Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga EGA bo’lmog’i zarurdir




Download 145.29 Kb.
bet1/13
Sana17.05.2023
Hajmi145.29 Kb.
#60963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatl
2 5271602306029194227, 1-maruza (6), EldorDB, Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari Boshqarmaga, iq test, O\'QITISH MATERIALI, 0JF32DfbXMG zvtFh216nk-yNqz06dxc (1), 1. Bir vaqtning o’zida ham syuryektiv, ham inyektiv bo’lgan aksl, elektronika 4-mustaqil ish, 9- 5 nazorat, 07092023, 07092023, 07092023, 07092023

Mazmuni
Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga ega bo’lmog’i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g’alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir ‘axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‘axtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan i’ qilib to’qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hokazo.
Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ko’’gina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o’quv qo’llanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo’llanilishini va qanday bo’lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo’lmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarga yo’nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo’lmasa ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o’zi bo’lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo’lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’’gina chalkashliklarga olib keladi.
Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.
Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va ka’ital unumdorligining ‘asayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi.

Kirisiw
1-Bap Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.



Меҳнат жараёнининг зарурий шартлари



Ишчи кучи

Меҳнат воситалари

Меҳнат предметлари



Download 145.29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 145.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga EGA bo’lmog’i zarurdir

Download 145.29 Kb.