|
Biotexnologiya
|
bet | 5/41 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 13.58 Mb. | | #93141 |
Bog'liq Intelektual mulk asoslari majmua () TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriya2. Ixtirochilik darajasi
Аgar ixtiro ushbu soha mutaxassisi uchun texnika taraqqiyoti darajasidan yaqqol ayon boʼlmasa, ixtirochilik darajasiga ega boʼladi. Ixtirochilik darajasini aniqlashda bir nechta manbadan foydalanish mumkin.
3. Sanoatda qoʼllanishi
Аgar ixtiro sanoat, qishloq xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash va boshqa faoliyat sohalarida qoʼllanishi mumkin boʼlsa, u sanoatda qoʼllash mumkin hisoblanadi.
Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari
Foydali modelь yangi boʼlsa va uni sanoatda qoʼllash mumkin boʼlsa, foydali modelga patent beriladi.
1. Yangiligi
Аgar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʼlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada koʼrsatilgan foydali modelь amalga oshirishi mumkin boʼlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi, Oʼzbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha maʼlumotlarni, shuningdek, ularni qoʼllashga doir maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.
2. Sanoatda qoʼllanishi
Foydali modelь, agar undan amalda foydalanish mumkin boʼlsa, sanoatda qoʼllash mumkin deb hisoblanadi.
Sanoat namunasini patentga layoqatlilik shartlari
Patent yangi va original boʼlgan sanoat namunasiga beriladi.
1. Yangiligi
Аgar sanoat namunasining muhim alomatlar majmui jahonda sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin boʼlgan maʼlumotlardan maʼlum boʼlmasa, sanoat namunasi yangi deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunasining yangiligini belgilashda, shuningdek ancha
avvalgi ustuvorlik bilan berilgan chaqirib olinmagan patent berish
haqidagi talabnomalar ham xisobga olinadi.
2. Originalligi
Аgar sanoat namunasining muhim alomatlarining majmui buyum
ning alohida xususiyatlarida ijodkorlikni namoѐn qilsa, u original deb
eʼtirof etiladi.
Selektsiya yutugʼi himoyaga layoqatli boʼlishining shartlari
Basharti selektsiya yutugʼi yangilik, farqlanish, oʼxshashlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy jihatdan himoya qilinadi.
Yangilik
Basharti urugʼlik, koʼchat yoki nasl mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan eʼtiboran:
Oʼzbekiston Respublikasi hududida — kamida bir yil oldin;
boshqa davlat hududida — kamida toʼrt yil yoki agar tok, yogʼochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʼrmon oʼsimliklariga taalluqli boʼlsa, kamida olti yil oldin selektsiyachi, uning huquqiy vorisi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan boʼlsa, yangilik hisoblanadi.
Farqlanish
Selektsiya yutugʼi talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga maʼlum selektsiya yutugʼidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.
Oʼxshashlik
Selektsiya yutugʼi koʼpaytirishning oʼziga xos jihatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin boʼlgan ayrim farqlarni hisobga olgan holda oʼzining belgilari boʼyicha yetarli darajada oʼxshash boʼlishi lozim.
Barqarorlik
Selektsiya yutugʼi bir necha marta koʼpaytirilganidan keyin yoki alohida sikl boʼyicha koʼpaytirilgan taqdirda koʼpaytirishning har bir sikli oxirida uning asosiy belgilari oʼzgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.
EHM uchun dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi ular yaratilgach yuzaga keladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʼlgan mualliflik huquqi eʼtirof etilishi va roʼyobga chiqarilishi uchun roʼyxatdan oʼtkazish yoki oʼzga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
Mualliflik huquqi obʼekti boʼlmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan maʼlumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi maʼlumotlar bazasini yaratgan shaxslarga tegishli boʼladi.
|
| |