Bitiruv malakaviy ishi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana27.05.2022
Hajmi0.6 Mb.
#22092
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash
informatika 1, akrom61 k t (0) 2, 8-matka, The Forsyte Saga, Презентация Microsoft PowerPoint, 22-Test shaklidagi topshiriqlar tarkibi, prezentatsiya, Pedagogika psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi 4 kurs PP, 3-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 5-Ma’ruza Mavzu Ochiq kalit infratuzilmasi Reja-fayllar.org, O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara, O‘RQ-109 14.09.2007 qimor o\'yinlari, 19-maktab CHQBT xonasi
Keysning asosiy maqsadi talabalarga maktab, oila, mahala hamkorligi, tarbiya 
jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligini vaziyat asosida ko‘rsatib berish, 
shuningdek ta’lim- tarbiya jarayoning to‘g‘ri tashkil qilinishida, sinf rahbar va ota-
onalar hamkorligi zarurligini ko‘rsatib berish. Ta’lim- tarbiya jarayoni bir 
tomonlama olib boriladigan jarayon emasligini, unda ijtimoiy muhitning barcha 
qatlamlari ishtirok qilsa samara berishini talaba ongiga sindirishdam iborat. 
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda mavzuga tegishli quyidagi muammoli 
vaziyat qo‘llaniladi. 
Vaziyat 
6-sinf ota-onalar majlisida o‘qituvchi har qaysi ota-onani o‘z farzandi 
o‘tiradigan partada o‘tirishini taklif qildi. U har qaysi ota-onaning oldiga o‘z 
bolasining daftari va buklangan qog‘ozni partaga qo‘yib chiqdi. Buklangan 
qog‘ozda faqatgina ota-onaga tegishli yozuv bor edi. Masalan: 
“Dilnozada ancha o‘zgarishlar bor, yaxshi o‘qiyapti, biroq matematikadan biroz 
qiynaliyapti. Shu fandan qo‘shimcha darsga borsin. Iltimos, dushanba kuni soat 
13;00 da kelsangiz matematika fani o‘qituvchisi bilan maslahatlashib olasiz”. 
“Mohira parishonxotir, hamma narsaga e’tiborsiz, fanlarni o‘zlashtirishga 
harakat qilyapti. Suhbatlashish uchun qolishingizni so‘rayman”. 
“Sevara juda harakatchan, lekin so‘zlab berishda qiynaladi. Fikrlashiga, nutqiga 
e’tibor berish kerak”. 



“Anvarning o‘qishlari pasayib ketdi, musiqaga qiziqadi, qizlarga qarab faqat 
qo‘shiq aytadi. Iste’dodi haqida o‘ylab ko‘rish kerak”. 
O‘qituvchi ota-onalarning har biriga farzandlarining xulq-atvori yozilgan 
qog‘ozlarni berib chiqdi. Sinfidagi ko‘pchilik o‘quvchilarida yuqoridagi kabi 
ta’limiy-tarbiyaviy kamchilik bor edi. 
( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar”) 
Talabalar vaziyat bilan tanishtirilgandan keyin ularga quyidagi uslubiy 
ko‘rsatmalar beriladi. 
1. Keys bilan tanishish: 
a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing. 
b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling. 
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish: 
a) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing. 
b) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling. 
s) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying. 
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish: 
Talabalar muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob 
topadilar. 
1. Sinf rahbariga bildirilayotgan e’tirozlar nima sababdan yuzaga kelgan? 
2. Sizningcha sinf rahbarining bu kabi yozuvlariga qanday qaraysiz?
3. O‘qituvchi bu usulni nima maqsadda ishlatdi? 
4. Bu usulni siz ham pedagogik faolliyatingizda qo‘llarmidingiz? 
5. Ota-onalar o‘rnida nima qilardingiz? 
6. O‘quvchilarda yuzaga keluvchi muammolarni qanday hal qilsa bo‘ladi? 
7. Ota-onalar yig’ilishlarining ta’lim –tarbiya tizimida ahamiyati hozirda qanday 
yo‘lga qo‘yilmoqda. 
8. O‘quvchilarda ko‘rsatilgan muammolarni qanday hal qilish mumkin 
9. Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ? 



4. 
Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslashda 
talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar. 
a) 
Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini 
to‘ldirish. 
b) 
Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganish va muqobil 
variyatlarni tahlil qilish. 
c) 
Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida 
tayyorlang. 
O‘quvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiya olishida ota-onalar bilan olib 
boriladigan hamkorlik ishlari juda muhimdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi 
fanining asosiy maqsad va vazifalaridan biri ham shundadir, ota-onalar bilan 
o‘tkaziladigan yig’ilishlar, individual suhbatlar, turli -hil tadbirlar, ularni maktab 
bilan bilan bog’lab turadi. Bunda sinf rahbar faoliyati juda muhimdir. Keysda 
ko‘rsatilgan muammoli vaziyat orqali yuqoridagi vazifalar tahlil qilindi. 
Dars ishlanmasi (4- ilovada) keltirigan 
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan “Sinf jamoasini tashkil qilishva uni 
tarbiyalash metodikasi” mavzusisi asosida keys-stadi texnologiyasi. 
c) 
Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida 
tayyorlash. 
Yoshlar hayotida, ularning faolligini ta’minlashda boshlang’inch 
tashkilotlarining o‘rni kattadir, yetakchi ma’suliyati, uning qobiliyatlari, 
tashkilotchiligi, tashabbuskorligi jarayoni uyushtirishda zarurdir. Yuqorida 
keltirilgan vaziyatda yetakchi faoliyatidagi sustkashliklar va bu o‘quvchilar 
faoliyatida ta’siri keltirilgan. Vaziyatni yechish davomida talabalar o‘zlarining 
muqobil yechimlarini keltiradilar. 
Dars ishlanmasi (8- ilovada) keltirilgan. 
 Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanidan “ Boshlang`ich 
tashkilot faollari tomonidan voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquq 



buzarliklarning oldini olish ishlarini olib borish” mavzusi asosida keys-stadi 
texnologiyasidan dars ishlanmasi (9-ilovada) keltirilgan. 
Biz yuqorida pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi, kuni uzaytirilgan 
guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan 
ishlash metodikasi fanlarining o‘quv dasturida keltirilgan mavzulari asosida, keys-
stadi texnologiyasini qo‘llagan holda dars ishlanmalarini keltirib o‘tdik. Dars 
jarayonida keys-stadi texnologiyasidan foydalanish o‘quv samaradorligini oshiradi.
Talabalarda ta’limiy faоliyat natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasi quyidagi mеzоnlar asоsida aniqlandi: 
1.Talabalarda pedagogik fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy tushunchalarning 
shakllanganligi
2. Talabalar tafakkurida vaziyatlarga nisbatan muqobil yechimlar topish 
ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, jamoaviy birdamlik tushunchalari, 
oldindan kasbiy malakalarining shakllanganligi 
3.Talabalarda manbalar ustida mustaqil ishlash, tadqiqоtchilik faоliyat
ko‘nikmalarining shakllanganligi
4.Talabalarda mustaqil fikr va ijоdiy-izlanuvchanlik ko‘nikmalarining 
shakllanganligi 
Ekspеrеmеnt 
bоsqichlari 
Tоpshiriqlar Nazоrat guruхlari 
Ekspеrеmеntal guruхlar 
Qayd etuvchi 
ekspеrеmеnt 

II 
III 
IV 
24% 
22% 
12% 
7% 
23% 
20% 
13% 
6% 
Tajriba 
umumlashtiruvchi 
ekspеrеmеnt 

II 
III 
25% 
24% 
12% 
26% 
28% 
18% 



IV 
6% 
19% 
Ko‘rinib turibdiki, mehnat talimi fanlaridan amaliy mashg’ulotlarni 
o‘tkazishda keys-stadi tехnоlоgiyasini qo‘llash natijasida talabalarda ta’limiy 
faоliyatga nisbatan mоtivatsiya оshdi, ularda mustaqil fikrlash, kasbiy faoliyatda 
uchraydigan vaziyatlarga nisbatan oldindan yechimlar topish malakalari 
shakllandi, mustaqil fikr va krеativlik ( ijоdkоrlik) ko‘nikma va malakalari 
rivоjlandi, mehnat talimi fanlarni o‘qitishda amaliy vaziyatlarni qo‘llash orqali 
kasbiy mahoratlarini mustahkamlandi va оngli egallashlari uchun muayyan 
pеdagоgik-psiхоlоgik sharоitlar yaratildi. Оlingan natijalarning statistik tahlili 
shuni ko‘rsatdigi, ta’lim samaradоrligi ekspеrimеntal guruhlarda nazоrat 
guruhlariga nisbatan 23% оshdi. 



XULOSA 
 
Mehnat talimi fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quv 
samaradorligini oshiradi, talabalarning bilim ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradi.
III-bobda mehnat talimi fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasining 
ahamiyati ochib berilgan, bobning birinchi rejasida o‘quv jarayonida innovatsion 
texnologiyalarning qo‘llashning ahamiyati, sabablari keltirilgan. Shuningdek 
birinchi reja asosida mehnat talimi fanlar tarkibiga kiruvchi fanlar: pedagogika, 
tarbiyaviy ishlar metodikasi, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya 
nazariyasi va metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi 
fanlari, o‘quv reja, o‘quv dastur, ishi dastur talablari asosida o‘rganilgan, ular 
uchun ajratilgan soatlar ko‘rsatib o‘tilgan fanlarni o‘qitishda dastur talablariga 
binoan talabalar bilishi va egalashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar tahlil 
qilingan. 
III-bobning ikkinchi rejasida tajriba –sinov ishlari keltirilgan. Mehnat
talimi fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha guruhlarga 
ajratildi. 
Tajriba - sinov ishlarida pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniluvchi usul 
va uslublar kuzatildi, tahlil qilindi. O‘quv guruhlarida dars o‘tish jarayonida 
yuzaga keluvchi muammolar o‘rganilgan Mehnat talimi va fanlarni o‘qitishda 
keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda amaliy mashg’ulotlar tashkil qilindi. 



Tajriba sinov natijalariga ko‘ra keys-stadi texnologiyasi qo‘llagan holda 
o‘tkazilgan amaliy mashg’ulotlar dars samaradorligini oshirgan va talabalarda 
kasbiy faoliyatga nisbatan ko‘nikmalar rivojlangan.Ta’lim tizimida o‘quv 
samaradorligini oshirish, bilim oluvchilarni har tomonlama yetuk shaxs sifatida 
tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Aynan pedagogik texnologiyalar tarkibiga 
kiruvchi keys-stadi bugungi ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilib uni 
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish davom etmoqda. Shu kungacha 
ta’lim tizimida ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan 
ta’minlash, unga oid o‘quv adabiyotlarni tayyorlash va amaliyotga tadbiq qilish 
asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bitiruv malakavi ishi mavzusi yuqoridagi talablar asosida shakllantirildi.
kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash 
orqali talabalarni bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish ishining asosiy maqsadi qilib 
olindi. Tezkor axborotlar almashuvi zamonasida yashayotgan har inson, amaliy, 
kasbiy faoliyatida bir muncha muammoli vaziyatlarga duch keladi, shunday paytda 
oldindan yechimi izlab topilgan vaziyatlardagi muqobil yechimlar qo‘l keladi.
fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishdan maqsad 
o‘quvchilarning bilimlarini ongli, faol va yuqori o‘zlashlashtirilishlarga erish va 
Umum talim maktablarida ularni mustaqil ilmiy-ijodiy izlanuvchanlik faoliyatga 
tayyorlash, kasbkor ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda ijtimoiy-siyosiy onglilik, 
vatanparvarlik, ma’suliyatlilik sifatlarini tarbiyalashdan iborat. 
Keys-stadi texnologiyasi asosida o‘qituvchi faoliyati tashkil qilish davomida 
o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘quv materialini shunchaki yetkazish bilan cheklanib 
qolmasdan, ularni birga fikrlashga, mushohada qilishga undaydi, faollashtiradi, 
o‘quv-bilish faoliyatlarini maqsadli tashkil qiladi. Nazariy ma’lumotlarning real 
jarayonlarga qay darajada to‘g’ri kelishini isbotlash maqsadida o‘quvchilar 
hamkorlikda faol izlanishlar olib boradilar, muammo yechimining turli 



variantlarini ishlab chiqadilar va eng maqbul usul va vositalarni tanlaydilar, 
natijalarni amaliy tadbiq qilishni o‘rganadilar. 
Keyslarda keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilish davomida o‘quvchilar birgalikda 
faol izlanadilar, vaziyatning yechimini qidiradilar, masalani hal qilishning turli 
variantlarini ilgari suradilar, tahlil qiladilar va eng maqbul variantlarini ilgari 
suradilar, tahlil qiladilar. Ularda shaxsiy tanqidiy munosabatlar tarkib topadi
mulohazalari asosliligini isbotlash uchun muayyan izlanishlar olib boradilar, bir 
qator ilmiy konsepsiyalar orasidan eng maqbulini tanlaydilar, qo‘lga kiritilgan 
natijalarni taqqoslaydilar, fikrlarni umumlashtirib, aniq xulosalarga kelinadi va 
faoliyat samarasini ta’minlashga xizmat qiladigan qarorlarni taxmin qilinadi va 
imkoniyat darajasida amalda qo‘llab ko‘riladi. 
Bu jarayonda o‘quvchi bo‘lg’usi mutaxassis sifatida jarayoni keng tahlil 
qiladi, o‘quv axborotida keltirilgan ma’lumotlarga nisbatan ma’lum nuqtai-nazarni 
shakllantiradi, aniq dalilar asosida bahs-munozara yuritadi, dalillarning asosli yoki 
asosli emasligini haqida o‘ylab ko‘radi, o‘z faoliyatini iodiy tashkil qilishni 
o‘rganadi. Axborotlarni chuqur va keng qamrovli tahli qilish asosida o‘quvchining 
ilmiy tafakkuri rivojlanadi, mantiqiy izchilikda fikr yuritishni qobiliyatlari 
rivojlantiriladi. 
Birinchi o‘rinda o‘quvchi muammo texnologiyasi, uning boshqa ta’lim 
texnologiyalaridan farqi, ta’limiy vazifalari, o‘quv didaktik masalalarini hal 
qilishdagi hamda bo‘lg’usi mutaxassisning kasbiy yuksalishidagi o‘rni kabi 
savollarga javob topishi kerak. 

Mamlakatimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, Prezidentimiz 
tomonidan ko‘rsatilayotgan g’amxo‘rlik, yoshlar bilim olishlari uchun yaratilgan 
sharoitlar maqtasa arzigulikdir. Aynan bu jarayonda dars sifatini, yoshlar bilimini 
oshirish, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash, har qanday muammoning 
yechimini izlab topa oladigan avlodni tarbiyalash ta’lim oldida turgan asosiy 



vazifalardan 
biridir. 
Aynan 
shu 
maqsadlarni 
bajarishda 
keys-stadi 
texnologiyasining ahamiyati, o‘rni kattadir. 
Keys-stadi texnologiyasi dars jarayonini, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga 
yangicha ruh bag’ishlovchi ta’lim texnologiyalardandir. O‘quv jarayonida 
qo‘llaniluvchi barcha texnologiyalar kabi keys –stadi texnologiyasi ham o‘ziga xos 
ta’limiy imkoniyatlariga ega. Shuningdek keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda 
o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya 
ishining II bobida yuqorida muhim vazifalar keng ochib berilgan. 
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish 
ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda yuqorida 
keltirilgan o‘n birta bosqich asosiy o‘rini egalaydi.
Asosan 
texnologiyani 
tashkil 
qilishda 
vaziyatlarni 
to‘g’ri 
qo‘yish, 
muammoning sabab –oqibatlarini to‘liq ochib berish lozim. Keysni to‘g’ri tanlay 
olish, talabalarning qiziqishi va ularning tayyorgarligini e’tiborga olish, vaziyatni 
tahlil qilish usullari bilan tanishtirish muhimdir. 
II-bobning birinchi rejasida texnologiyani tashkil qilishda “Aqliy xujum”, 
“Munozara” metodlarining ahamiyati zarurligi ochib berilgan. Shuningdek 
vaziyatni tahlil qilish turlari, bosqichlari, tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish 
zarurligi va talabalarga eslatlarmalar keltirib o‘tilgan. 
II-bobning, ikkinchi rejasida texnologiyani qo‘llashda o‘qituvchining 
ahamiyati, jarayonni tashkil qilishda uning vazifalari, talabalarni bahollash 
jarayoni haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda o‘qituvchi vazifasi uning jarayoni 
odilona to‘g’ri boshqara bilishi bilan baholanadi. Ya’ni o‘qituvchi jarayoni tashkil 
qilishi, mavzuga xos va mos vaziyatni tuza olishi va talabalar faoliyati boshqara 
olishi lozim. 
Keys-stadi texnologiyasida bahollash jarayonida barcha baholash 
tizimlaridan foydalanish mumkin. Bahollash jarayoniga talabalarning jamoa bilan 



birlasha olishi, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, vaziyatga mos yechimlarni 
topishlari alohida e’tiborga olinadi. 


Download 0.6 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish