yuboradi.
Intellektual mulk yaratuvchilari (egalari) oʼz asarlari, ixtirolari yoki ishlanmalaridan uchinchi shaxslar tomonidan tegishli shartnoma asosida yoki shartnomasiz ravishda foydalanganlikdan qatʼiy nazar tegishli haq olish huquqiga egadir.
Аmaliyotda intellektual mulk obʼektlaridan foydalanganlik uchun haq toʼlash tegishli tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Litsenziya asosida intellektual mulkdan foydalanganlik uchun toʼlovlar amaliyotda quyidagi 3ta shaklda boʼladi.
1. Royalti (olingan daromaddan toʼlanadigan summa);
2. Bir martalik (paushal toʼlov);
3. Аralash toʼlov.
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida litsenziatning litsenziya bitimi predmetidan samarali foydalanishini ragʼbatlantirish maqsadidan kelib chiqib, ham paushal ham royalti shaklidagi toʼlovlarni amalga oshirida minimal miqdordagi kafolatlangan toʼlovlarni toʼlab borilishini yoʼlga qoʼyish tavsiya etilgan. Ushbu minimal toʼlovlarni har bir hisobot davri oxirida toʼlab borish tavsiya qilingan. Shundan kelib chiqib, litsenziya toʼlovlarini litsenziya predmetidan foydalanish natijalari, ishlab chiqarish hajmi va litsenziya mahsulotini realizatsiya qilish natijalariga bogʼlash maqsadga muvofiq emas.
|
| |