Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana18.05.2022
Hajmi9.61 Mb.
#21314
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
kompyuter arxitekturasi
15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
НЕ-И elementining chiqishini, НЕ elementining kirishiga ulash bilan hosil 
qilish mumkin. ИЛИ (OR) - mantiqiy qo‘shish elementini esa, НЕ-ИЛИ 
elementining chikishini, НЕ elementining kirishiga ulash bilan hosil qilish 
mumkin. 
Beshta - И, ИЛИ, НЕ, НЕ-И va НЕ-ИЛИ ventillar, kompyuter 
arxitekturasi raqamli mantiqiy sathining asosini tashkil etadi. Bu erda 
muhim bo‘lgan jihatlardan birini ta’kidlab o‘tamiz. НЕ-И va НЕ-ИЛИ 
ventillarida – ikkitadan, И va ИЛИ ventillarida uchtadan tranzistorlar 
ishlatilgan. Shu sababli ko‘pgina kompyuterlarda НЕ-И va НЕ-ИЛИ 
ventillaridan asosiy – bazaviy elementlar sifatida foydalaniladi. И, ИЛИ va 


37 
boshqa mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar НЕ-И va НЕ-
ИЛИ ventillari asosida yig‘iladi (1.23-rasmga qaralsin). 
Bul funksiyalari ham, odatdagi algebra funksiyalari kabi bitta, ikkita, 
uchta va hokazo sondagi o‘zgaruvchilarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: 
oddiy bir funksiya f-ni quyidagicha aniqlashtirishimiz mumkin, f (A)=1, 
agar A=0 bo‘lsa, f (A) = 0, agar A=1 bo‘lsa. Bunday funksiya НЕ 
funksiyasi bo‘ladi. 
n-ta 
o‘zgaruvchiga 
bog‘liq 
bo‘lgan, 
bul 
funksiyasi 
o‘zgaruvchilarining mavjud kombinatsiyalari soni 2
n
-taga teng bo‘ladi. 
Ushbu funksiyaning barcha qiymatlarini esa, 2
n
-ta qatorga ega bo‘lgan 
jadval yordamida yozib chiqish mumkin, bunday jadval Bul algebrasida 
haqiqat jadvali deb ataladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan elementlar bilan birga 
keltirilgan jadvallar, ularning haqiqat jadvallari hisoblanadi. НЕ funksiyasi 
bitta o‘zgaruvchili, И va ИЛИ funksiyalari esa ikkita o‘zgaruvchili 
funksiyalardir. Ikkita o‘zgaruvchili funksiyalarning haqiqat jadvallarida, 
o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari odatda 00, 01, 10 va 11 ketma-
ketlikda yoziladi. Bunday funsiyalarni to‘liq tavsiflash uchun 2
2
=4 ta 
razryadli ikkilik son kerak bo‘ladi, va u xaqikat jadvalining natijalar 
ustunini vertikal tarzda o‘qish bilan hosil qilinadi. Shunday qilib, И – bu 
0001, ИЛИ – 0111, НЕ-И – 1110 va НЕ-ИЛИ – 1000 bo‘ladi (1.18, 1.20 
va 1.21- rasmlarga qaralsin). 4-ta razryadli ikkilik sonlar ketma-ketligining 
16 xil (0000, 0001, 0010, …, 1111) kombinatsiyasini yozish mumkin, bu 
esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyaning 16-ta xili mavjud ekanligini 
anglatadi. Odatdagi algebrada esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyaning 
cheksiz sondagi xillari mavjud. Bunday funksiyalarni xech birini, 
o‘zgaruvchilarining barcha mumkin bo‘lgan qiymatlari jadvali yordamida 
yozib bo‘lmaydi, negaki ushbu o‘zgaruvchilarning qiymatlari soni ham - 
cheksiz bo‘ladi. 
Uch o‘zgaruvchili M=f(A,B,C) bul funksiyasini yuqorida ko‘rib 
o‘tilgan sxemalar yordamida qanday amalga oshirish mumkinligini ko‘rib 
chiqamiz. Shart - ushbu funksiyaning qiymati, uning o‘zgaruvchilari 
tarkibida qaysi bir qiymat ko‘proq bo‘lsa, o‘shanga teng bo‘lsin. Avval 
haqiqat jadvalini tuzib olamiz (1.22-rasm). Funksiyaning 1-ga teng bo‘lgan 
qiymatlari asosida quyidagicha yozuvni hosil qilamiz: 
(1) 


38 
 
ya’ni o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari 011, 101, 110 va 111 bo‘lsa, 
funksiya 1 qiymatni (true), qolgan xolatlarda esa 0 qiymatni (false) qabul 
qilar ekan. Ushbu funksiyani amalga oshirish uchun uchta kirishga ega 
bo‘lgan uchta И elementi, to‘rtta kirishga ega bo‘lgan bitta ИЛИ elementi 
va uchta o‘zgaruvchilarni inkorlarini hosil qilib olish uchun uchta НЕ 
elementi kerak bo‘ladi. 
 
1.22-rasm. M=f(A,B,C) funksiyasining xaqiqat jadvali va mantiqiy 
sxemasi. 

Download 9.61 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

Download 9.61 Mb.
Pdf ko'rish