Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi




Download 0,88 Mb.
bet22/72
Sana26.12.2023
Hajmi0,88 Mb.
#128546
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.

Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil s hinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsienti, sutning yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-ashyo va materiallar, aylanma mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi.

Norma va normativlar o’lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi.

Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:


  • mehnat sarfi normasi;


  • moddiy xarajatlar normasi;


  • vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo);


  • mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;


  • ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;


  • atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;


  • kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;


  • loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi;


  • aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar.


Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim.

Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi. Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:

  • davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;


  • umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi normativlar;


  • tsex normativlari;


  • predmetli, detalli va operatsion normativlar.





Download 0,88 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Download 0,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi

Download 0,88 Mb.