OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING




Download 13.58 Mb.
bet7/41
Sana02.11.2023
Hajmi13.58 Mb.
#93141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Intelektual mulk asoslari majmua ()
TEMUR TUZUKLARI, Yoxann Yustus fon Libig111222tfthdt, TAKLIFNOMA, HANDBOOK (WRITING SECRETS GRAMMAR RULES), bumerang noorganik kimyo labaratoriya
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING
IXTIROLАR, FOYDАLI MODELLАR VА SАNOАT NАMUNАLАRI TOʼGʼRISIDАGI QONUNI
Ixtiro sifatida koʼrsatilgan obʼekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qoʼllash mumkin boʼlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʼlmasa, u yangi deb hisoblanadi. Ixtironing yangiligini aniqlash chogʼida bir muncha oldin ustuvorlikka ega boʼlgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi maʼlumotlardan yaqqol ayon boʼlmasa, u ixtirolik darajasiga ega boʼladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʼlgan har qanday maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.
Ixtirodan sanoat, qishloq xoʼjaligi, sogʼliqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin boʼlsa, u sanoatda qoʼllash mumkin deb hisoblanadi.

  • QUYIDАGILАR IXTIRO SIFАTIDА EЪTIROF ETILMАYDI : ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

  • tashkil etish va boshqarish usullari;

  • shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

  • aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

  • elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

  • binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;

  • estetika talablarini qanoatlantirishga yoʼnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʼrinishiga oid yechimlar;

  • integral mikrosxemalarning topologiyalari;

  • oʼsimlik navlari va hayvon zotlari;

  • jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.

5-modda. Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish
Sanoat mulki ob’ektiga bo‘lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning)
huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli bo‘ladi va patent bilan tasdiqlanadi.
Muallif (hammualliflar), agar o‘zi (o‘zlari) yaratgan sanoat mulki ob’ektini boshqalar g‘ayriqonuniy o‘zlashtirib olishi natijasida bu ob’ektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan bo‘lsa, patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirish yoxud patent egasi sifatida o‘ziga (o‘zlariga) patentning o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
Sanoat mulki ob’ektining patenti davlat ekspertizasi o‘tkazilganidan keyin beriladi.
Sanoat mulki ob’ektining patenti sanoat mulki ob’ekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki ob’ektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki ob’ekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran amalda deb hisoblanadi.
Agentlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida amal qiladi.
Ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda besh yilga uzaytirilishi mumkin.

Download 13.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Download 13.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING

Download 13.58 Mb.