Bitiruv malakaviy ish




Download 2,65 Mb.
bet4/10
Sana21.03.2017
Hajmi2,65 Mb.
#695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.Turizmning vujudga kelishi va tarixi

Turizm (fransuzcha tour-sayr,sayohat), sayyohlik - sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning istiqomat joyidan sog`lomlashtirish, ma`rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to`lanadigan faoliyat bilan shug`ullanmagan holda uzog`i bilan 1 yil muddatga jo`nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi26.

Tarixiy turizm – bu qadimiy odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlari, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal`alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar, madrasalar, masjidlar va moddiy tarixiy manbalar bilan qiziquvchi turistlarning faoliyati tushuniladi27.

Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashqi iqtisodiy faoliyatimizni tubdan isloh qilish masalasiga e`tibor qaratib: “Eksport masalasida chuqur o`zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Xom-ashyoni eksport qilishdan ko`ra, O`zbekiston uchun ko`proq naf keltiradigan yo`nalishlarga o`tish zarur. Bular jumlasiga ... xalqaro turizmni rivojlantirish kiradi”28, deb ta`kidlagan edi.

Turizm (sayohat) piyoda va ulovlarda yurish, tarixiy va boshqa diqqatga sazovor joylarda sayr-tomosha qilish, kuzatish xushmanzarali va oromgohlarda dam olish , sof havo, quyosh nurlari va zilol suvlarda chiniqish demakdir. Tabiiyki, kechadigan bunday ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarda atrof-muhitni o`rganish, ma`lum maqsadlar yo`lida qo`yilgan vazifalarni bajarish, turli toifadagi kishilar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri keladi. SHu sababdan ham qadimgi ajdodlarimiz ov qilish hamda turli xil mashg`ulotlarni bajarib borishi barobarida eng muhimi, jismoniy sifatlarni (chaqqonlik, tezlik, epchillik, chidamlilik va h.k.) ham takomillashtirib borganlar. Bu haqda halq og`zaki ijodida ta`rif etilgan turli xil rivoyatlar, afsonalar va hikoyalardagi dalillar, mushohadalar ham guvohlik beradi.

Jahon mamlakatlari qatorida O`zbekiston ham o`zining uzoq va betakror boy tarixiga ega. Qadim zamonlardayoq Turon zamin deb e`tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatorida munosib o`rinni egallagan.

Ko`xna, madaniy va ma`naviy yodgorliklarga boy tarixi, qadimiy me`moriy hamda tasviriy san`ati jahon turistlarini o`ziga jalb etib kelgani hech kimga sir emas. Toshkent, Samarqand, Buhoro, Shahrisabz, Xiva va Urgench hamda respublikaning turli joylarida joylashgan tarixiy obidalar, ko`hna yodgorliklar mamlakatimiz turizmining asosiy poydevori vazifasini o`taydi29.

Chotqol, Nurota, Sariosiyo va Turkiston tizma tog`lari orasida yassi va silliq toshlarga o`yib chizilgan suratlar (shakllar) orasida ov jarayoni, turli xil yovvoyi hayvonlarni nayza bilan sanchish, yoy o`qi bilan otish, odamlarni yugurishi, hayvonlar bilan olishuvi, nayza, kamon va boshqa qurollarni ishlatish yo`llari aynan yorqin ifodalangan.

Surxon vohasidagi Dalvarzintepa, Samarqanddagi Afrosiyob va boshqa hududlarda olib borilgan arxeologik qazashmalarning topilma ashyolarida sayohat qilish, shaharlarda savdo uyushtirish, manzarali joylarda hordiq chiqarish, tuya, ot, xachirlarga yuk ortib, ularni piyoda etaklab borish, goho ularni minib yurish kabi amaliy harakatlar tasvirlangan. Bunday tasviriy dalillar O`zbekiston tarixi Davlat muzeyi, San`at muzeyi, Afrosiyob muzeyi va viloyatlardagi boshqa tarix muzeylarida ehtiyot bilan saqlanib va namoyish qilib kelinmoqda.

Buyuk ipak yo`li nomi bilan tarixga kirgan, qadimgi karvon yo`llarining yurtimiz sarhadlaridan eramizdan oldingi II asrda o`tganligi ham din, hunarmandchilik, madaniyat, o`ziga xos an`analar va urf-odatlarning o`zaro uyg`unlashuvi hamda rivojlanishiga xizmat qilganini alohida ta`kidlash joiz.

Birgina tarixiy-me`moriy obidalarimiz soni 900 dan ortiq. e`tiborli jihati shundaki, viloyatdagi madaniy meros ob`ektlarining ma`lum qismi YUNESKO tomonidan himoyaga olingan30.

Yuqorida zikr etilgan manbalarni o`rganish asosida qadimgi ajdodlarning ijtimoiy-madaniy hayotidagi sayohatlar haqida ba`zi bir mulohazalar yuritish mumkin. Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va boshqa kichik daryolarning boshlanishi, o`rta qismi va ularning so`nggi irmoqlari atrofida o`tmish ajdodlarimiz hayot kechirganlar. Ular chorva bilan shug`ullanib, yilning fasllariga qarab doimo yaylovlarda ko`chib yurishgan. Bunda oila a`zolarining ham bevosita birgalikda yurishiga to`g`ri kelgan. Bu esa kishilar asosan sohillar, yaylovlar, tog`li joylarda piyoda, ulovlarda (ot, xachir, ho`kiz, eshak va h.k.) yurishini taqozo etgan. Katta-yu kichiklarni bunday sharoitlarda jismoniy jihatdan chiniqishiga to`g`ri kelgan. Tog`ma-tog`, yaylovma-yaylov ko`chib yurish, qishki paytlarda o`zlarining o`troqli manzillarida yashash sharoitlarida bo`ri, tulki, kiyik, arxar (yovvoyi qo`y), kaklik, tustovuq, bedana ovlash bilan shug`ullanib, epchillik, chaqqonlika ega bo`lishgan. Tabiiyki bunday ovlarda asosan o`rta yoshdagilar, yigitlar, o`smirlar va hatto yosh bolalar ham ishtirok etishgan.

Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda baland tepaliklar ustiga, goho tekis yaylovlarda ham toshlarni yig`ib mo`la (belgi) yasashgan. Mo`lani yasashdan asosiy maqsad, ov joylarini belgilab qo`yishdir. SHuningdek, kim birinchi bo`lib toqqa chiqsa - qadam tegmagan joylarga ilk bor etib borishsa, esdalik uchun mo`la yasashgan. Hatto mo`lalarga uni yasovchi yoki ulug` kishilarning nomini berishgan. ehtimol “Xontangri” (Xitoy), “Kazbek”, “Elburs’” (Kavkaz) kabi cho`qqilar ham shu tariqa atalgan.

Yurtimizda “Nurota”, “Turkiston”, “Olmaliq” kabi tog`lar ham balkim qadimda shu odatlar bo`yicha nomlangan ehtimol.

Buyuk bobokalonimiz, she`riyat mulki sultoni hazrat Alisher Navoiyning asarida31 ham sayohatlarga aloqador masalalar o`z ifodasini topganligining guvohi bo`lamiz. Dostonda “Dengiz safari, bo`ron va ayriliq” qismida Farhodning suvda suzishi, halokatga uchragan kemadagi kishilarni qutqarish kabi jasoratlari bilan bir qatorda YAman o`lkasidan Armanlar yurtiga (SHopur orqali) kelib qolishi, tog`larda sayr qilishi, SHirinning visolini ko`rish maqsadida harsang toshlarni o`yib ariq qazishi va boshqa juda ko`p sarguzashtlar o`z aksini topgan. Farhodning CHin (Xitoy) mamlakatidan Armanlar yurtiga sayohat qilib kelishi timsolida qadimgi ajdodlarimizning sayyohlik faoliyatlaridan darak beradi.

Diqqatga sazovor tomonlardan yana biri shundaki, jahonga mashhur bo`lgan yurtdoshlarimiz Abu Nasr Farobiy, Al Xorazmiy, Ibn Sino, Mahmud Pahlavon, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va boshqa buyuk allomalarning asarlari, ilmiy meroslarida qadimgi ajdodlari-mizning ijtimoiy-madaniy hayotida sayohatlarning tutgan o`rni haqida ham to`xtab o`tilgan. Navoiy, Bobur va boshqalarning asarlariga bitilgan suratlarda ovchilik, bog` va daryo, ko`l sohillarida hordiq chiqazish manzaralari tasviri berilgan. Sayohatlarning kishilar salomatligini yaxshilash, umrni uzaytirish, jismoniy va ijodiy mehnat qobiliyatini oshirishdagi o`rni tarannum etilgan. Mahmud Qoshg`ariy o`zining “Devonu lug`atit turk” kitobini yozish uchun Turkiston o`lkasini piyoda va ulovlarda kezib chiqqan. Uning sayyohlik faoliyatiga doir ilmiy-qidiruv ishlari nafaqat o`z davrida balki keyingi ming yillik davomida Turon o`lkasidaida qadrlanib keldi. Uning bu asari asosida ko`plab ilmiy tadqiqotlar bajarilgan. Ayniqsa talaba-yoshlar M.Qoshg`ariyning hayoti haqida hamda uning asarini yaxshi o`rgansalar foydadan xoli emas.

Turizm – sayohat ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo`lgan nazariy va amaliy fan sifatida o`qitiladi. Uning ijtimoiy tuzumlar (forma) bilan bog`liq bo`lgan o`z tarixi hamda rivojlanish jarayonlari bor32.

Turizm umumiy ma`noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. SHu sababdan ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlarida tarkib topadi.

Eng qadimgi odamlar yashash uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilishgan. SHu tarzda tog`lar, yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar, ularni qo`lga o`rgatib mehnat bilan shug`ullanishgan. Ov manzillari va dam olishga qulay bo`lgan joylarda ma`lum bir belgilarni (tur) qo`yishgan. Zarur paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o`yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan.

Ishlab chiqarish-mehnat jarayonining takomillashuvi, ov va jang qurollarini yaratishning yangi usullari odamlarning uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishiga, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab, dam olishi, hatto o`troqlashib qolishiga olib kelgan. SHu tariqa daryolar, ko`llar, dengizlarda ov qilish, sayr o`tkazish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit`asiga borib qolishi (kashfiyoti), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit`alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma`lum.

Qadimgi O`zbekiston zaminining so`lim tabiati, ko`hna shaharlaridagi osori-atiqalar, dunyo tamadduni (sivilizatsiyasi)ga katta hissa qo`shgan allomalarni voyaga etkazgan maskanlar jahon ahlini, sayyohlarini o`ziga chorlab kelgan. Aleksandr Makduniy (mil.avv. IV asr) bilan kelgan yunon ma`rifatparvarlari o`lkaning tabiati va hayotiga oid qiziqarli esdaliklar yozishgan. Xitoylik sayyoh CHjan Szyan’ (mil.avv.II asr) Farg`ona vodiysidan Qizilqum cho`llarigacha bo`lgan xududlarni kezgan. SHuningdek, Xitoylik Syuan’ TSzan (VII asr), italiyalik Marko Polo (XIII asr), arabistonlik YOqut Hamaviy (XIII asr), marokashlik Abu Abdulloh ibn Battuta (XIV-asr), ispaniyalik Rui Gonsales de Klavixo (XIV asr), garmaniyalik Iogann fon SHilt’berger (XIV-XV asrlar), Buyuk Britaniyalik entoni Jenkinson (XVI asr), vengriyalik Arminiy Vamperi (XIX asr) kabi dunyo kezgan sayyohlar qo`hna yurtimizda bo`lishgan va ko`rgan- kechirganlari to`g`risida xotiralar yozib qoldirishgan.

SHuningdek, Turon zaminining mashhur kishilari ham dunyo kezib, safar taassurotlari asosida qimmatli asarlar yozishgan. Abu Rayhon Beruniyning hind eliga safaridan keyin yaratilgan “Hindiston” (1030 yil), Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” (1518/19-1530 yil) ,Abdurauf Fitratning Turkiyaga sayohati xotiralarini o`z ichiga olgan “Sayyohi hindi” (1912yil) kabi asarlar shular jumlasidandir. Umuman sharq badiiy adabiyotiga mansub sayohatnoma janrida ham qadim yurt hayotiga bag`ishlangan asarlar bor (Muqimiy, Nodim va boshqalar).

Mavoraunnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur Frantsuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo`lgan. Uning elchisi 1403 yil Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Mavoraunnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.

Turizmning tarixiga nazar tashlanadigan bo`lsa, uning asosida mehmondo`stlik yotadi. Bu insoniyatning azaliy odati bo`lib kelgan. Oldin mehmonlarni o`z uyida, xonadaonida kutib olgan bo`lsa, hozir uning mazmuni o`zgardi. Odatda odamlar bir necha kun, xafta, oy mobaynida uyidan uzoqda yashashiga to`g`ri keladi. Unga «begona» kishilarning qo`llab-quvvatlashi va yordami kerak bo`ladi. Bu esa mehmondo`stlik orqali amalga oshiriladi.

O`zbek tilining izohli lug`atiga muvofiq mehmondo`stlik «mehmon-do`stga xos xislat, xatti-harakat, mehmon kutishni o`rniga qo`yish» demakdir33. Hozirgi kunda mehmondo`stlik bilan qilingan tashriflar ham kimningdir xonadonlarida emas, balki mehmonxonlarda tunash va dam olish bilan bog`liq ravishda amalga oshirilmoqda. SHu tufayli mehmondo`stlik va turizm atamalarini iqtisodiy adabiyotlarda34 bir-biri bilan bog`liq holda qo`llamoqdalar. Mamlakatimiz olimlari mehmondo`stlik o`rniga “mehmon-navozlik” iborasini ham ishlatmoqda35. Bulardan ham ko`rinib turibdiki, mehmondo`stlik tushunchasining tabiatini ochib berish turizmning nazariy masalalarini qarashda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun har bir tushunchaning ta`rifini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Mehmondo`stlik hozirgi paytda turizmda ko`rsatiladigan xizmatlarning turi bo`lib, ma`lum darajada tadbirkorlik alomatlariga ham ega. Uning shu mazmunidan kelib chiqib mehmondo`stlikka quyidagicha ta`rif berishni maqsadga muvofiq, deb topdik. Mehmondo`stlik deganda mehmonlarni joylashtirish, ovqat-lantirish, transportda tashish, ekskursiya qildirish, konferentsiya o`tkazish, ko`ngilochar kabi xizmatlarni amalga oshirish bilan bog`liq munosabatlar majmui tushuniladi.

Turizmning fan sifatidagi o‘rganish tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Frantsiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815 yil). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk36 o`zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866 yil dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo`natildi.

SHarqda arab sayyohi Ibn Battuta37 21 yoshida sayohatni boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.

Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda XIX asrning birinchi yarmida rus sayyohlari Markaziy Osiyoning tarixi, madaniyati, tabiiy boyligi va geografik muhitini o`rganishga ilk qadamlar qo`yishgan. Ayniqsa, bu jarayonlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida keng avj olgan. Bunga tarix, geografiya, botanika, etnografiya, arxeologiya va boshqa ko`p sohalar bo`yicha olimlar, harbiy mutaxassislar safarbar etilgan. Ularning tashriflaridan maqsad ko`p qirrali jarayonlar bilan bog`liq bo`lib, mohiyatan istilochilik bilan bog`liq manfaatlar asosiy o`rinda turgan. SHular qatorida geografik muhit va tabiiy boyliklarni o`rganish, ularni qidirib topish ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bunday murakkab va mashaqqatli tadbirlarni tashkil qilish hamda amalga oshirishda B. A. Fedchenko, P. P. Semenov, Tyan-Shan’skiy katta jasoratlar ko`rsatishgan, ya`ni ular Tyan`-Shan’, Pomir-Oloy tizma tog`lari, ularning quyi tarmoqlarini xaritaga olganlar. Bular o`z navbatida o`sha davrda va keyingi vaqtlarda tog`lar, daryolar, konlarni o`rganishda, shuningdek, guruh bo`lib sayohatlar tashkil qilishda ancha xizmat vazifalarini o`tagan.

O`zbekistonda mustaqillik qaror topgach turizm ishlari keng yo`lga qo`yila boshlandi. Uning huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi farmoni bilan turizm sohasida respublika yagona siyosatini amalga oshiruvchi davlat organi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi tuzildi. Uning tarkibiga tarmoqqa aloqador davlat va jamoat tashkilotlari kiritildi, hududiy bo`limlari tashkil etildi.

Jahon Turizm Tashkiloti Bosh Assambleyasiga “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi to`la huquqli a`zo etib qabul qilindi38.

O`zbekistonda turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi 408 ta firma va korxona bor. 14 mingdan ortiq o`ringa ega bo`lgan 168 ta mehmonxona faoliyat ko`rsatadi (2006 yil). Respublikaga 2005 yilda dunyoning 117 mamlakatidan 241,9 ming xorijlik turist sayohatga keldi. O`zbekiston fuqarolaridan 380.9 ming kishi chet elga turistik sayohatga chiqdi. SHuningdek, mamlakat ichki turizmidan 334,1 ming kishi foydalandi.

Mamlakatda “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi muassisligida rus va ingliz tillarida “Turizm O`zbekistana” (Tourism of Uzbekistan) jurnali nashr etiladi va kompaniya o`zining www.Uzbektourism.uz veb saytiga ega.




Download 2,65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,65 Mb.