|
Bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap
|
Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 4,5 Kb. | | #126019 |
Bog'liq qo\'shma gaplar tasnifi E\'zozbek
Qoʻshma gap
Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap, gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predikativ asosdan tashkil topadi.
Bir qancha turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi:
Bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap;
Bogʻlangan qoʻshma gap;
Ergashgan qoʻshma gap.
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan qoʻshma gaplar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrinsada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi.MASALAN: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“.
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlovchilar yordamida birikkan (teng aloqali) qoʻshma gaplar bogʻlangan qoʻshma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsada, mazmunan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Masalan: „Bahor keldi va gullar ochildi“. „Dilafroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralay koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“.
Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida boʻlib, yaʼni bosh va ergash gaplardan tuzilib, ergashtiruvchi bogʻlovchilar, bir qancha feʼl shakllari, yuklama va koʻmakchilar, nisbiy soʻzlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap turi ergashgan qoʻshma gap yoki ergash gapli qoʻshma gap deyiladi. Masalan: „Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti“ (A.Qahhor) gapidagi, „bir kuni koʻchada ketayotsam“ qismi ergash gap boʻlib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti) ishharakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni toʻldirmoqda, predikatdagi shaklga koʻra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi hokim komponent, yaʼni ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻladigan gapdir. Masalan: „Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi“ gapi ega ergash gapli qoʻshma gap boʻlib, undagi „udardga chalinmaydi“ qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki „Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq“ gapida esa „Shoshish kerak emas“ bosh gap boʻlib, ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakatning sababini koʻrsatmoqda. Ergash gapli qoʻshma gap tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga ergashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror boʻlagini qandaydir (payt, oʻrin, sabab, natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi.
|
| |