-rasm. Bir kovshli ekskovatorda elektr energiyasi taqsimlanishi sxemasi




Download 473.41 Kb.
bet2/2
Sana21.09.2022
Hajmi473.41 Kb.
#26201
1   2
Bog'liq
1-amaliy ish
Kon mashina va uskunalarining texnologik parametrlari, KARerrr, Документ Microsoft Word (2)
1-rasm. Bir kovshli ekskovatorda elektr energiyasi taqsimlanishi sxemasi.
Ulkan qadam tashlovchi ekskovatorlar burilish platformalarida ikki yoki undan ortiq VRU o’rnatiladi (1, v rasm): VRU1 – qadam tashlash mexanizmi dvigatellari va TrSN1 shaxsiy ehtiyojlar transformatorini boshqarish uchun, VRU2 – o’zgartiruvchi agregat asinxron dvigateli va ikkinchi (zahiradagi) TrSN2 shaxsiy ehtiyojlar transformatorini boshqarish uchun (bunda ushbu transformatorlar paralle ishlashi taqiqlanadi). Masalan, EVG-35/65M ekskovatorida shaxsiy ehtiyojlar transformatori va o’zgartiruvchi agregatlar uchta asinxron dvigatellarini to’yintirish uchun sakkizta KRU yacheykalari joylashgan.
To’yintiruvchi kabel o’rash va yoyisk uchun kabel barabanlari bilan jihozlangan ekskovatorlarda kuchlanishni yetkazish sxemasi qayd etib o’tilgandan bir necha farq qiladi. Bunday ekskovatorlarda ikkita yuqori voltli halqasimon tok qabul qiluvchilar (kabel barabani halqa tok qabul qiluvchisi va quyi rama tok qabul qiluvchisi) o’rnatiladi. PP dan kabel (1, a rasm) ekskovator yurish aravachasida o’rnatilgan kabel baraban gorizontal halqasimon tok qabul qiluvchisi TK2 (1, g rasm) qistirgichlariga ulanadi. Tok qabul qiluvchi TK2 dan yurish aravachasi (quyi rama) orqali yotqizilgan kabel bo’ylab bevosita yoki quyi rama KRU si orqali yuqori voltli (aralash) tok qabul qiluvchi TK1 ga uzatiladi (1, a rasm).
Katta quvvatli, kabel barabaniga ega ekskovatorlar quyi ramasida joylashgan elektr uskunalarini to’yintirish uchun quyi rama maxsus ichki taqsimlash uskunalari (VRUN) ko’rib chiqilgan (1, d rasm). Bu holatda kuchlanish TK2 tok qabul qiluvchi orqali (1, g rasm) QS VRUK uzgichga uzatiladi (1, d rasm), undan quyi rama yordamchi uzatgichlari va Tr0 yoritishni to’yintirish uchun TrSN shaxsiy ehtiyojlar transformatori kuchlanish oladi, keyin esa quyi ramadan burilish platformasi KRU ga TK1 tok qabul qiluvchi orqali yetkaziladi (1, a rasm).
Ko’p dvigatelli uzatgichli ekskovatorlarda salkam barcha elektr uskunalari burilish platformasida joylashadi. Ekskovator quyi ramasida harakat mexanizmi elektrodvigatellari, elektromagnitlar va kiritish qutilari joylashgan. Kuzov o’qi va tomida oxirgi o’chirgich, projektor, kuzov ventilyatorlari va yordamchi chig’iriq joylashgan.
Katta kovsh sig’imiga ega karyer gidravlik ekskovatorlar (EG-12, EG-20 va boshqalar) o’q, dastak va kovsh mustaqil gidavlik uzatmasi, harakat va burilish elektr uzatmasi bilan jihozlanadi. Gidro uzatma uchun ekskovatorlarda birliq quvvati 630 kW bo’lgan dvigatelli aksil-porshen to’g’rilanuvchi nasoslar o’rnatiladi. Ekskovatorga yetkaziladigan kuchlanish – 6 kV. Ekskovatorda KRUE 6 kV, transformatorlar va boshqaruv stansiyalari joylashadi. Barcha kabellar va simlar ajratishi kuzov tomi ostida maxsus o’zaklardan yasalgan bo’lib ular moylanishi amalda butunlay oldini oladi.

Download 473.41 Kb.
1   2




Download 473.41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Bir kovshli ekskovatorda elektr energiyasi taqsimlanishi sxemasi

Download 473.41 Kb.