Har bir bosqichga alohida to‘xtalib o‘tamiz
MARKETING TADQIQOTI MAQSADINI
ANIQLASH VA VAZIFALARNI
QO‘YISH
Marketing tadqiqotidan nima kutiladi - buni aniq tasavvur etish maqsadni aniqlab
olishni taqozo etadi. Maqsadga qarab, unga erishishni ta’minlovchi vazifalar belgilab
olinadi. Shuningdek, aynan shu bosqichda tadbirkorlikni tashkil etish borasidagi
taxmin yoki farazlar ilgari suriladi. Masalan:
-
maktab yonida tez tayyorlanuvchi ovqat mahsulotlari do‘konini ochish katta
foyda keltiradi;
-
tayyorlangan mahsulotlarni o‘quvchilarning sinf xonalariga yetkazib berish
usulidan foydalanish sotish hajmini keskin oshiradi va h.k.
Marketing tadqiqoti davomida ushbu taxmin yoki farazlarning to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligi aniqlanadi.
MARKETING TADQIQOT REJASINI
ISHLAB CHIQISH
Marketing tadqiqoti davomida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarning aniq
majmuyi uning rejasini namoyon etadi. Rejada, eng avvalo, quyidagi jihatlar bayon
etiladi:
1)
marketing tadqiqotini amalga oshirish borasidagi muammolar.
Masalan:
-
maktab o‘quvchilarida tez tayyorlanuvchi ovqat mahsulotlariga ta- labning
mavjudligi to‘g‘risda ma’lumotning yo‘qligi;
-
maktab rahbariyatining tayyorlangan mahsulotlarni sinf xonalariga olib kirishga
ruxsat berish yoki bermasligining noaniqligi va h.k.;
Birinchi bosqich:
maqsadni aniqlash va vazifalarni qo‘yish
Ikkinchi bosqich:
tadqiqot rejasini ishlab chiqish
Uchinchi bosqich:
axborot to‘plash
To‘rtinchi bosqich:
axborotni tahlil qilish
Beshinchi bosqich:
taqdimot tayyorlash
2)
maqsadli guruh, ya’ni mahsulotning potensial xaridorlari. Bu o‘rinda sizning
maqsadli guruhingiz mazkur maktab o‘quvchilari hisoblanadi. Siz ularning bu
boradagi fikrlarini o‘rganishingiz kerak. Biroq barcha maktab o‘quvchilari bilan
birma-bir suhbatlashib chiqish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Shunga ko‘ra, siz ularning
ma’lum bir qismidan, aytaylik, har bir sinfdan bir nafar o‘quvchidan so‘rov o‘tkazish
orqali fikrini bilishingiz mumkin;
3)
tadqiqot tavsifi. Tadqiqot tavsifi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-
tanishtiruvchi (muammo va uning yechimi bo‘yicha dastlabki ma’- lumotlarni
yig‘ish);
-
tavsiflovchi (aniq raqamlarni tasdiqlash yoki rad etish);
eksperiment (hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarini tu- shuntirish.
Masalan, mahsulotlarni sinf xonalariga yetkazib berish sotish hajmiga qanday ta’sir
ko‘rsatdi);marketing tadqiqoti o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni baholash. Odatda,
bu xarajatlarni pul yoki vaqt ko‘rinishida ifodalash mumkin
MARKETING TADQIQOTI YUZASIDAN AXBOROT TO‘PLASH
Axborotlar ikki turda - birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Bir-
lamchi axborotlar shu vaqtga qadar mavjud bo‘lmagan axborotlar hisob-
lanib, ular quyidagi manbalardan olinishi mumkin:
-
tadqiqot qilinayotgan muammo yuzasidan o‘z fikriga ega bo‘lgan
maslahatchi yoki ekspertlar;
-
tadqiq etilayotgan muammo ishtirokchilari harakatlarini kuzatish;
-
so‘rov orqali o‘rganish va eksperiment.
Ikkilamchi axborotlarga olingan axborotlarni tahlil qilish orqali keltirib
chiqarilgan ma’lumotlar kiradi.
OLINGAN AXBOROTNI
TAHLIL QILISH
Marketing tadqiqoti o‘tkazish natijasida olingan axborotlar tahlil qilib
chiqiladi. Tahlil maxsus usullar orqali amalga oshirilib, keng ommaga
tushunarli bo‘lishi uchun jadval, diagramma, grafik ko‘rinishlarida ras-
miylashtiriladi.
TADQIQOT NATIJALARI BO‘YICHA
TAQDIMOT TAYYORLASH
Siz o‘tkazilgan marketing tadqiqoti natijalarini manfaatdor tomonlar-
ga - rahbariyat, investorlar, biznes-hamkorlar, bank xodimlari va boshqa
mutaxassislar e’tiboriga yetkazishingiz lozim bo‘ladi. O‘z fikr va xulosan-
gizni tinglovchiga aniq, tushunarli va qiziqarli holda yetkazish - boshlagan
ishingiz muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.