• Birinchi sath
  • Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/53
    Sana18.05.2022
    Hajmi9.61 Mb.
    #21314
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    kompyuter arxitekturasi
    15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
    Nolinchi sathbu kompyuterning apparat taminoti sathi 
    hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, 



    ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, 
    OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
    Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 
    bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T 
    va D kabi triggerlar (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan 
    tashkil topgandir. 
    1.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar. 
    1.4-rasm. SR-triggeri. 
    Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil 
    qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin 
    (1.5-rasm).



    Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda 
    juda ko‘p marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar 
    hisoblanadi. Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan
    ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil 
    vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registrlardan foydalaniladi. 
    Birinchi sathmikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga 
    tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni 
    bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan 
    dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil 
    protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta 
    registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic 
    Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud. 
    1.5-rasm. Registr. 
    Arifmetik mantiqiy qurilma – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni 
    bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda 
    ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini 
    shakllantiradi (1.6-rasm).
    Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi – bitta yoki ikkita registrlar 
    tanlanadi, arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, 


    10 
    masalan – inkorlash, qo‘shish, ayrish yoki boshqa bir amalni bajaradi
    so‘ngra natija tanlangan registrlardan biriga joylashtiriladi. 
    Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti – 
    mikroprogramma (mikrodastur)  deb nomlangan maxsus dastur tomonidan 
    nazorat qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti – 
    apparat 
    vositalar 
    tomonidan 
    nazorat 
    qilinadi. 
    Hozirda 
    ishlab 
    chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda apparat 
    vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning 
    nomi – mikroarxitektura sathi deb nomlangan. 
    Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
    kompyuterlarda, mikrodastur deganda – ikkinchi sath buyruqlarining 
    interpretatori, ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur 
    xotiradan buyruqlarni chaqirib oladi va ularni ma’lumotlar traktidan 
    foydalangan holda ketma-ket bajaradi. Masalan: ADD – qo‘shish 
    buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib olinadi, unda ishtirok 
    etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga joylashtiriladi
    arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga 
    yoziladi. 
    Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
    kompyuterlarda ham, xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo 
    bunda ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya 
    qiluvchi mikrodastur bo‘lmaydi. 

    Download 9.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish