Bitiruv malakaviy ishi




Download 1.07 Mb.
bet10/14
Sana01.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#92955
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
diplom ishi Sulaymon
C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), texnologiya 7 uzb, true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
2.3 Pezoelektr uslubi
Bu uslubni amalga oshirish uchun har bir sopelga diafragma bilan bog‘liq yassi pezokristall o‘rnatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, elektr maydonni ta’siri ostida pezoelementlar deformatsiyasi sodir bo‘ladi. Bosma davomida trubkadagi pezoelement siyoh bilan kapillyar tizimni to‘ldiradi. Orqaga siqiladigan siyohlar rezervuarga qayta quyiladi, siqilgan siyohlar esa qog‘ozda o‘z izini qoldiradi. Bunday uslublarni EPSON, BROTHER va boshqalari ishlab chiqariladi.

Pezoelementli oqimli printerning ishlash prinspi

Gazli pufaklar uslubi.


Bu uslub termik hisoblanadi va injektirlovchi pufakchalar(Bublejet) deyiladi. Bu uslubni ishlatishda har bir sople qizdirish elementlari bilan jihozlangan, har bir qizdirishda soplo bir necha mikrosekund ichida 500 C gacha qiziydi. Qizdirilganda paydo bo‘ladigan gazli pufakchalar (bublies) sople orqali qog‘ozga tushadigan suyuq siyoh tomchisini itarib tushiradi. (8.10-rasm). Tok o‘chirilishi bilan qizdiradigan element soviydi, parli pufak kichrayadi va kirish teshigidan siyohning yangi porsiyasi keladi. Bunday texnologiyani CANON firmasi qo‘llaydi.



Gazli pufak uslubi bo‘yicha printer ishlash prispi

Drop-on-demand.
HEWLETT-PACKARD firmasi ishlab chiqqan uslubi drop-on-demand uslubi deyiladi. Gazli pufaklar uslubi kabi bu uslubda ham qizdirilgan element ishlatiladi. Biroq drop-on-demand uslubida siyoh uzatilishi uchun qo‘shimcha maxsus mexanizm ishlatiladi. Gazli pufaklar uslubida bunday funksiya faqat qizdiriladigan element zimmasiga yuklatilgan. drop-on-demand uslubini ishlatib bosma mexanizmini ishlash uslubi ko‘rsatilgan.

drop-on-demand uslubibo‘yicha printer ishlash prinspi
Gazli pufaklar uslubi ishlatiladigan bosish mexanizmlarida konstruktiv elementlari kamroq, bunday printerlar ishlatishda ishonchli va ishlatish muddati uzoqroq. Undan tashqari, bunday texnologiyani ishlatish printerlarni kengaytma qobiliyatlarini yo‘qori darajasiga erishish imkonini beradi. Chiziqlarni chizishda yo‘qori sifatga ega bo‘lgan uslub yaxlit to‘ldirishli bosishda kamchilikka ega:
Ular biroz yoyilgan bo‘lib chiqadi. Gaz pufakli uslubni grafik, gistogramma va boshqa bosish kerak bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi, plutonli grafik tasvirlarni bosishda drop-on-demand uslubini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
drop-on-demand texnologiyasiga muvofiq siyohlar tez sachratishi ta’minlanadi, bundan bosishni sifati va tezligi oshadi. Tasvirning rangli tasavvuri bu holatda kontrastli.
Profilaktik xizmat
Matritsali printerlar qolgan printerlarga qaraganda ko‘proq chang va ifloslarni “yig‘ar” ekan. Bu bo‘yaydigan tasma va bosmalovchi boshcha orasidagi kontakt natijasidan, hamda printerda qog‘ozni uzoq harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Printer ishlaganda bo‘yaydigan tasma doyim bosmalovchi boshchada “toza “ joyi bo‘lishi uchun harakat qiladi. Bunday harakatda tasmadan bo‘yoq qolmagan joyidan tukchalari ajralib chiqaveradi. Bu tukchalar ignalarni to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. Ishlamayotgan ignani boshlash juda oson: belgilarni bosayotganda “bo‘shliq “ hosil bo‘ladi. Iflosliklarni bartaraf etish uchun bo‘yaydigan tasmalarni maxsus turlarini olib ishlatish zarur. Qog‘oz printerda uzoq vaqt bo‘lgani uchun qo‘shimcha muommolar kelib chiqadi. Matritsali printyerdai qog‘oz uzatilishi uzatish mexanizmi va qog‘oz chetlaridagi teshikchalar orqali amalga oshiriladi. Qog‘ozdagi teshikchalarni printerga to‘g‘ri o‘rnatilgani uni to‘g‘ri uzatilishini, hamda printerni kamroq ifloslanishini ta’minlaydi. Agar kerakli joyda teshik bo‘lmasa,yo‘naltiruvchi mexanizm teshikni o‘zi hosil qiladi.Tabiyki,bunda qog‘oz bo‘lakchalari printer ichiga tushadi. Printyerdagi qog‘oz changgini tozalash uchun changyutgichdan foydalanish zaruz, bosmalash boshchasini esa spirtli suyuqlik bilan tozalab artib turish kerak.



Download 1.07 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.07 Mb.