|
Bodring va pomidorni tuzlash texnologiyasi
|
bet | 3/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 62,5 Kb. | | #158592 |
Bog'liq 9.Bodring va pomidorni tuzlash texnologiyasi
Masalliqlar: (1 kg-lik banka uchun)
600 gr tuzlamalik bodring, bu yerlarda tuzlash uchun alohida bodring bo'ladi.
1 stakan (200 ml) sirka
2 qoshiq to'la to'la tuz
1 ovqat qoshig'i shakar
2-3 bo'lak sarimsoq
Olganichalik suv
Tayyorlanishi:
Bodringlarni yaxshilab yuving. Sop qismini unchalik chuqur qilmasdan kesing. Bankaga bodringlarni joylashtiring. Oralariga tozalangan va ikkiga bo'lingan sarimsoqlarni joylang.
Alohida idishda sirka, tuz, shakarni aralashtirib, bodringlarni ustidan quying.
Bankaning qolgan qismiga qaynagan suv quyib, to'ldiring. Qopqog'ini yoping va teskari o'giring. 1 soat teskari tursin, keyin to'g'rilang. Quyosh tushmaydigan joyda 1 hafta tursin. Agar havo issiq bo'lsa, bankani ochgandan keyin muzlatgichda saqlang.
|
| |