Birinchi bob bo‘yicha xulosa va takliflar




Download 14,6 Kb.
Sana30.11.2023
Hajmi14,6 Kb.
#108490
Bog'liq
Birinchi bob xulosa


Birinchi bob bo‘yicha xulosa va takliflar
Dunyo xo‘jaligi tizimida so‘nggi yillarda jadal rivojlanish ta’sirida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxalarining ahamiyati va roli ortib borilayotganligini inobatga olgan holda kichik biznes sub’ektlaridan foydalanishni yanada rivojlantirish talab qilinadi. Bu bilan sohani yanada jadal kengayishiga, soha faoliyatini yanada ahamiyatini yanada oshiradi. Mamlakatda kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishdan kutilayotgan natija esa aholini ish bilan bandligini oshirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali iqtisodiyotda yangi kasb-hunarlarni shakllantirishdan iborat.
1. Kichik biznesning yukori sur’atlarda rivojlanishi esa mamlakat iqtisodiyotida yangi yo‘nalishlarning shakllanishiga, xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida faoliyatining diversifikatsiyalanish jarayonining kuchayishiga va kichik biznes jadal rivojlanishi ta’sirida ko‘plab boshqa tarmoq va sohalarning yuqori sur’atda rivojlanishiga ta’siri kuchayadi. Kichik biznes ob’ektlari ixcham, tez o‘zgaruvchan, qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga ega bo‘lgan, raqamli iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muassasa, tashkilot yoki korxonadir deb muallif ta’rifi ishlab chiqilgan.
2. Kichik biznes iqtisodiyotning eng muhim bo‘lgan ko‘rinmaydigan qismidir va bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘plab bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muammolarni xal etishga yo‘naltirilgan milliy iqtisodiyotning sohadir. Sohani ilmiy va amaliy tadqiq etishda majmuali tarzda yondashuv talab qilinadi hamda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli istiqbolli dasturlar ishlab chiqilish lozim.
3. Iqtisodiyotdagi kichik biznes yirik biznes rivojlanishi uchun mustahkam platforma vazifasini bajaradi. Birining faoliyatini ikkinchisisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sohani rivojlantirish uchun raqamli platformlarni tashkil etib, amaliyotga joriy etish uchun yo‘l ochish zarur va innovatsion yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotda nanotexnologik markazlarni, kichik ilmiy-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish mavjud muammolarni bartaraf etishni jadallashtiradi.
4. Kichik biznes sohalariga "Industriya 4.0" tamoyillarini keng qo‘llash yo‘li bilan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlaridan foydalanish bugunning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifasidir. "Kichik biznes 4.0" ishlanmasi ishlab chiqildi. Nemis konserni sanalgan SMS group tomonidan ishlab chiqilgan raqamli texnologiyalarga asoslangan metallurgiya sanoatini rivojlantirish strategiyasidan foydalanilgan holda “Namangan viloyati Kichik biznesni raqamli texnologiyalar asosida rivojlanish konsepsiyasi" ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim.
Download 14,6 Kb.




Download 14,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Birinchi bob bo‘yicha xulosa va takliflar

Download 14,6 Kb.