Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana27.05.2022
Hajmi0.6 Mb.
#22092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash
informatika 1, akrom61 k t (0) 2, 8-matka, The Forsyte Saga, Презентация Microsoft PowerPoint, 22-Test shaklidagi topshiriqlar tarkibi, prezentatsiya, Pedagogika psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi 4 kurs PP, 3-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 5-Ma’ruza Mavzu Ochiq kalit infratuzilmasi Reja-fayllar.org, O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara, O‘RQ-109 14.09.2007 qimor o\'yinlari
2.Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari. 
Keys-stadi muammoli o‘qitish texnologiyalaridan hisoblanadi. Ushbu 
innovasion texnologiya asosini talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq 
vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi.[27, 24b.] Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat 
bilan bo‘g‘liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan 
bo‘g‘liqligi ta’minlanadi. O’quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama 
o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg‘ulotlarda eshitgan 
bilimlarini 
mustaqil 
o‘rganish davomida to‘plagan ma’lumotlar bilan 
taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalarga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni 
hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlash davomida 
qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar, statistik ma’lumotlarni 
o‘rganadilar. Natijada talabalarning bilimlari amaliy jarayon bilan bog‘likda 



mustahkamlanib boriladi. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutq 
mahorati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi. 
Masalaning muammolilik jihatlari aniqlashtiriladi, maqsad va vazifalari, 
tadqiqot yo‘nalishlari belgilaniladi. O’quvchilar muammoli vaziyatlarni hal 
qilishning turli variyatlarini ilgari suradilar, mulohaza yuritadilar, eng ma’qul 
hisoblangan g‘oyalarni muhokamaga qo‘yadilar, qarorlarni qabul qiladilar 
O‘quvchilar kelgusi mehnat faoliyatini aniq rejalashtirilishini o‘rganadilar, 
favqulotda holatlar sodir bo‘lsa, eng to‘g‘ri yechim va qarorlarni qabul qilishga, 
ta’lim jarayonida to‘plangan nazariy ma’lumotlarni rivojlantirgan holda amaliyotga 
ijodiy tadbiq qilishga tayyor bo‘ladilar. 
Keys-stadi texnologiyasi talabaning kelajakda yetuk mutaxassis sifatida 
shakllanishida ijtimoiy- psixologik ahamiyati katta. Chunki kasbiy faoliyat bilan 
bog‘liq turli amaliyotlarini, lavozimiy majburiyatlarini bajaruvchi shaxs o‘rniga 
qo‘yib ko‘radi, voqea-hodisalarni o‘rganadi, qanday xulosa yoki qaror qabul qilish 
mumkinligini va bunda mehnat jamoasi bilan ijodiy hamkorlikni qanday yo‘lga 
qo‘yish ma’qulligini o‘ylab ko‘radi, yakuniy natijalarni oldindan ko‘ra bilish, 
muammolarni oldini olish, ularni hal qilish davomida turli ruhiy zo‘riqish 
holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, kasbiy sohada hamkorlik, hamfirlilik, 
faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish lozimligini, na moddiy va na 
ma’naviy, ruhiy isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini bilib oladilar.
Ushbu texnologiyaning yana bir afzaligi shundaki, o‘quvchilarda kasbiy axloq 
me’yorlari haqida tushunchalar shakllanadi va rivojlanadi. Olar o‘zlarini bo‘lg‘usi 
kasbiy faoliyati qay darajada tayyor ekanliklarini sinab ko‘radilar. 
Ular o‘z qobiliyatlarini aniq baholagan holda rivojlanish imkoniyatlari 
to‘g‘risida o‘ylab ko‘radilar. 
Keys-stadi texnologiyasi ham barcha texnologiyalar kabi tur va manbalarga 
o‘z ichiga oladi. Bular orqali keys-stadi texnologiyasi haqida talabalar to‘liq 
ma’lumotlar oladilar va o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash imkoniyatlariga ega 
bo‘ladilar. 



Keyslarni guruhlashtirishda, ularining mazmun mohiyatiga e’tibor beriladi, 
ularni guruhlashtirishda asosan maqsad vazifalar inobatga olinadi. Shuning uchun 
ham keyslarni guruhlashtirish bir muncha qiyin kechadi. 
Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin 
- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi; 
- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi; 
- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar; 
Shuningdek ko‘pgina adabiyotlarda keyslarni quyidagi turlarga ajratadilar: 
1) Kalit keyslar(Key cases); 
2) Notanish keyslar(Outlier cases); 
3) Tanish keyslar(Local knowledge cases). 
Keyslarni turlarga ajratishda N. Fedyaninm, V.Davidenkolarning ham o‘z 
nazariyalari mavjud. 
- tizimlashtirilgan (highly structured) keysda kichik hajmdagi qo‘chimcha 
axborotlar beriladi, bunda мuammoni vaziyatni yechayotgan talabalar oldindan 
tuzilgan rejalar asosida vaziyat yechimini izlashlari lozim. Bu turdagi keyslar 
yuqori darajadagi vaziyat yechimini talab qiladi. 
- kichik tasvirlar (short vignetts) keysida muammoli vaziyat hajmi bitta 
matndan, bir yoki ikkita ilovadan iborat bo‘lib, talabalar faqat yechimga xos 
tushunchalar bilan tanishtiriladi, tahlil davomida talaba bilim zahirasi kengligi 
alohida o‘ringa egadir. 
- katta hajmdagi tizimlashmagan keyslar (long unstructured cases ) hajmi 
chegaralanmagandir. Shuningdek ta’lim jarayoning barcha turlarida foydalanish 
mumkin, ma’lumotlar aniq va to‘liq hajmda talabalarga taqdim qilinadi. 
- boshlang‘inch keyslar (ground breaking cases) qo‘llashdan maqsad talabalarni 
oldin o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdir va mavjud bilimlarni 
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu jarayonda talaba va 
o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar talab qilinadi. [21,10b] 



Keyslar qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, ular o‘rtasida keysning subkeyti va 
obyekti bo‘ladi. Subyekt izlanishning nazariy qarashi ko‘rsatilgan amaliy, tarixiy 
birligi hisoblanadi. Obyekti esa o‘sha nazariy qarashning analitik suyagidir. 
Keys tadqiqotchilari keyslarni ikki qismga ajaratadilar, ya’ni muammoli 
vaziyat va yechim. Muammoli vaziyat keysning dastlabki holatidir, bunda tegishli 
umumiy axborotlar kiritiladi. [21,12b] 
Muammoli vaziyatning yechimini izlashda talabalarni axborotlarni topishga 
yo‘naltitish lozim.
Bunday yondashish keys jarayonini rivojlantiradi va jarayonga 
nisbatan talabalarni faolligini taminlaydi. 
O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan keyslarning hajmi bir-ikki varaq yoki undan 
ortiq bo‘lishi mumkin. Shuningdek hajm jihatdan katta keyslar,
kichik hajmdagi 
keyslarga qaraganda talabalarda ba’zibir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday 
holatlarda muammoli vaziyatni bosqichlarga bo‘lib o‘rganish tavsiya qilinadi. 
Keyslardagi muammolar bir yoki bir necha qismlarga bo‘g‘lanib ketishi jarayoning 
uzluksiz davom qilinishini ta’minlaydi. 
Keyslarni taqdim qilishda qo‘lyozmadan yoki elektron variyatdagi matnlardan 
foydalanish mumkin. Matndagi su’ratlar, diaograma chizmalar, jadvallar talabalar 
uchun ko‘rgazmali qurol bo‘lib hizmat qiladi. 
Elektron axborotlar orqali tasvirlangan keyslarni tahlil qilish talabalarga 
engilik tug‘diradi. Keyingi davrlarda keyslardan foydalanishda multimediyalar 
ommalashib ketmoqda. 
Syujet mazmuniga qarab keyslar syujetli (manbalarni ifodalovchi, mazmunli) 
syujetsiz turlarga ajratiladi. Syujetli keyslar asosan o‘tgan voqealar haqida hikoya 
qiladi, syujetsiz keyslar qoidagi asosan mazmunni yashiradi. Chunki mazmuni 
to‘liq ifodalangan keyslar talabani kengroq fikrlashiga halaqit beradi. Keysdagi 
muammoli vaziyatlarni tuzishda vaqt tushunchasini ahamiyat berish lozim. 
Shuningdek muammolar tabbiy holda aks etilgan, sabab-oqibatlari ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak. 



Keyslarni 
tahlil 
qilishda 
talabalarda 
bashorat 
qilish 
ko‘nikmasini 
shakllantirish ham muhim ahamiyat ega. Bashorat qilish muammoli vaziyatda aks 
etgan hodisalarni yechimini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatadi va qahromonlarning 
kelgusidagi xati-harakatlariga nisbatan ijobiy yechimlarni topishga yordam beradi. 
Muammoli vaziyat mazmunida ma’lum bir shaxslarning, tashkilotlarning 
faoliyat jarayoni aks etadi. Shunga qarab vaziyatning sub’ektlari quyidagi turlarga 
ajratiladi. 
1. Shaxslarning faoliyat jarayoni aks etgan keyslarda, ma’lum bir shaxsni 
xarakatlari ifodalanadi, ular menejer, fan arbobi, rahbar, pedagog, talaba yoki 
boshqa kasb vakillari bo‘lishi mumkin. 
2. Tashkiliy-institutsional keyslarda tashkilotlar, ta’lim muassalari, ularning 
bo‘limlari ifodalaniladi.
3. Sub’ektlari ko‘p keyslar, o‘zida turli ob’ektlarni jamlaydi. 
Keysning hajmi, uning o‘tkazish vaqtini belgilab beradi. Hajmi jihatdan kichik 
keyslar bir betdan, bir necha betgacha ifodalanib, u ikki soatlik amaliy 
mashg‘ulotlarni bir qismini ajratishga mo‘ljalangan bo‘ladi. O‘rtacha hajmdagi 
keyslar ikki soatlik mashg‘ulotlarga mo‘ljalangandir. Hajmi katta keyslar o‘n 
betdan iborat bo‘lib, undan bir qancha amaliy mashg‘ulotlar davomida foydalanish 
mumkin. Shuningdek keyslar ilovali keyslar hamda ilovasiz bo‘lishi mumkin. 
Ilovali keyslar maqsadi: statistik axborotlarni hisoblash, tahlil qilish, malakalarni 
shakllantirishdir. Shuningdek keyslarning tarkibida muammoli vaziyat yechimini 
topishga yo‘naltiruvchi savollar ham mavjud bo‘ladi, bu orqali talabalar vaziyat 
yechimi sari yo‘naltiriladi.
Tajribalarni ko‘rsatishicha keys-stadi texnologiyasi o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlarni amalga oshirishi va samarali texnologiyaga aylanishi uchun uning 
tarkibiy tuzilishida ilmiy-uslubiy ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Shundagina keys-
stadi texnologiyasi samarali o‘quv texnologiyasiga aylana oladi.
Ma’lum bir jarayoni tashkil qilishda biz bevosita shu jarayonga tegishli
manbalarni izlab topishga va faoliyatimizda qo‘llashga harakat qilamiz. Keys-stadi 



texnologiyasidan, o‘quv jarayonida foydalanishda biz turli-xil manbalarga 
murojaat qilamiz, aynan muammoli vaziyatlarni tashkil qilishda, ko‘pgina 
manbalardan foydalanamiz. Keys-stadi texnologiyasi orqali dars o‘tishda, 
o‘qituvchining tajribasi, ilmiy–uslubiy faoliyatining o‘rni kattadir. 
Barcha texnologiyalar kabi keys-stadi texnologiyasi o‘z manbalariga ega. 
Ba’zi fikrlarga ko‘ra keysning asosiy manbasi hayotiy vaziyatlar hisoblanadi. 
Hayotiy hodisalar baxslarga sabab bo‘ladi, muammoni yechish jarayonini 
jadallashtiradi. Ijtimoiy hayotning barcha ko‘rinishlari keysning faktologik va 
muammoviy bazasi bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek keys tarkibining asosini 
tashkil qiladi. 
Keyslarning yana bir muhim manbasi ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Uning 
yordamida keys texnologiyasining maqsadi, vazifasilari, ta’lim tizimida tutgan 
o‘rni belgilanadi. 
Keysning uchinchi manbasi - bu fandir. U o‘zida keys-stadi 
texnologiyasining ikkita metodologiyasini ifodalaydi va boshqa uslublar qatorida 
keys uslubini tahliliy sur’atini belgilaydi. 
Amaliy jarayonlarda keys –stadi texnologiyasi qo‘llashda yuqorida keltirib 
o‘tilgan manbalardan bittasi asosiy o‘rini egalaydi. Bitta vaziyatda uchta manbadan 
foydalanilsa ham bittasi baribir asosiy o‘ringa chiqib oladi. Bu holatda keysning 
asosiy manbalaridan foydalanilishida, ularning ahamiyatini esdan chiqarmaslik 
kerak. 
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda keys-stadi texnologiyasi quyidagi 
turlarga ajratiladi: Amaliy keyslar (real xayotiy vaziyatlarni aks ettiruvchi); ta’lim 
–tarbiyaga yo‘naltiruvchi keyslar (asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya berish 
hisoblanadi); ilmiy-izlanish keyslari (ilmiy izlanishlarni amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan). [21,14b] 
Amaliy keysni asosiy maqsadi: hayotiy muammoli vaziyatlarni to‘liq, 
izchillikda, navbatma-navbat ifodalashdir. Bu kabi keyslar eng yuqori darajada 
tuzilgan va ko‘rgazmali vositalaga boy bo‘lishi kerak. Amaliy keysning asosiy 



vazifasi hayotni bilishga, shaxs hayotida uchraydigan muammolarga nisbatan 
oldindan yechim topishga o‘rgatishdir. Amaliy keys vaziyatning asosiy 
harakatlantiruvchi modelidir. Ushbu keysning ta’lim sohasidagi vazifalari 
quyidagilardan iborat: bilimlarni mustahkamlash, vaziyatlarning yechimlarni ishlab 
chiqish va boshqalar
Ta’lim-tarbiya beruvchi keyslar: Har bir keys ta’lim-tarbiya beruvchi 
vazifasiga egadir. Ta’lim-tarbiya beruvchi keyslar quyidagi asosiy vazifalarni 
ifodalaydi. 
Birinchidan, bunday keyslar ta’lim-tarbiya jarayonidagi turli-xil muammolarni 
o‘zida jamlaydi, ya’ni ya’ni mutaxassislarning o‘z faoliyatida duch kelgan 
muammolar aks etadi; 
Ikkinchidan, ta’lim-tarbiya beruvchi keyslarda birinchi o‘rinda o‘quv jarayoni 
turadi. Bu kabi keyslardagi vaziyatlar o‘quv jarayonlarda yuzaga keladigan 
muammolar, munosabatlar asosida tuziladi. Vaziyatlarni tuzishda aynan shu
muammo emas, balki ularga o‘xshash maketlaridan foydalaniladi. 
Ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanuvchanlik keyslar: asosiy mazmuni, ilmiy tadqiqot, 
ilmiy izlanuvchanlik ishlarida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilayotgan vaziyatlar 
asosida yangi ilmiy-ijodiy g‘oyalarni ishlab chiqish keys oldida turgan asosiy 
maqsadlardan biridir. Bu turdagi keyslarni barcha o‘quv guruhlarida qo‘llab 
bo‘lmaydi va ular ilmiy-tadqiqot tamoyili moduli asosida tizimlashtiriladi. Shuning 
uchun ham bu kabi keyslarni o‘quv uslubi sifatida emas, oliy va kasbiy ta’lim 
mutaxassislarini ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish jarayonida qo‘llash 
to‘g‘ri keladi. [21,15 b] 
Keysning yuqorida belgilab o‘tilgan manbalari boshlang‘ich yoki 
fundamental manbalar hisoblanadi. Keyslarni shakllantirishda ikkinchi darajali 
manbalar ham mavjuddir. [21,17 b] 
Keys-stadi texnologiyasida muammoli vaziyatlarni yaratishda qo‘shimcha 
manbalar bu adabiyotlardir, ya’ni barcha keyslarning zahiraviy manbasi u 
foydalangan adabiyotlari hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 



1. Badiiy, ommaviy (publistik) adabiyotlar. Turli hil muammoli vaziyatlarni 
ifodalashda, ijtimoiy-gummanitar fanlarga tegishli ma’lumotlarni keltirish, 
ommaviy (publistik) adabiyotlardan foydalanish, jarayoni ma’lum darajada 
dolzarblashtiradi va keyslarga nisbatan qiziqishni talabalarda kuchaytiradi. Badiiy
adabiyotlardan foydalanishning o‘ziga xosliklaridan biri bu muallifning iqtidori va 
asarlarining go‘zalligi yordamida keyslarni yanada mazmundor bo‘lishi 
ta’minlashdir. Publistik maqola xos aniqlik keysni tizimlashtirishda yordam 
beradi. Badiiy, ommaviy (publistik) adabiyotlardan foydalanish keys tarkibini 
estetik jihatdan bezaydi, talaba faoliyati ijtimoriy hayot bilan bog‘laydi va 
ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantiradi. 
2. Hayotiy voqealarni keyslarda shakllantirish tahlil qilish jarayoning qiziqarli 
bo‘lib o‘tishiga olib keladi. P. Sherement va G. Kanishenkolarning ta’kidlashicha 
turli kompaniyalar faoliyati to‘g‘risida tuzilgan keyslar talabalarda katta qiziqish 
uyg‘otadi. Agarda talabalar ichida o‘qishni tamomlagandan keyin ma’lum 
korxona, tashkilotlarda ishlashni rejalashtirgan talabalar bo‘lsa, o‘sha kompaniya, 
tashkilotlar faoliyati haqida keys tuzish maqsadga muvofiqdir. Yoki masalan 
“SAMSUNG” firmasi faoliyati to‘g‘risida tuzilgan keys o‘z uyida ushbu 
kompaniyada ishlab chiqarilgan maxsulot (texnika) mavjud bo‘lgan talabalarning 
qiziqishiga sabab bo‘ladi. [21,18b] Yana bir misol, mamlakatimizda futbolni 
rivojlantirish haqida tuzilgan keys futbolga qiziquvchilar orasida iliq kutib olinadi. 
Agarda keyslar talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqmagan holda tuzilsa uning 
mazmuni tushunarsiz bo‘ladi, talabani fikrlashga undamaydi. Ushbu misollardan 
ko‘rinib turibdiki keyslarda real voqealik aks etsagina talabalar ongiga tez va oson 
yetib boradi. 
Bir so‘z bilan aytganda keysdagi vaziyatlar mavjud holatlar asosida tuziladi, 
ya’ni keysdagi holatlar imkon qadar atrofda sodir bo‘layotgan muammolar asosida 
vujudga keladi. Qanchalik kundalik turmushdan uzoqlashilsa keys samaradorligi 
shuncha kamayadi. Real voqealik va kundalik turmushdagi vaziyatlarni o‘z ichiga 
olgan, ya’ni asos qilib olgan keyslardan foydalanish o‘qituvchiga ham engilik 



tug‘diradi. Shuningdek bunday keyslarda vaziyatda ko‘rsatilgan kompaniya, 
tashkilot, ta’lim muasasalari, ijodiyot markazlari a’zolari yoki keys qahramonlari
bevosita ishtirok qilishi mumkin. 
3. Keysni ilmiylik va ko‘rgazmali vositalar bezaydi. Keysni tuzishda uning
har bir qismiga e’tibor berish kerak. Keysning tarkibida ko‘rgazmali vositalar, 
ilovalar, statistik ma’lumotlar kabi manbalarning aks etishi uning mukammaligini 
belgilab beradi. 
4. Keysni tuzishda ilmiy manbalar, ilmiy maqolalar, ilmiy risollar foydalanish 
lozim, bu o‘z-o‘zidan keysda ilmiy manbalarning bo‘lishini talab qiladi. Keyslarni 
ishlab chiqish davomida ilmiy adabiyotlardan foydalanish unga katta talabchanlik 
va aniqlikni kiritadi, keysning ilmiyligini belgilab beradi. 
5. Keyslar uchun to‘ldiruvchi manba sifatida internet va uning resuslari 
kiritilgan. Internet o‘zining keng doiradaligi, o‘zgaruvchanligiva tezkorligi bilan 
farq qiladi. Shuning uchun ham keys tarkibida internet asosiy o‘rida turadi.

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish