Bitiruv malakaviy ishi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana27.05.2022
Hajmi0.6 Mb.
#22092
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash
informatika 1, akrom61 k t (0) 2, 8-matka, The Forsyte Saga, Презентация Microsoft PowerPoint, 22-Test shaklidagi topshiriqlar tarkibi, prezentatsiya, Pedagogika psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi 4 kurs PP, 3-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 5-Ma’ruza Mavzu Ochiq kalit infratuzilmasi Reja-fayllar.org, O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara, O‘RQ-109 14.09.2007 qimor o\'yinlari
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II BOB. Keys-stadi texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlari
1. Keys-stadi texnologiyasining o’quv didaktik vazifalari 
Keys-stadi texnologiyasi nazariy bilimlarni amaliy vazifalarda hal qilishga 
yo‘naltirilgan tizimdir. Bu texnologiya talabalarni mustaqil fiklash, tinglay bilish 



ko‘nikmasi va fikriga mos nuqtai nazarlarni hisobga olish hamda o‘z fikrini aniq 
manbalarga asoslagan holda ifodalab bilishga o‘rgatadi. Bu uslub asosida talabalar 
bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, 
ko‘rsatmalar asosida ishlashga, qo‘yilgan masalani hal qilishda foydali jihatlarini 
topishga o‘rganadilar. [27,24b] 
Keys –stadi texnologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Muayyan fanlar yuzasidan bilimlarni egallash davomida muammoli 
vaziyatning yechimi bir javobga ega emasligi bilan ajralib turadi. Muammoning 
yechimini topishda bir qator muqobil variantlarni topishni talab qilinadi. 
Bunda o‘quv jarayonining vazifasi ma’lum bo‘lib qolgan an’anaviy tizimdan 
chetga chiqish va bitta aniq qarorni qabul qilmasdan mantiqiy fikrlagan holda 
turli-xil javoblar variatini topish bilan ifodalanadi. 
2. Ta’limning maqsadi tayyor bilimlarni egallashga emas, balki mustaqil 
o‘rganishga, talaba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
3. Keys -stadi texnologiyasi orqali nafaqat bilim olinadi, balki kasbiy 
ko‘nikma va malakalar ham egalaniladi. 
4. Ushbu jarayonda hayotda sodir bo‘ladigna voqealar asosida modul ishlab 
chiqiladi. Muammoni hal qilish davomida o‘qituvchi yordamchi, yo‘naltiruvchi 
vazifasini bajaradi. 
5. Texnologiyasining mohiyati nafaqat bilim egallash, balki amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarni o‘rganish, olingan 
bilimlarni tadbiq qilishdan iboratdir. 
6. Keys- stadi texnologiyasida an’anaviy ta’limdagi kamchiliklar bartaraf 
qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars jarayonini 
xuddi teatr tomashasini eslatadi.
Keys-stadi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga 
bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni 
ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan 



birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy 
izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi. 
Har bir o‘quv jarayonida qo‘laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi
zarur. 
- ijro qilishda maqsadning aniqligi; 
- vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi; 
- vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash; 
- bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi; 
- tipik vaziyatlarni tasvirlash; 
- analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish; 
- munozarani tashkil qilish; 
- bir qancha yechimlarning mavjudligi; 
Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib 
chiqib o‘z varianlarini yaratishida, o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlarni, amaliy, 
ijodiy, munozarali faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi.
Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos texnologik xususiyatlari mavjud 
bo‘lib ular orqali texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi. 
Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning mavjudligi moduli, ularda aks etgan holat 
ma’lum bir vaqt jarayonida ifodalanishi; 
2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi; 
3. Muammo yechimida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lib, aniq qa’tiy yechimini 
mavjud emasligi; 
4. Bilim faoliyatini baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi; 
5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi; 
Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o‘zida jamlaydi. 
1. Uslub izlanuvchanlik, analitik tehnologiyalarga ega bo‘lib, jaroyon ichida 
izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi. 



2. Keys –stadi ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi 
guruhda axborotlarning almashuvini amalga oshiradi. 
3. Keys-stadi texnologiyasining mazmuni guruhni o‘zora birlashtirish, 
bilimlarni ijodiy fikrlash orqali yuzaga chiqarish kabi vazifalarni amalga 
oshirishda namoyon bo‘ladi. 
4. Keys-stadi texnologiyasi o‘zida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini 
birlashtirib, yakka tartibda, guruh va jamoa rivojlanishlarini inobatga olib ta’lim 
oluvchilarni ilmiy –ijodiy, shahsiy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi. 
5. Keys-stadi uslubini qo‘llashda uni loyhalashtirish muhimdir, har qanday 
texnologiyani dars jarayonida qo‘llashdan oldin, uning texnologik xaritasi
tuziladi. Oldindan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari, 
bosqichlari ko‘rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda muhim 
bosqichdir, negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlarni to‘liq ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim jarayonini 
oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish 
orqali 
biz 
jarayoni 
oldindan 
bashorat 
qilish 
ko‘nikmasini 
o‘zimizda 
shakllantiramiz. 
6. Keys –stadi texnologiyasi o‘zida oldindan samarali faoliyatga erish 
yo‘llarini rejalashtiradi, ma’lum bir yutuqlarga ega bo‘lish jarayonini oldindan 
faraz qiladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish 
ham nazarda tutiladi. 
Keys-stadi texnologiyasi asosiy vazifasi talabalarni analitik faoliyat bilan 
yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga 
o‘rgatishdir. Keys-stadi talabalarning analitik va kommunikativ imkoniyatlarini 
faollashtiradi va rivojlantiradi. 
Keys-stadilarga 2 ta turli xil yondashuv mavjud: 
1.Analitik yondashuv: keys-stadi nima sodir bo‘lgan va nima sababdan sodir 
bo‘lgan degan savollarga javob topish uchun ham o‘rganiladi. Bunda 
muammolarni aniqlab, ularga yechim topish shart emas.



2. Muammoga qaratilgan uslub: keys-stadi mavjud bo‘lgan asosiy 
muammolarni aniqlash va ularga yechim taklif qilish uchun tahlil qilinadi. 
Keys –stadi muammoga nisbatan yechim talab qiladigan texnologiyadir. 
Keys- stadi yozishda birinchi esda tutish lozim bo‘lgan narsa bu unining 
muammoga ega bo‘lishidir. Keys- stadi texnologiyasini qo‘llashda yetarlicha 
ma’lumotlar keltirilish o‘rinlidir, bu uni o‘rganuvchilar uchun juda muhimdir. 
Ma’lumotlarning ko‘pligi vaziyatni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. 
Qiziqarli keys-stadi yozish detektiv hikoya yozishga o‘xshab ketadi, bu orqali 
talabalarni vaziyatga qiziqtirib, fikrlashga undash mumkin. [36, 35 b] 
Mukammal tuzilgan keys- stadi bu faqatgina tavsiflashdan iborat bo‘lmaydi.
Keys-stadi bilan tanishayotganda talaba o‘zini huddi keysning yozuvchisidek his 
qilib, sodir bo‘layotgan voqealarni o‘z boshidan o‘takazayotgandek harakat qilishi 
kerak. Shundagina keys samarali faoliyatga aylana oladi. Keys tavsifida hamma 
ma’lumotlar yig‘iladi, xulosalar qilinadi, o‘quvchilarga vaziyat bilan tanishtiriladi 
va o‘qituvchi bu jarayonda boshqaruvchi vazifasini boshqaradi. 
Keysni tuzayayotgan paytdagi qanday qilib talabalarni qiziqishini ortirish 
mumkin, u qanday yozilsa talaba o‘zini uning qahromonidek his qiladi, izlanadi va 
jarayonga bo‘lgan munosabati oshadi.
Keys yozishda uchta asosiy bosqich mavjud: ma’lumot yig‘ish, tahlil va 
yozish. Jarayon ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi, yakunlash bosqichiga yetib 
borganda ham yana orqaga qaytib ko‘proq ma’lumot yig‘iladi. 
Tadqiqot bosqichi: 
1. Kutubxona va internet ma’lumotlari. Mavzu borasida oldin yozilgan 
ma’lumotlarni toping va keysiningiz to‘grisidagi muhim maqolalarni o‘qing. Shu 
jarayonni amalga oshirsangiz, yechim talab qiladigan muammoning javobiga duch 
kelishingiz yoki siz shunaqa qiziqarli g‘oyalarni o‘zingizni keys tuzilmangizda 
qo‘llashingiz mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak, sizning keysingiz innovatsion 
pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlarida qo‘llash mavzusida bo‘lsa, siz shu 
mavzu asosida ma’lumotlar yig‘asiz, afzaliklari, kamchiliklarni tahlil qilasiz.



Birinchi navbatda dars jarayonlarini kuzatasiz, mavjud iqlimni o‘rganasiz, anketa, 
so‘rovnoma metodlaridan foydalanib talabalarning darsga bo‘lgam munosabatini 
tahlil qilasiz. Shundagina sizning keysingiz mavzusi bo‘yicha ma’lumotlarni 
yig‘iladi. Ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida shu soha vakillari bilan ham 
suhbatlar olib boriladi, ularning mulohazalarini ham keysda aks etadi, shuningdek 
siz tuzayotgan keys o‘zining aniqligi dolzarbligi bilan ajralib turishi kerak, 
shundagina uning o‘quvchisida keskin, bahslashishga sabab bo‘luvchi fikrlar 
paydo bo‘ladi.
2. Yana bir misol ta’lim sohasida doimo yuzaga keluvchi bir muammo 
mavjud. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, buni yo‘qotish 
yoki oldini olish har bir davrda ta’lim oldida turgan muammo bo‘lgan, bo‘lip 
keliyapti. Hamisha ikki savol tug‘iladi, yomon o‘qituvchilar bo‘ladimi yoki 
yomon o‘quvchilarmi? Bu kabi muammolarni yechishda o‘qituvchi faoliyatini
uning shaxsiy-kasbiy kasb malakalarini o‘rganishdan boshlash kerak, shuningdek
o‘quvchining shaxs sifatida shakllanish bosqichlarini tahlil qilish lozim. Bu 
holatlarning yakuni keysning mukammal tuzilmasiga olib boradi 
3. Keys vaziyatidagi holatlarga duch kelgan o‘qituvchi, o‘quvchilar bilan 
suhbat o‘tkazish.
Keysdagi vaziyat holatlaridan kelib chiqib, jarayoni o‘rganish maqsadida biror 
bir ta’lim muasasasi tanlab olinadi va shu yerdagi o‘qituvchi, o‘quvchi o‘rtasidagi 
pedagogik munosabatlar o‘rganiladi. O‘rganish uchun asosiy vosita sifatida 
so‘rovnomalardan foydalanish mumkin. So‘rovnomalar o‘qituvchi va 
o‘quvchilarga alohida tayyorlanadi. (1-ilova) 
So‘rovnomalarning javoblari keys uchun asosiy ma’lumot bazasi bo‘ladi, bu 
orqali o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining sabablarini tahlil qilish mumkin. 
[20, 40 b] 
Tahlil bosqichi.
1. Hamma ma’lumotlarni bitta joyga yig‘ish. Tahlilning bu bosqichida barcha 
ma’lumotlar yig‘iladi, ya’ni so‘rovnoma javoblari, mavzuga tegishli maqolalar, 



kitoblar va h.k Ularda keltirilgan ma’lumotlarning vaziyatga tegishlilari tanlab 
olinadi. Ma’lumotlar asosida keysdagi vaziyat tuziladi, uning talabalar uchun 
tushunarli, qiziqarli bo‘lishi undagi ma’lumotlarning aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. 
2. Materialni har hil odamlarga bo‘lib berish. Har bir talaba yoki guruh nima 
haqiqatdan ham muhimligini, nima bo‘layotganini va keysni o‘rganuvchi uni 
tushunish uchun nimalarni bilishlari shartligini aniqlab olishi kerak. Masalan, 
o‘qituvchi va o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni bitta jadvalga kirgizish mumkin.
3. Keys muammosining xulosasini shakllantirish. Bu jarayon amalga 
oshirishda, 
ko‘proq 
ma’lumot talab qilinadi. Muammoni shakllantirib 
bo‘lganingizdan so‘ng, siz talabalarni muammo tog‘risida fikrlashlarini, uni 
qismlarga bo‘lib o‘rganishlarini rejalashtirasiz. Har bir qism jumboqning bir 
bo‘lagi bo‘lib, ularni har biri muhokamani talab qiladi. 
Keys–stadi uslubi talabalarda quyidagi ko‘nikma, malakalarni rivojlantiradi: 
- muammoli ta’lim tamoyillaridan foydalanishni, vaziyatni yechish malakasini 
egallashni, muammoni yechich jarayonida guruh bilan hamkorlikda ishlashni, o‘z 
fikrini asoslab berishni;
- jamoada ishlash malakasini egallashni; 
- taqdimot tayyorlash malakasini egallashni; 
- jamiyatda sodir bo‘layotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklaridan 
xabardor bo‘lishni; 
Keysni tahlil qilishga o‘rgatishda talabalarga sabab va oqibat aks etgan 
tayyor keyslar umumiy tarzda beriladi. Bu orqali talabalar keys bilan ishlash 
ko‘nikmalarini egallaydilar. Talabalar tajribasida tahlil qilingan keyslarning 
ko‘payib borishi, yangi vaziyatlarni hal qilinishida katta yordam beradi [19,28b]. 
Kasb-hunar kollejlari ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyasidan foydalanish 
o‘quv jarayoni faollashtiradi, talabalarning bilim olish imkoniyatlari kengaytiradi.
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashdan oldin, texnolgiya metodik jihatdan 
tasdiqlangan bo‘lishi, ta’lim dasturiga nisbatan umumlashgan, o‘qituvchining ish 
rejasiga kiritilgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ish rejasida o‘quv fanlarining qaysi 



bo‘lim, mavzularida keys-stadi uslubidan foydalanishi ko‘rsatilib o‘tilishi kerak. 
Bu masalalarrni tahlil qilish metod birlashmalarning zimmasiga yuklanadi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish