• Uchinchi sath
  • To‘rtinchi va beshinchi sathlar
  • Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти




    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/53
    Sana18.05.2022
    Hajmi9.61 Mb.
    #21314
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    kompyuter arxitekturasi
    15 amaliy ish, KARIMOVA GULCHAMAN, Ледяев ВГ Политическая власть 5., Holisxon, Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya
    Ikkinchi sathbuyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. 
    Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan
    protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi 
    keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat 
    ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat 
    bo‘ladi. 
    Uchinchi sathoperatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath 
    hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning 
    tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar 
    to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli 
    buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin. 
    Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga ega. Bu – unda 
    xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan ortiq 


    11 
    dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim 
    sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir. 
    1.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti. 
    To‘rtinchi va beshinchi sathlar dasturchilar uchun ishlab 
    chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil 
    protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat 
    bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori 
    sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi. 
    Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va 
    sathlarga oid muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini 
    o‘rganishda muhim hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. 
    SHunday qilib, hozirgi kompyuterlar bir-nechta sathlarning ierarxik 
    tuzilishi shaklida loyihalanadi va ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil 
    ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir abstraksiyasini, ya’ni ma’lum 
    darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar tuzilishini bunday 


    12 
    o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun, nisbatan 
    soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 
    Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, 
    amallar va tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi. Arxitektura 
    - kompyuterni qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi 
    jihatlariga bog‘liq tushuncha hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni 
    yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan xotiraning xajmi haqidagi 
    ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu xotiraning qanday ishlab 
    chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa arxitekturaning bir 
    qismi hisoblanmaydi. 
    Kompyuterning yoki kompyuter tizimining dasturiy elementlarini 
    loyihalash usullarini o‘rganish bilan biz, kompyuter arxitekturasini 
    o‘rganamiz. Amaliyotda kompyuter arxitekturasi va kompyuterni tashkil 
    qilish degan iboralar sinonim iboralar sifatida qo‘llaniladi. 

    Download 9.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти

    Download 9.61 Mb.
    Pdf ko'rish