• Kompaniyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi
  • Birinchi McDonald's 77 yoshda: Kompaniya faoliyatiga bir nazar




    Download 1.64 Mb.
    bet1/5
    Sana21.11.2022
    Hajmi1.64 Mb.
    #31182
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    McDonald\'s

    Birinchi McDonald's 77 yoshda: Kompaniya faoliyatiga bir nazar

    Reja:

    Kompaniyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi

    Kompaniya 1940-yilda aka-uka Richard va Mavrik Makdonald(McDonald)lar tomonidan tashkil etilgan. Birinchi restoran 1940-yil 15-may kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida ochilgan. 1948-yilda ushbu kompaniya dunyoda birinchi marta “tezkor tamaddi qilish” tushunchasini amaliyotga kiritdi. 1954-yilda illinoyslik tadbirkor Rey Krok aka-uka Makdonaldlardan ushbu franshiza doirasida maxsus agent sifatida harakat qilish huquqini sotib oldi, hamda 1955-yilda Illinoys shtatidagi Dez-Plens shaharchasida McDonald’s restoranini(hozirda korporatsiya muzeyiga aylantirilgan) ochdi. Shu yili Rey Krok kompaniya nomini McDonald’s System, Inc. ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazdi. 1959-yilga kelib Krok tomonidan ochilgan restoranlarning soni yuzdan oshdi, 1960-yilda esa u kompaniya nomini McDonald’s Corporationga o‘zgartirdi.


    McDonald's 1948 yilda shunday ko‘rinishda edi

    Rey 1961-yilda Makdonaldlardan 2,7 million dollar evaziga kompaniyaga bo‘lgan barcha huquqlarni sotib oldi. Aynan shu yili oziq-ovqat sanoati uchun kadrlar tayyorlash (avvalo McDonald’s tizimida ishlovchi kadrlarni yetkazib berish)ni maqsad qilgan birinchi o‘quv muassasa — Gamburgerologiya universiteti ochildi. Bugungi kunda dunyoda jami 8 ta shunday universitet faoliyat yuritmoqda. Ular Chikago (AQSh), Tokio (Yaponiya), San-Paulu (Braziliya), London (Buyuk Britaniya), Myunxen (Germaniya), Shanxay (Xitoy), Sidney (Avstraliya) va Moskvada (Rossiya) shaharlarida joylashgan.

    1960-yillar boshlaridan kompaniyaning reklamaga katta e’tibor qaratishi o‘z natijasini bermay qolmadi, ushbu doimiy reklamalar natijasida McDonald’s eng taniqli brendlardan biriga aylandi. 1962-yilda “M” harfini tashkil etuvchi ikkita oltin arka kompaniyaning logotipi sifatida tanildi.


    Download 1.64 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi McDonald's 77 yoshda: Kompaniya faoliyatiga bir nazar

    Download 1.64 Mb.