Bir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi




Download 4.78 Kb.
Sana24.02.2024
Hajmi4.78 Kb.
#161807
Bog'liq
Bir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens k-fayllar.org


Bir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi


  • Bir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi


  • Magnit maydonga kiritilgan tokli o‘tkazgichga magnit maydon tomonidan ta’sir qiluvchi Amper kuchi, o‘tkazgichning shu qismidagi har bir zarraga magnit maydon tomonidan ta’sir qilayotgan kuchlarning yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin.

  • Uzunligi l bo‘lgan tokli o‘tkazgichda harakatlanayotgan barcha zaryadli zarralar soni N ga teng bo‘lsa, magnit maydonda harakat qilayotgan bitta zarraga ta’sir qiluvchi kuch

  • O‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi

  • ga teng bo‘ladi.

  • Ifodalarni (1–17) tenglikka qo‘ysak, bitta zarraga ta’sir qilayotgan kuchning ifodasi kelib chiqadi:

  • bunda: e–elektron zaryadi; v– zarraning tartibli harakat tezligi; n–zaryadlar konsentratsiyasi; S – o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzi.

  • Magnit maydоnda harakatlanayotgan zaryadli zarraga shu maydоn tоmоnidan ta’sir etuvchi kuchga Lоrеns kuchi dеyilib, bu kuch quyidagicha ta’rif­lanadi:

  • bir jinsli magnit maydоnda harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta’sir etuvchi kuch FL zarraning zaryadi q ga, uning harakat tеzligi v ga, magnit maydоn induksiya vеktоri B ga hamda tezlik ( v ) vektori bilan magnit maydon induksiyasi (B) vеktоrlari оrasidagi burchak sinusi ko‘paytmasiga tеng bo‘ladi.

  • Lorens kuchi yo‘nalishi chap qo‘l qоidasi yordamida aniqlanadi (1.15- rasm).

  • Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiyasi vеktоrini tik tushadigan va ko‘rsatkich barmоqlar yo‘nalishi musbat zaryad harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u hоlda 90° ga ochilgan bosh barmоq Lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi.


  • Magnit maydonga uchib kirayotgan protonga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi, chap qo‘l qoidasiga ko‘ra, o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16-rasm).

  • Maydondagi elektron (manfiy zaryad)ning harakatini aniqlashda, to‘rtta barmog‘imizni tok yo‘nalishiga qarama-qarshi holatda joylaymiz. Bunda elektronga ta’sir qiluvchi Lorens kuchi chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16- rasm).

  • Agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo‘ylab harakatlansa, unga magnit maydon tomonidan kuch ta’sir qilmaydi.

  • Endi zaryadli zarraning harakatiga Lorens kuchining ta’sirini qarab chiqamiz.

  • Zarra bir jinsli magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishiga tik uchib kirayotgan bo‘lsin (1.17-rasm).

  • U holda zarra tezligi yo‘nalishi bilan induksiya chiziqlari orasidagi burchak 90° ga teng bo‘lib, zarraga ta’sir qilayotgan Lorens kuchi maksimal bo‘ladi.

  • Lorens kuchi magnit maydonda harakatlanayotgan zarraning harakat yo‘nalishiga pеrpеndikular yo‘nalganligi uchun u markazga intilma kuch vazifasini bajaradi.

  • Natijada zaryadli zarraning harakat yo‘nalishi o‘zgarib, harakat trayektoriyasi egrilanadi, ya’ni:

  • Lorens kuchi ish bajarmaganligi bois, zarraning harakat tezligi ham o‘zgarmaydi. Demak, zarra aylana bo‘ylab tеkis harakatlanishni davom ettiradi.

  • Binоbarin, magnit maydоndagi zaryadli zarraning harakat trayеktоriyasi aylanadan ibоrat bo‘lib, uning radiusini quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz:

  • Demak, zarra trayektoriyasining egrilik radiusi uning massasi bilan tezligining ko‘paytmasiga to‘g‘ri, zaryadi bilan magnit maydon induksiyasining ko‘paytmasiga esa teskari proporsional ekan.

  • Zarraning to‘liq bir marta aylanishi uchun ketgan vaqtni, ya’ni aylanish davrini aniqlaylik. Buning uchun zarra bir marta to‘liq aylangandagi yo‘lni (aylana uzunligi 2π · R) zarraning (V) tezligiga bo‘lamiz:

  • Zarraning aylanish davri uning tezligiga bog‘liq bo‘lmay, zarraning massasiga, zaryadiga va magnit maydon induksiyasining kattaligiga bog‘liq bo‘lar ekan.

  • Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob massspektrometr deb ataladi. Mass-spektrometrlar kimyoviy elementlarning uzotoplarini aniqlashda, moddalarni kimyoviy tahlil qilishda qo‘llaniladi.


http://fayllar.org
Download 4.78 Kb.




Download 4.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir jinsli magnit maydonda zaryadli zarraning harakati. Lorens kuchi

Download 4.78 Kb.