• Rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori yuqori,kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar past, puch tog’ jinslari flotatsion aktiv emas
  • Qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish qobiliyati past, kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ham past.
  • Boyitishning alohida tsikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish




    Download 451.86 Kb.
    bet3/7
    Sana24.11.2022
    Hajmi451.86 Kb.
    #31547
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    bafoyev j qurilish fizikasi
    Boyitishning alohida tsikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish.
    Amalda ishlatiladigan flotatsiya sxemalari shuncha ko’pki ularni alohida hol uchun ko’rib chiqishga imkoniyat yo’q.
    Boyitish tsiklining eng oddiy misoli bitta flotatsiya operatsiyasi hisoblanadi. Lekin bunday oddiy sxema faqat bitta ohirgi mahsulot olinadigan tsiklda ishlatilishi mumkin. Masalan,birinchi bosqichda flotatsiyalashda tayyor kontsentratning bir qismi va qaytadan yanchishga va flotatsiyaning ikkinchi bosqichiga tushuvchi boy chiqindi olinishida.
    Agar boyitish tsiklida ikkita oxirgi mahsulot-konditsion kontsentrat va tashlab yuboriladigan chiqindi olinishi kerak bo’lsa, murakkabroq boyitish sxemalari qo’llaniladi.
    Flotatsiya sxemasining tarmoqlanish yo’nalishi asosan uchta shartga –rudadagi qimmatbaho mineralning miqdoriga, kontsentratga qo’yiladigan talablarga va qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish hususiyatlariga bog’liq.
    Rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori yuqori,kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar past, puch tog’ jinslari flotatsion aktiv emas. Bunda kontsentratni tozalash operatsiyalarisiz, lekin chiqindini bir, ikki marta kontrol flotatsiyalash qo’llanuvchi flotatsiya sxemasini ishlatish mumkin. Bunday sxemalar ko’mir boyitish fabrikalarida, shuningdek rangli metallarning boy rudalarini boyituvchi ba`zi fabrikalarda qo’llanadi (2.15-rasm)

    rasm. Asosiy flotatsiya chiqindisini nazorat flotatsiyalovchi
    flotatsiya sxemasi
    Qimmatbaho mineralning flotatsiyalanish qobiliyati past, kontsentrat sifatiga qo’yiladigan talablar ham past. YUzaga qalqib chiqib flotatsiyalangan minerallarni tozalash maqsadga muvofiq emas va ularni jarayondan tezda chiqarib olish kerak.
    Sxema kontrol flotatsiyalar sonini ortishi yo’nalishida tarmoqlanadi. Misol tariqasida mis-piritli rudalarni flotatsiyalash sxemasini keltirish mumkin (9-rasm).
    Kontsentratni ikki yoki uchta tozalash va bitta kontrol operatsiyali sxema qimmatbaho mineralning yuqori boyitish darajasiga erishishda yoki puch tog’ jinslarining flotatsion aktivligi yuqori bo’lganda ishlatiladi. U polimetall rudalarni boyitishning qo’rg’oshinli va ruxli tsikllarida qo’llaniladi.

    Download 451.86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 451.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boyitishning alohida tsikl va bosqichlarida flotatsiya sxemalarini tuzish

    Download 451.86 Kb.