• Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi
  • Bajarilgan ishning asosiy natijalari
  • Bitiruv malakaviy ishi




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/19
    Sana27.05.2022
    Hajmi0.6 Mb.
    #22092
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash
    informatika 1, akrom61 k t (0) 2, 8-matka, The Forsyte Saga, Презентация Microsoft PowerPoint, 22-Test shaklidagi topshiriqlar tarkibi, prezentatsiya, Pedagogika psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi 4 kurs PP, 3-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 5-Ma’ruza Mavzu Ochiq kalit infratuzilmasi Reja-fayllar.org, O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara, O‘RQ-109 14.09.2007 qimor o\'yinlari, 19-maktab CHQBT xonasi
    Tadqiqot predmet Mehnat ta’lim fanlarni o’qitish jarayoni, shakllari, metodlari 
    va vositalari hisoblanadi. 
    Tadqiqot uslubiyoti va uslublari: Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat,
    ilmiy-uslubiy manbalar bilan ishlash, eksperiment, ilg’or pedagoglar ish 
    tajribalarini tahlil qilishdan iborat. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Mehnat ta’lim 
    fanlarni o’qitish jarayoni faoliyatga keys-stadi texnologiyasini zamon talablari 
    darajasida amalga oshirilsa, yetuk mutaxassislar yetishib chiqadi. Shuningdek 
    Mehnat ta’lim fanlarni o’qitish jarayonida keys-stadi texnologiyasini pedagogik 
    jarayonga tadbiq qilinishi bo’yicha metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligini 
    ko’rsatish mumkin. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Tadqiqot ishi bo’yicha 
    olingan ilmiy natijalardan o’rta maxsus ta’lim jarayonini tashkil qilishda, 
    shuningdek, bitiruv malakaviy dissertasiyasini tayyorlashda foydalanish mumkin. 
    Ish tuzilishi va tarkibi: Kirish, III bob, 6 fasl, har bir bobga xulosa, umumiy 
    xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.
    Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Mavzuga оid 2 ta ilmiy maqоla chоp 
    etilgan.



    Xulosa va takliflarning qisqa umumlashtirilgan ifodasi: Mehnat ta’lim fanlarni 
    o’qitishda keys-stadi texnologiyasini qo’llash orqali dars samaradorligini oshirish 
    mumkin.
     
    Kirish
    “Eng yangi zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlaydigan ta’lim
    muassalarida eskidan qolgan o‘qitish usullarining davom etishiga mutlaqo 
    yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” I.A. Karimov.  
    Мavzuning 
    dolzarbligi. 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    “Ta’lim 
    to‘g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni 
    tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari 
    ko‘rsatilib berildi. “Unda uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs 
    shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun 
    zarur shart-sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim 
    berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy 
    majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” 
    ta’lim mazmuning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi. [1,20 b] 
    “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. 
    O‘sib kelayotgan yosh avlodni barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon 
    bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono 
    tajribasi yuksak darajada anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi ”. [7, 78 b] 
    Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish 
    uchun ta’limning yangi-yangi modellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari 
    yetakchi mutaxassis-olimlar tomonidan ilmiy-amaliy tarzda isbotlab berilmoqda. 
    Ushbu 
    ilmiy- 
    amaliy isbotlash, o‘quv jarayonlarini yuksak darajada 



    texnologiyalashtirishtirish bilan chambarchas bog’langandir. Fikrimizning dalili 
    sifatida muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagogik 
    kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday 
    kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar 
    to‘g’risida”gi Qarorini keltirishimiz mumkin.[2, 34 b] 
    Ushbu Qarorda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta 
    maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi zudlik bilan 
    ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalarni, hamkorlikda o‘qitish, 
    shuningdek, “amaliy o‘yin”lar, interfaol ta’lim uslublari, axborot-kommunikasiya 
    texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va mul’timedia taqdimotlaridan 
    foydalanish borasida chet-el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib 
    chiqishligi ko‘rsatilgan. [34,36 b] 
    Bizga yaxshi ma’lumki, Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga 
    ko‘ra kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarlar uchun yuqori malakali oliy 
    ma’lumotli o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xos “o‘zbek modeli”- 
    yaxshi tizim ko‘rinishida amalga oshirib kelinmoqda. Qarorda ta’kidlanishicha bu 
    borada hali bajarilishi, o‘rganilishi, ta’lim jarayoniga tadbiq qilinishi zarur bo‘lgan 
    ishlarimiz anchagina. 
    Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat sohasida, tibbiyotda va boshqa xalq 
    xo‘jaligi sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, shuningdek, 
    ijtimoiy-gumanitar tizimlar sohasiga ham, zamonaviy yangi-innovatsion 
    texnologiyalarini ta’lim-tarbiya sohasiga ham joriy etishni hayotning o‘zi talab 
    etmoqda. 
    Hozirgi kunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy-nazariy 
    asoslarini o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish zaruriyati 
    shuning uchun dolzarb masalalardan biriga aylanmoqdaki, amaldaki an’anaviy 
    o‘qitish tizimi o‘z faolligini ancha yo‘qotdi, ya’ni quruq og’zaki so‘zlar
    yordamida o‘qitish samara bermayapti. 



    Buning o‘rniga esa “Axborotli-amaliy o‘qitish” tizimi ta’lim tarbiya jarayoniga 
    ko‘proq samara berishligi Prezident Qarorlarida ham ko‘rsatib o‘tilgan. 
    Мehnat ta’limi texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi 
    faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning 
    aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.[34,4 b] 
    Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga 
    joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning 
    ehtiyojiga aylanadi.
    Darhaqiqat, 
    zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoning 
    unumdorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fiklarash jarayonini shakllantiradi, 
    o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishlarni oshiradi, bilimlarni mustahkam 
    o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini 
    rivojlantiradi.
    Shu sabab ham bugungi kunda ta’lim tizimizda innovatsion pedagogik 
    texnologiyalar faol qo‘llanilib kelinmoqda, ayni vaqtda bu o‘quv jarayoning 
    yangicha ruhda shakllanishiga imkoniyat yaratmoqda. O‘quv jarayonlarini 
    kuzatadigan bo‘lsak har bir dars jarayoni o‘z navbatida ma’lum bir 
    texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va 
    talaba faolliyatini yanada jadallashtirmoqda va mustaqil faoliyatga undamoqda.
    Aynan bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliy vaziyatlarni hal qilishda keys-
    stadi texnologiyasi ham muhim ahamiyatga egadir. Keys-stadi texnologiyasi 
    muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi. 
    Keys-stadi texnologiyasi asosan iqtisod fanlarini o‘qitishda qo‘llanilgan. So‘ngra 
    bu texnologiya boshqa fanlarni o‘qitishda ham foydalanilgan. Keys-stadi 
    texnologiyasi asosan amaliy darslarni o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni 
    shaxsiy va kasbiy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlaydi, 
    bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi. 




    Download 0.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish