• Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi
shikastlanganda yoki
toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning
hayotini asrab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi
uchun
koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; shifokor
yetib kelguncha yoki ularni shifoxonaga olib borguncha
amalga oshiriladi. Birinchi yordam
oʻz-oʻziga yoki boshqalar
tomonidan (o
ʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan
odam jarohatini
oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati
boʻlganida, mast, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt
qilishga quvvati kelsa,
oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi
mumkin.
Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshqa kishi
tomonidan
koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida
qolganda, mast, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda,
koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam
koʻrsatish zarur.
• Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mast, qon
ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va
boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam
koʻrsatish
zarur. Keyingi
koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi
yordamning qanchalik
toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq.
Mast, suyak ochiq singanda
bogʻlov va shina
(taxtakach)ning tez va
toʻgʻri qoʻyilishi (qarang
Immobilizatsiya),
koʻpincha shok va boshqa ogʻir
kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush
yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va
bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib
qolmasligiga yordam beradi.
• Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi: 1)
tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan
ogʻir narsa
va boshqalar)
taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan
kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan,
oʻt tushgan joydan
olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi
yordam
koʻrsatish (bular haqida q.
Suyak chiqishi, Suyak sinishi,
Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b
.); 3)
yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam
toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy
berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda
duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish
zarur.
Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim
va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi
dori qutichasida Birinchi yordam uchun zarur
boʻlgan hamma
narsalar
boʻlishi kerak.
JABIRLANUVCHIGA
BIRINCHI TIBBIY
YORDAM KO'RSATISH
•ETIBORINGIZ UCHUN
•
RAXMAT
|