Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilish jarayoni va o‘qituvchi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana27.05.2022
Hajmi0.6 Mb.
#22092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash
informatika 1, akrom61 k t (0) 2, 8-matka, The Forsyte Saga, Презентация Microsoft PowerPoint, 22-Test shaklidagi topshiriqlar tarkibi, prezentatsiya, Pedagogika psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi 4 kurs PP, 3-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 5-Ma’ruza Mavzu Ochiq kalit infratuzilmasi Reja-fayllar.org, O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara, O‘RQ-109 14.09.2007 qimor o\'yinlari
 
2. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilish jarayoni va o‘qituvchi
 
faoliyatining ahamiyati. 
Keys-stadi bu shaxslarni, guruhlarni, voqealarni qayta-qayta tahlil qilish, 
muhokama qilinayotgan muammoga bog‘liq holda rivojlantiruvchi omillarni 
ta’kidlab berishdir. Keys-stadi ko‘proq ijtimoiy fanlar tizimida ko‘proq 
qo‘llaniladi. Keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash 
hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga 
yo‘naltirilgan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan ma’lum bir vaziyatli tahlil 
etilishiga asoslanadgan ta’lim uslubidir. Keys-stadi tasvirlash va tushunitirish 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ikkinchi turi sabablarni o‘rganish orqali asos bo‘la 
oladigan prinsiplarni izlab topish uchun qo‘llaniladi.
Keys-stadi texnologiyasi talaba faoliyatini faollashtiruvchi, o‘quv jarayonini 
bahs-munozaralarga aylantiruvchi, bir so‘z bilan aytganda muammoli vaziyatlarga 
nisbatan yangi ijobiy yechimlarni tug‘ilishiga ko‘maklashuvchi ta’lim 
texnologiyasidir. Bu texnologiya uzoq davrlar davomida shakllanib, bugungi ta’lim 
tizimiga kirib keldi. Keys-stadi texnologiyasi ham boshqa ta’lim texnologiyalari 
kabi bugungi ta’lim tizimida o‘z o‘rniga egadir. Keys–stadi texnologiyasini 
qo‘llashda uni tashkil qilish bosqichlariga katta e’tibor qaratish lozim. Negaki har 
qanday nazariy jihatdan puxta qurilgan texnologiyani, amaliy faoliyatda to‘g‘ri 
tashkil qilinmasa u o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish 
ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda navbatdagi 
asosiy bosqichlarni ajratib berish maqsadga muvofiqdir. 
1. Keysning didaktik maqsadini shakllantirish. Bu bosqichning tarkibida 
o‘quv fani ish rejasiga keys-stadi metodini kiritish, shu fanning bo‘limlarini,



mavzularini aniqlash, texnologiyaga mos vaziyatlarni tashkil qilish, maqsad va 
vazifalarni shakllantirish kabilar kiradi. 
2. Muommali vaziyatlarni aniqlash. O‘quv amaliy soat mavzularidadan kelib 
chiqib vaziyatlarni tanlab olish. 
3. Keysning dastur xaritasini tuzish.(keys matn asosida ifodalanishi, yoki 
boshqa manbalarda aks etishi mumkin)Ya’ni tanlab olingan muammoli vaziyat 
asosida keysning qo‘llanish bosqichlarini texnologik xaritada aks etirish. 
4. Muammoli vaziyatga tegishli manbalarni izlash, dasturlashgan xaritaning 
qisqacha mazmuni keltirish. Bu jarayonda tuzilgan keysning kelib chiqish 
manbalari, o‘rganilgan adabiyotlari, uning turlari, o‘ziga xos xususiyatlari 
ko‘rsatilib o‘tiladi. 
5. Keys modulini tanlash yoki tuzish. Bu jarayonda keys uchun ma’lum bir 
modul tanlab olinadi va shu asosda uning tuzilmasi tuziladi. 
6. Keys turini tanlash. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib keysning 
qo‘llanish turi aniqlanadi va shu orqali amaliy faoliyatda tadbiq qilinadi. 
7. Keysda qo‘llaniladigan matnini yozish. Keys matni yozishda o‘rganilgan 
manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Matn qisqa yoki keng hajmda bo‘lishi 
mumkin. 
8. Keysning maqsadlarini to‘g‘riligini, ishlash samarasini eksperimentlar 
guruhi bilan birgalikda ko‘rib chiqish. O‘quv amaliy soatda qo‘llash mumkin 
bo‘lgan tayyor keysni oldindan sinovdan o‘tkazish va samaradorligini oldindan 
bashorat qilish. 
9. Keysni yakunlovchi xulosasini tayyorlash. Keysning yakuniy xulosasini 
tuzish, qo‘llanilgan vaziyatning ma‘qbul yechimlarini oldindan tuzib chiqish. 
10. Keys uchun zarur qo‘llanmalar tayyorlash, ularni o‘quv mashg‘ulotlarda 
qo‘llash va nashr qildirish. 
11. Keysdan foydalanish uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlash, talabalar uchun 
o‘quv vazifalarni oldindan ishlab chiqish, texnologiyani qo‘llash uchun qulay 
sharoit yaratish. 



Keys-stadi texnologiyasida qo‘llaniladigan muammoli vaziyatlar talabada 
qiziqish uyg‘otishi uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak. 
- qiziqarli, o‘quvchilar uchun aniq va oddiy tilda yozilishi; 
- ijobiy, namunaviy misollar bilan birgalikda salbiy ko‘rsatkichlarning ifodalanishi; 
- tanlangan talabalar kontigentini mavjud talabalar soniga mosligi, yechim uchun 
zarur bo‘lgan axborotlar keltirilganligi; 
Muammoli vaziyatlar modulini tuzish jarayonida muammoni aniqlash va 
guruhlashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda keltirilgan vaziyat 
yechimi, murakkab va dolzarb mavzular asosida qurilgan bo‘lishi zarurdir. [36, 54 
b] 
Keys-stadi texnologiyasidagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilishda 
talabalarning quyidagilarga e’tiborli bo‘lish, yechimni sari yo‘l topishda yordam 
beradi. 
- muammoli vaziyat talabidan kelib chiqib uni shakllanish bosqichlarini aniqlash; 
- vaziyat aks etgan vaqt va zamon chegarasini aniqlash; 
- muammoli vaziyat tasnifi, turini aniqlash; 
- vaziyat yechimlarini orasidan ma’qbul variyatini tanlay olish; 
- ma’lumotlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash; 
- muammoni yechish texnologiyalarini tashkiliy bosqichlarini ishlab chiqish; 
- muammoli vaziyatni yechimini guruh bilan birgalikda hal qilish; 
Keys-stadi texnologiyasining asosiy tarkibi sabab va oqibatdir. Sabab 
texnologiyaning dastlabki qismi bo‘lsa, oqibat uning yakunlovchi qismidir. Keysni 
tahlil qilish jarayonida sabab va oqibatni to‘g‘ri shakllantira olish asosiy o‘rini 
egallaydi. Sabab va oqibat tahlili muammolarning kelib chiqish manbalarini 
o‘rganishdan boshlanadi, ular hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydi. Sabab
va oqibat tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 
- muammoli vaziyatning ob’ektini va predmentini shakllantirish; 
- vaziyatlarning sabab va oqibatlarini aniqlashda tayanch ilmiy-tadqiqot 
manbalarni bo‘lishi; 



- sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash; 
- o‘rganilayotgan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish; 
Muammoli vaziyatni yechimini topishda turli-xil tahlil qilish usullaridan 
foydalaniladi. 
1. Pragmatik tahlil u yoki bu manbalarni, jarayonlarni, hodisalarni tahlil 
qilishda ko‘proq ijobiy nuqtai-nazarlarda hisobga olishni nazarda tutadi. 
Pragmatik tahlilning asosiy tushunchasi ijobiy yechimlarni topish bilan 
baholanadi. Bu tahlil bir qancha boshqichlarda amalga oshiriladi. 
- keysda keltirilgan manbalar, jarayonlar vazifalaridan kelib chiqgan holda fikrash; 
- keyslarning mazmundorligini aniqlash; 
- muammoli vaziyatni tahlil qilish, muvofaqqiyatsizliklarning sabablarini 
o‘rganish; 
- keyslarning ilmiy darajalarini, foydalanilayotgan adabiyotlar zahiralarini 
aniqlash; 
- keyslarning ijobiy yechimlar bilan boyitish yuzasidan takliflar ishlab chiqish
2. Aksiologik tahlil u yoki bu manba hodisalarini oldindan rejalashtirilgan 
maqsadlar asosida tahlil qilishni nazarda tutadi. Bunday tahlilning asosiy maqsadi 
jamiyatdagi hodisalarni tafovutlarni o‘rganishdir. Aksiologik tahlil uslubi amaliy 
faoliyatda hozirgacha qo‘llanilmagan. 
3. Prognostik tahlil kelgusida sodir bo‘luvchi muammoli vaziyatga xos 
yechimlarni bashorat qiladi. O‘zining mazmuniga ko‘ra bu tahlil oldindan bashorat 
qilish tahlili deyiladi. Bu tahlil qilinayotgan muammoli vaziyatlarning bo‘g‘usi 
jarayonini bilishga undaydi. 
4. Keys–stadi uslubidan foydalanishda vaziyatga xos tahlil asosiy ahamiyatga 
egadir. Bu tahlilda muammoli vaziyatdan kelib chiqgan holda maqsad va 
vazifalar, yechimga olib boruvchi usullar belgilab olinadi. 
5. Tavsiyalar beruvchi tahlil, bunda muammoli vaziyatga nisbat yechim emas
tavsiyalar ishlab chiqiladi. Keltirilgan tavsiyalar orqali vaziyatdagi muammolar hal 
qilinadi. 



Keys-stadi texnologiyasi bilan ishlash jarayonida amalga oshiriladigan 
vazifalar: 
- muammoli vaziyatni tizimlashtirishni amalga oshirish, ular tipologiyasi, tasnifi, 
natijasi, yechim yo‘llarini aniqlash; 
- texnologiyaning vazifasini, muammoli vaziyatni qurshab olgan tashqi va ichki 
muhit bilan hamkorlikdagi harakatlarini aniqlash; 
- muammoli vaziyatning kelib chiqish, sabab-oqibatlarni o‘rganish; 
- muammoli vaziyatning faoliyat mazmunini oldindan tashxis qilish, ijobiy 
yechimlarni ishlab chiqish; 
- muammoli vaziyatga xos prognostik tahlilni amalga oshirish ; 
- muammoli vaziyatlarda keltirilgan shaxslarga nisbatan tavsiyalar ishlab chiqish; 
- muammoli vaziyat faoliyatini aks etiruvchi dastur ishlab chiqish; 
Keyslardagi muammoli vaziyatlarning yechimini topishda quyidagi 
bosqichlar tavsiya qilinadi: 
Birinchi bosqich, vaziyat va uning tarkibiy qismi bilan tanishish. 
Ikkinchi bosqich, muammoni yuzaga keltiruvchi sabablar, manbalarni va 
muammoli vaziyat tarkibida qatnashgan shaxslarni ajratish; 
Uchinchi bosqich, aqliy hujum metodini qo‘llash uchun fiklarni yoki kichik 
mavzularni ajratish; 
Tortinchi bosqich, u yoki bu qarorni qabul qilishda kelib chiquvchi natijalar 
tahlil qilib ko‘rish; 
Beshinchi bosqich, keysni yechimini yoki unga mos keluvchi bir qancha
variyatlarni tahlil qilish; 
Keys–stadi texnologiyasini ta’lim jarayonlarda qo‘llash bir qancha 
qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Keys-stadi texnologiyasi quyidagi bosqichlar 
orqali tashkil qilinadi; 
- muammoli vaziyat bilan talabalarni tanishtirish; 
- keysni tahlil qilish; 
- keysda munozara jarayonini uyushtirish, taqdimot qilish; 



- munozarada qatnashuvchilarni baholash; 
- munozara yakunini tashkil qilish; 
Talabalarni keys matni bilan tanishishi keysni tashkil qilishdan bir necha kun 
oldin amalga oshiriladi, bu talabalarning mustaqil ishi sifatida baholanadi. Bu 
jarayonda keysga tayyorlanish vaqti keysning hajmi, mukammaligiga qarab 
belgilanadi. 
I. Kozinaning fikricha keys bilan ishlash jarayonida birinchi navbatda 
keysdagi bog‘lovchi (kalit) muammoni topish kerak va keltirilgan muammolardan 
yechish uchun zarur bo‘lganlari qaysi ekanligini bilish zarur, keysda vaziyatni 
yuzaga keltiruvchi sababni topish, uni asosiy harakatlantiruvchi kim va nima 
ekanligini aniqlash, fakt va tushunchalarni tanlab olish, vazifalarni yechishda 
qanday qiyinchiliklar paydo bo‘lishini oldindan anglash keysni yechimi tomon 
harakatlantiradi. [30,46 b] 
Keysni tashkil qilishdan oldin talabalarni texnologiya mohiyati bilan 
tanishtirish, keys bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini eslatib o‘tish, 
faolliyatni to‘g‘ri tashkil qilishda yordam beradi. Quyidagi eslatmalarni 
talabalarga havola qilinadi. 
1. O‘quv fanning ma’lum bo‘limiga tegishli ma’lumotlarni qayd qilib oling, 
bilimlar zahirasida yig‘ilgan xotira blokini oching. Ular siz uchun keysni tahlilida 
zarur bo‘ladi. 
2. Keysni tezlik bilan o‘qib chiqing, bu keys haqida umumiy tasavvurlarni 
beradi. 
3. Keysga talluqli savollarni diqqat bilan o‘qib chiqing va siz keysni yaxshi 
tushunganingiz haqida o‘zingizda ishonch hosil qiling, hamda sizdan nima so‘ralsa 
bajaring. 
4. Keys mantini yana bitta boshidan o‘qing, diqqat bilan taklif qilingan 
savollarga tegishli ma’lumotlarni yoki muammolarni yozib boring. 



5. Muammoli vaziyatga qaysi g‘oyava konsepsiyalar mos kelishini tahlil qilib 
ko‘ring. Muammoga mos keluvchi g‘oyalar blokini hosil qilib, o‘zingiz uchun 
zarurlarini tanlang. 
Keysni tashkil qilishda talabalarda muammoga nisbat qiziqishni oshirish, 
munozarali bahslarni tashkil qilish asosiy o‘rini egallaydi. Keys tarkibidagi 
savollar oldindan tayyorlanadi va talabalarga keys bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Keys-stadi texnologiyasida “Aqliy hujum” metodini qo‘llash jarayoni yanada 
jadallashtiradi. 
Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda, uning taqdimot qoidalariga amal 
qilish ham maqsadga muvofiqdir. Keysni tashkil qilishda uni qanday usullarda 
taqdim qilish kerak degan savol tug‘iladi. Qaysi usullar orqali talabalarga keys 
taqdim qilinsa talabada qiziqish paydo bo‘ladi?
Intellektual (aqliy) manbani ommaviy taqdim qilish ko‘nikmasini egallash, 
tavsiya qilish, muvofaqqiyatini ko‘rsatish yoki ijobiy foydalanishga yo‘naltirish 
mumkinligi asoslab berish bugungi kun mutaxassisi eng zarur bo‘lgan sifatlardan 
hisoblanadi. [41,158b] 
Taqdimot shaxsni ko‘pgina ijobiy sifatlarni charxlaydi: iroda, ishonch, 
muloqatchanlik, muvofaqqiyatga erisha olish ko‘nikmasini va boshqalar. 
Ommaviy (og‘zaki) taqdimot keysni guruhda muammmoni yechish 
imkoniyatini tug‘diradi, u umumiy faoliyatni yuqori darajada ishlab chiqish 
ko‘nikmasini va munozarada qatnashish imkoniyatini yaratadi. O‘g‘zaki taqdimot
talabalarda qisqa muddatli ta’sir qilish xususiyatiga ega, shuni uchun ham idrok 
qilish va esda saqlash qiyin kechadi. So‘zga chiquvchini tayyorgarligi munozarani 
tashkil qilishda gavdalaniladi.
O‘g‘zaki taqdimot davrida so‘zga chiquvchini emotsional holatini hisobga 
olish zarur; so‘zga chuquvchini munosabat va emotsiyasi uning nutqida alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Keys-stadini tashkil qilishda yuqoridagilarda keltirilganlardan tashqari, talaba 
faoliyatini baholash alohida ahamiyat ega. Chunki tashkil qilingan har bir faoliyat 



o‘zida fasilitatsiya metodini, ya’ni o‘quvchi bilimi va harakatini baholashni ko‘zda 
tutishi lozim. Rag‘batlantirish to‘g‘ri olib borilmasa faoliyat ijobiy natija bermaydi. 
Keys-stadi uslubida talabalarni baholash didaktik tamoyillarga asoslangan holda 
amalga oshiriladi.[36, 28b] 
Keys-stadi uslubini baholashda an’anaviy tizimga xos 5 ballik tizim unchalik 
samara bermaydi, bu jarayonda, jahon miqyosida tan olingan 100 ballik tizimdan 
foydalanish ko‘proq samara beradi. Ya’ni bu tizim orqali talabaning barcha 
faoliyatlarini to‘liq baholash mumkin.
Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda talabalarni baholashda turlicha yondashish,
uslublardan foydalanish mumkin. Bu jarayonda talabaning nazariy bilimlaridan 
ko‘ra amaliy bilimlari baholanadi, ya’ni bildirayotgan fikrlarning yangiligi, 
mantiqiyligi asosiy o‘rini tashkil qiladi. Talabalarning vaziyatga nisbatan o‘zgacha 
yondasha olishi, o‘z fikrini himoya qilaolishi, jamoa birdamligini saqlay olishi 
baholash jarayonida alohida e’tiborga olinadi.
Talabalarni baholashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
- baholashda talabaning munozaraga tayyorligini, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, 
dadiligini ham e’tiborga olish kerak; 
- vaziyatga chuqur kirisha olishi, savollarga diqqatini qarata olishi qobiliyatlarini 
shakllanganligiga; 
- vaziyatni yechishda aniq nuqtani topishi, to‘g‘ri qarorni qabul qilishi mazmunan 
yondasha olishi; 
- mantiqan fikrlay olishini ko‘rsata olishi, fikrlarini bayon qila olishi, to‘g‘ri 
xulosalarga kela olishi; 
- zarur qismlarni ajrata olishi, ularni keys tahlilida qo‘llay olishi; 
- tahlilni xulosalay olishi; 
Keys-stadi texnologiyasida talabani baholashda quyidagi shakllardan 
foydalaniladi.



Birinchi variantda, talaba bilimi fanlarni o‘zlashtirishiga qarab qo‘yiladi, keys-
stadi texnologiyasini qo‘llash jarayonida olingan bahosi, fanni o‘zlashtirish 
bahosiga qo‘shib qo‘yiladi, ya’ni umumiy holda baho qo‘yiladi. 
Ikkinchi 
variantda 
talabalarning 
bilimlarni 
baholashda 
keys-stadi 
texnologiyasi boshqa usullardan foydalanadi, ya’ni baholash jarayoniga og‘zaki 
yoki yozma imtixon, test kabi baholash usularini kiritadi. 
Uchinchi variantda texnologiya baholash jarayonida barcha usullardan keng
foydalanadi. 
Keys-stadi uslubidan barcha baho turlaridan foydalanish mumkin bo‘lib ular 
joriy, oraliq. yakuniy baholardan baholardan iboratdir. 
Joriy baho keys tahlili jarayonida boshqarishga yordam beradi, oraliq baho 
talabani keysni to‘g‘ri yo‘lidan borishini belgilab beradi, yakuniy baholash 
talabalarni fanlar yuzasidan olingan bilimning mustahkamligini, xulosaning 
to‘g‘riligini belgilaydi. 
Guruh faoliyatini baholashda ularning o‘zaro birdamligi, munozarani to‘g‘ri 
tashkil qilaolishi e’tiborga olinadi. 
Baholashda jarayonida talabaning ijodiy yondashishida: talabaning nafaqat 
keysni tahlil qiliolishi, qoidani tushunishi, balkim uning tizimini tushuna olishi, 
keys bilan ishlaganida uni har tomonlama tushunchalarga ega bo‘lishi ham 
inobatga olish kerak. O‘qituvchi talabani baholashda, uning tarbiyaviy jihatlariga 
e’tibor berishi kerak, chunki ta’lim-tarbiya bir-biriga juda yaqin uzluksiz 
jarayondir. Baholashda talabaning tarbiyaviy jihatlarini ham e’tibordan chetda 
qoldirmaslik zarur. [34,45 b] 
Keys-stadi texnologiyasida o‘qituvchi roli an’anaviy uslubga nisbatan biroz 
kattadir. Keys-stadi texnologiyasida o‘qituvchi fikriy tortishuvni, munozarani 
tashkil qiladi, talabalarni fikrlarini tasdiqlash orqali ularni jarayonga moslashtiradi. 
[36,56 b] 



O‘quv jarayonini samarali o‘tishida o‘qituvchi yetarli darajada emotsional his-
tuyg‘uga boy bo‘lishi, guruhdagi kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi, hamkorlik 
uslublarini qo‘llashi, talaba shaxsini hurmat qilishi kerak. [38,36 b] 
O‘qituvchi faoliyatining samarasi , o‘zining mashg‘ulotida ya’ni, keys-stadi 
texnologiyasidan qo‘lashda birqator tamoyillardan foydalanishda ko‘rinadi. 
1. Didaktik manbalarning rang-barangligi va ilmiylik tamoyili, bu tamoyil 
o‘qituvchining didaktik jarayonlardan xabardor bo‘lishni, uning uslub-vositalarni 
bilishni, ulardan o‘quv jarayonida to‘g‘ri foydalanishni nazarda tutadi. 
2. Hamkorlik tamoyili, ta’limni egallash jarayonida talabalar bilan birgalikda 
faoliyat qilish, vaziyatni jamoa bilan tahlil qilish orqali belgilanadi. 
3. O‘qituvchining pedagogik yangiliklardan xabardor bo‘lishi, ham-kasblari 
bilan tajribalar almashishi, talabalarni maqsadlar sari yo‘naltira olishida katta 
ahamiyatga ega. 
4. Ijodiyot tamoyili, keys-stadi texnologiyasi ijodiy, yangicha fikrlashni talab 
qiladi. Keys tuzishdagi eng zarur faoliyat ta’lim jarayonini loyhalashtirish, uni 
o‘qitish tehnologiyalarda mustahkamlash, talabalarni ijodiy fikrlashga 
yo‘naltirishdan iborat. 
5.Pragmatik tamoyil, u yoki bu keysni imkoniyatlarini aniq ifodalashga qaratib 
mo‘jallantiruvchi tamoyil hisoblanib talabalarda tahlil qilish ko‘nikmalarini 
shakllantiradi. Keys-stadi uslubidan foydalanishda o‘qituvchini faoliyati ikkita 
fazani (davrni)o‘z ichiga oladi. 
Birinchi faza (davr) keysni tahlili uchun kerak bo‘lgan savollarini tuzish 
o‘qituvchining auditoriyadan tashqari ijodiy faoliyatni ifodalaydi,u jarayonda 
o‘qituvchi jarayoni loyhalovchisi rollini bajaradi. [21,21b] U oldindan jarayoni 
tashkil qilish uchun tayyorlanadi, mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan 
ko‘rgazmali, texnik vositalar bilan o‘quv xonasini qurollantiradi. Jarayoni tashkil 
qilish uchun zarur bo‘lagan barcha narsalarni oldindan tayyorlash bilan 
shug‘ullanadi. 



Ikkinchi faza (davr) o‘zida keysni tahlil qilish davomida o‘qituvchini 
auditoriyadagi faoliyatni nazarda tutadi, bu yerda o‘qituvchi kirish va yakunlash 
so‘zlari bilan chiqadi, munozara yoki taqdimotni tashkil qiladi, auditoriyada 
ishchanlik kayfiyatini uyg‘otadi va bu holatni jarayon oxirigacha saqlashga 
harakat qiladi, talabalarning bilim va qobiliyatlardan kelib chiqib ularni baholaydi. 
[21,22b] 
Keysni tahlilida samarali yo‘llarini axtarishda ko‘proq aniq ma’lumotlarga 
e’tibor berish kerak. Mashg‘ulotlarni boshlanishi (munozara yoki taqdimot 
namoyishi) bu aniq bir jarayon bo‘lib, bunda vaziyatni to‘liq holda o‘qituvchi 
qo‘llida bo‘ladi. Keys tahlilida talabaning umumiy vaziyatga, qiziqishi, 
ko‘tarinkillik bilan yondashishi, jarayonga yo‘nalishi asosiy o‘rini egallaydi. 
O‘quv maqsadlari samarali bajarilishi uchun tahlil jarayonida har tomonlanma 
tayyorlangan bo‘lishi kerak, bu 
jarayon 
tizimlashgan, 
vaqt 
bo‘yicha 
reglametlashgan va nazorat qilingan bo‘lishi kerak. 
Munozara asosan o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiruvchi savollarni 
qo‘yishdan boshlanadi. Savollar oldidan tayyorlangan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi 
qo‘yilgan savollarga auditoriyani reaksiyasini seza bilishga harakat qilishi kerak, 
bu jarayonda ta’lim maqsadlariga erishishga yo‘naltirishni nazarda tutiladi. 
Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda o‘qituvchi quyidagi vazifalarni 
bajaradi. 
1. Mashg‘ulot boshlanishida talabalarga “Keys-stadi” texnologiyasining 
mohiyati, ta’limiy imkoniyatlari va kutilayotgan natijalari haqida batafsil 
tushuntiradi. Buning natijasida talabalar mashg‘ulotda ongli va faol qatnashadilar, 
o‘zlarining kasbiy rivojlanishlariga befarq qolmaydilar. 
2. Kichik jamoalarga o‘rgatish uchun turlicha yoki bir xil mazmunga ega 
bo‘lgan vaziyatlarning yozma matnlari tarqatiladi. Lekin ushbu vaziyatlarni bitta 
umumiy mavzu birlashtiradi. 



3. Vaziyatlar bayon qilingan matnlar turli grammatik xatoliklardan, mantiqiy 
chalkashliklardan holi bo‘lishiga va voqea-hodisalar rivoji aniq ifodalanishiga
e’tibor qaratadi. Aks holda talabalar xato xulosalar chiqarishlari mumkin. 
4. Tahlil qilinishi kutilayotgan vaziyatlar bevosita talabalarning bo‘lg‘usi 
mehnat faoliyati mazmuni bilan bo‘g‘liq bo‘lishi kerak. 
5. Talabalarga vaziyatlar tahlili bo‘yicha topshiriqlar aniq beriladi. 
Shuningdek, vaziyat tahlilida nimalarga e’tibor qaratilishi lozimligi aytiladi.Bu esa 
vaziyatdgi asosiy muammoni aniqlash imkonini beradi. 
6. Talabalar tahliliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish uchun ularga yo‘naltiruvchi 
savollar bilan murojaat qilinadi. 
7. Har bir talabaning mashg‘ulotda faol qatnashishi e’tiborga olinadi, ular 
faoliyati kuzatib boriladi. 
8. Zarur paytlarda talabalar o‘qituvchidan maslahat olishlari mumkin. Lekin 
oxirgi xulosalarni talabalarning o‘zlari chiqarishlari shart. [23, 28 b] 
 
Keys-stadi texnologiyasi dars jarayonini, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga 
yangicha ruh bag’ishlovchi ta’lim texnologiyalardandir. O‘quv jarayonida 
qo‘llaniluvchi barcha texnologiyalar kabi keys –stadi texnologiyasi ham o‘ziga xos 
ta’limiy imkoniyatlariga ega. Shuningdek keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda 
o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya 
ishining II bobida yuqorida muhim vazifalar keng ochib berilgan. 
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish 
ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda yuqorida 
keltirilgan o‘n birta bosqich asosiy o‘rini egalaydi.
Asosan 
texnologiyani 
tashkil 
qilishda 
vaziyatlarni 
to‘g’ri 
qo‘yish, 
muammoning sabab –oqibatlarini to‘liq ochib berish lozim. Keysni to‘g’ri tanlay 
olish, talabalarning qiziqishi va ularning tayyorgarligini e’tiborga olish, vaziyatni 
tahlil qilish usullari bilan tanishtirish muhimdir. 



II-bobning birinchi rejasida texnologiyani tashkil qilishda “Aqliy xujum”, 
“Munozara” metodlarining ahamiyati zarurligi ochib berilgan. Shuningdek 
vaziyatni tahlil qilish turlari, bosqichlari, tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish 
zarurligi va talabalarga eslatlarmalar keltirib o‘tilgan. 
II-bobning, ikkinchi rejasida texnologiyani qo‘llashda o‘qituvchining 
ahamiyati, jarayonni tashkil qilishda uning vazifalari, talabalarni bahollash 
jarayoni haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda o‘qituvchi vazifasi uning jarayoni 
odilona to‘g’ri boshqara bilishi bilan baholanadi. Ya’ni o‘qituvchi jarayoni tashkil 
qilishi, mavzuga xos va mos vaziyatni tuza olishi va talabalar faoliyati boshqara 
olishi lozim. 
Keys-stadi texnologiyasida bahollash jarayonida barcha baholash 
tizimlaridan foydalanish mumkin. Bahollash jarayoniga talabalarning jamoa bilan 
birlasha olishi, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, vaziyatga mos yechimlarni 
topishlari alohida e’tiborga olinadi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilish jarayoni va o‘qituvchi

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish