|
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishining vazifalari
|
bet | 2/6 | Sana | 21.02.2023 | Hajmi | 3.5 Mb. | | #43063 |
Bog'liq мифология , Документ Microsoft Word, ПФ-6247 НАЗОРАТ РЕЖА, baholash, O\'quv qo\'llanam22222, Navoiy davlat pedagogika instituti, COMPUTER1 UZKurs ishining vazifalari: Kurs ishining vazifalari: - Mavzuga oid ilmiy, o’quv va badiiy manbalarni o’rganish
- Pedagogik tajriba uchun vositalar tanlash
- Tajribani tashkil etish va olib boorish
- Olingan natijalar tahlilini amalga oshirish va tegishli tavsiyalar berish
- Kurs ishini talab darajasida jihozlash va rasmiylashtirish.
Kurs ishining obyekti: maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustidan rahbarlik qilishning yaxshi formalarini aniqlash va targ’ib etishni o’rganish jarayoni Kurs ishining predmeti: maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustidan rahbarlik qilishning yaxshi formalarini aniqlash va targ’ib etishni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish. Kurs ishining metodlari: kuzatish, tajriba, suhbat Kurs ishining ilmiy amaliy ahamiyati: ushbu kurs ishidan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari o’zlarining mustaqil va kurs ishlarini tayyorlashda ilmiy va amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin.
I bob. O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi va maktabgacha ta’lim bo’limlarining maktabgacha ta’limga rahbarlik
1.1. “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida ” 5198-sonli Prezident farmoni
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida 2017-yil 30-sentabrda O’zbekiston respublikasi Prezidentining “ Maktabgacha ta’lim tizimini boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida ” 5198-onli farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olish ni keski oshirish, ta’lim –tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellectual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, qoraqalpog’iston respublikasi, maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh bosharmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning tuman ( shahar ) lardagi bo’limlari tashkil etildi.
|
| |