Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari




Download 474.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi474.28 Kb.
#20332
  1   2
Bog'liq
innovatsiya 3
davomat jadvali, KOMPYUTER DARSI, 8 sinf 1-darss, Zulmat-ostonasidagi-muhabbat-4-fasl, Документ Microsoft Word (4), UzAuto


BOSHLANGICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING 
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI 
REJA: 
 
1. O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning zamonaviy 
tendensiyalari. 
2. 
Jadidchilik 
harakati 
namoyondalarining 
boshlang‘ich 
ta’limni 
rivojlantirishdagi faoliyatlari.
3. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar.
Mamlakatimiz taraqqiyotining ko‘p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta’lim-
tarbiyasiga oid davlat siyosatiga bog‘liq bo‘lib, unda ta’lim tarbiya sohasida 
sezilarli sifat o‘zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e’tiborda 
bo‘ladi. Bunday jihatlar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan sifat 
o‘zgarishlarining mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, u ko‘proq boshlang‘ich 
ta’limga ham tegishlidir. Bunga sabab boshlang`ich ta’limda o‘quvchilar 
savodxonlik asoslari, hisoblash tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari va shaxs 
ma’naviyati elementlari bilan qurollantiriladi hamda yuqori sinflarda 
o‘rganiladigan fanlar asoslari bilan tanishtiriladi. 
Shu sababli ham zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad va vazifalari 
mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga 
qo‘yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimida 
millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlang‘ich ta’limda 
savodxonlik 
asoslarini 
puxta 
egallash 
hamda 
hisoblash 
tafakkurini 
shakllantirishning innovatsion usullarini yaratishni taqozo etadi. 
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi 
bo‘lmish boshlang‘ich ta’limdan boshlash ahamiyatli va foydali hamda istiqbolli 
ekanligi hozirda hech kimga sir emas. Chunki, bu orqali o‘quvchilar jamiyat 
taraqqiyotining ma’naviy asoslarini egallagan, Vatanning istiqbolini o‘ylaydigan, 
Vatan ravnaqiga , yurt tinchligiga va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘sha olish 
mumkinligini ongli ravishda his qila oladilar. Bu tabiiyki, boshlang‘ich ta’lim 
mazmuniga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. 
Karimovning 1997 yil 29-avgustdagi «Barkamol avlod - O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma’ruzasida «Agar poydevor mustahkam 
bo‘lsa (Bu erda boshlang‘ich ta’limga urg‘u berilayapti - mualliflar), imorat 
baquvvat bo‘ladi (ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi - mualliflar)» degan ko‘rsatmaviy 
fikrini bildirishi ham boshlang‘ich ta’limning uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki 
(poydevoriy – fundamental) asosi ekanligi va unga e’tiborni kuchaytirish 
zarurligini ta’kidlashidir. Bu muammo yechimi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongi 
va qalbiga ma’naviy va milliy qadriyatlarni singdirish orqali hal qilish mumkin. 
Bunga sabab mazkur qadriyatlar o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashi va 
intellektual salohiyatini kengaytirib, ularning tashabbuskorlikka va fidoyilikka 
hamda ijodkorliklarga bo‘lgan moyilliklarini yanada oshiradi. Bu borada 


donishmandlarimiz tomonidan qoldirilgan va bizgacha yetib kelgan boy milliy va 
ma’naviy 
meroslarimiz 
hamda 
umuminsoniy, shu 
jumladan, milliy 
qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirishimiz ularning kelajakda ma’naviy 
barkamol shaxs bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali o‘quvchilarning 
turli tahdid va salbiy ta’sirlar domiga tushib qolishining oldi olinadi, chunki, 
ma’naviy jihatdan etuk va intellektual salohiyatli o‘quvchilar hech qachon turli 
salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmaydi. 
Ma’lumki, o‘zbek xalqi va ular bilan bog‘liq savodxonlik asoslarining 
dastlabki ildizlari juda qadimiy tarixga ega, ya’ni ular Zardushtiylar ta’limoti 
bo‘lmish «Avesto» kitobining paydo bo‘lishi va Urxun Enisey bitiklarining yuzaga 
kelishi hamda Selenger madaniyatining shakllanishidan buyon to hozirgacha 
jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bulardan 
uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichlaridan biri boshlang‘ich ta’lim turli 
davrlarda turfa ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib kelmoqda. Bunga sabab, Markaziy 
Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan bo‘lib, 
ular orasidan etishib chiqqan olimlarimiz, donishmandlarimiz va allomalarimiz 
jahon ilm-faniga, jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga munosib hissa 
qo‘shganlar. Bular milliy-ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga, ular haqida 
xolisona (qanday bo‘lsa o‘shandayligicha) fikr bildirishga va qolaversa, 
mamlakatimizda Mustaqillikka erishishda ma’naviy ozuqa va asos bo‘la oladi. 
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida xalq pedagogikasi ham 
millatimizning tarixidek uzoq o‘tmishga, ya’ni eramizdan oldingi ming yilliklarga 
borib taqaladi. Xususan, Zardushtiylar ta’limoti bo‘lmish, «Avesto» muqaddas 
kitobining yuzaga kelishi bunga yorqin misoldir, chunki, xalqimizning 
savodxonlikka intilishisiz inson ma’naviy-marifiy kamolotini yuksaltirish 
muammosini hal etib bo‘lmaydi. 
«Avesto» kitobining muallifi Spitama Zardushtra ta’lim-tarbiya masalasiga 
katta ahamiyat bergan donishmand bo‘lgan. Buni mazkur kitobdagi quyidagi 
fikrdan ham bilsa bo‘ladi: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib 
hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi 
o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin». 
Keltirilgan fikrdagi «...yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan...» - 
degan talabning o‘zi o‘sha davrda ham boshlang‘ich ta’limga nechog‘lik e’tibor 
qaratilganligidan dalolatdir. Shuningdek, «Avesto» da bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalash qoidalari asosan quyidagicha uchta yo‘nalishda olib borilishi 
ta’kidlangan: 
diniy va axloqiy tarbiya;
jismoniy tarbiya; 
o‘qish va yozishga o‘rgatish. 
Agar bu yo‘nalishlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bizning ota-bobolarimiz 
farzandlarini ma’rifatli va ma’naviyatli bo‘lishligini xohlaganligini anglash 
mumkin. Bunga asos sifatida yuqoridagi yo‘nalishlarni misol sifatida keltirish 


mumkin. Ya’ni birinchi yo‘nalishga (diniy va axloqiy tarbiyaga) e’tibor beradigan 
bo‘lsak, bu to‘liq inson ma’naviyatini ta’minlovchi jihatlardir. Ikkinchi yo‘nalish 
esa (jismoniy tarbiya) kishi ma’naviyatidagi sog‘lom turmush tarzining ifodasidir 
va uchinchi yo‘nalish (o‘qish va yozishni o‘rgatish) farzandlarimizning «ma’naviy 
qashshoq» ligining oldini olishdagi ma’rifiy negizdir. 
Bu haqda «Avesto»da yana shunday bir fikr bor: «Tarbiya jamiyatning asosi. 
Shuning uchun bolalar yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi o‘qishni, yaxshi yozishni 
bilmog‘i lozim. Bolalarga voyaga yetgan sayin to‘rt narsani yaxshi o‘rgating. Eng 
avvalo, ko‘chat ekib bog‘ qilishni, uy ro‘zg‘or buyumlarini yasashni, chorvani 
boqishni hamda ekin ekishni yaxshi o‘rgating, mana shu to‘rt narsani bola yaxshi 
bilsa xor bo‘lmaydi, farovon hayot kechiradi». 
Ota – onalar yetti yoshga yetganda bolalarga muqaddas oq ko‘ylak kiydirib, 
shu kuni o‘qituvchiga berganlar. Ular eng avvalo, «ezgu fikrga, ezgu so‘zga, ezgu 
ishga ishonaman» deb quyoshga qarab qasam ichganlar va har kuni besh marta 
tahorat olib, ustozi bilan birgalikda quyoshga qarab madhiya o‘qiganlar.
Eng qadimgi «Hayot yo‘riqnoma – «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yildan 
oshib ketdi. Bu muqaddas kitobning yaratilishi va tarqalishi, ya’ni zardushtiylik 
ta’limoti va undagi diniy-falsafiy aqidalar, pandu nasihatlarni, O‘rta Osiyo xalqlari 
tarixi, madaniyati, urf-odati va ularni o‘rganish yoshlar ma’naviy dunyoqarashini 
kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
«Avesto»ning nasihatlari va boy an’analari yoshlarni har tomonlama 
tarbiyalab, kamolga yetkazuvchi qadriyatlarni qadrlashga chorlaydi. «Avesto»da 
bayon etilgan aqidalar, dono fikrlar odamlarni ezgulikka chorlovchi pandu-
nasihatlar, juda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan qadimgi Xorazmda kurtak yozgan 
zardushtiylik ta’limoti keyin O‘rta Osiyoga tarqalib uzoq vaqt davlat dini 
maqomiga ega bo‘lgan. Hozir ham Xoja nulai haqda turli rivoyatlar saqlanib 
kelinmoqda. 
«Avesto»ni o‘rganishning ahamiyati shundan iboratki, u yoshlarimizni
Vatanga e’tiqodli, dunyoqarashini teran qilib tarbiyalashda muhim ma’naviy 
merosdir. Undagi milliy qat’iyatlar orqali, ya’ni Hubbimxo‘janing (U haqda 
«Avesto»dagi rivoyatlarda ma’lumot bor, xususan Hubbimxo‘ja o‘sib-ulg‘ayibdi. 
Shuning uchun uning ota-onasi yurtga osh beribdi. Ular Amudaryo suviga sig‘inib 
yashabdilar, ulardan «Suvga tupirma» degan gaplar ham o‘sha davrdan hozirgacha 
yetib kelgan – mualliflar) onasi o‘g‘lini kutib yashagani, uning ishini davom 
ettirishi va bu orqali odamlarga yaxshilik qilishlik, insofli, diyonatli bo‘lishlikni 
o‘zlarining insoniy fazilatlari deb bilishlari ham yoshlar ma’naviy tarbiyasida o‘ta 
muhimdir
Demak, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda 
«Avesto» kitobidagi pand-nasihatlar, rivoyatlardan foydalanish mumkin. Ular 
yoshlarimizning milliy qadriyatlarga va an’analarga qiziqishlarini oshiradi, ilmiy-
dunyoviy va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashlarini yuksaltiradi hamda pirovard 
natijada o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish jadallashadi. Bu esa 


mustaqil mamlakatimizning yetakchi kuchlarining, ya’ni yoshlar tarbiyasi uchun 
muhimdir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday (ta’lim-tarbiya 
jarayonini boshlang‘ich ta’limsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Bular jamiyat taraqqiyotining mazmun-mohiyatiga mos ravishda yangicha 
mazmun kashf etib kelindi. Xususan, Zardushtiylar davridan keyin eramizdan 
avvalgi VI-I asrlardagi savodxonlikka e’tibor beradigan bo‘lsak, unda boshlang‘ich 
ta’limning elementlari asosan ikki yo‘nalishda amalga oshirilgan, ya’ni yerli 
xalqlar boshlang‘ich ta’limiga oid dastlabki ma’lumotlar va yunon savodxonligiga 
asoslangan boshlang‘ich ta’lim elementlari. Ta’lim yo‘nalishining ikkiga 
ajralishiga sabab o‘sha davrdagi Eron bosqini va undan keyin IV asrga kelib, 
Markaziy Osiyoni Iskandar Zulqarnayin (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan 
bosib olinishining ta’siri edi. 
Eramiz boshidagi, ya’ni I—VIII asrlarda diyorimizdagi boshlang‘ich ta’lim 
o‘zgacha mazmun-mohiyat kasb etdi, ya’ni oldingi davrlardagi boshlang‘ich ta’lim 
mazmuni jamiyat taraqqiyotiga mos takomillashib bordi. Bunda asosan 
boshlang‘ich ta’lim oldingi davrdagi Yunon mutafakkirlarining asarlarini 
o‘rganishga asoslangan savodxonlik asoslarini egallash qisman kun tartibida qolib, 
asosan arab alifbosi asosidagi boshlang‘ich ta’lim rasm bo‘la boshladi. Bu davrga 
kelib masjidlar tashkillashtirila boshlandi. Tarixiy manbalarga qaraganda bundan 
olti yuz yillar muqaddam Samarqand shahrida Hazrati Xizr masjidi ishga 
tushirilgan, uni Ko‘k masjid deb ham atalgan. Tabiiyki, bunday joylarda ham 
boshlang‘ich ta’limsiz savodxonlik asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi. 
Tarixda Sharq ma’naviy yuksalishining Oltin davri deb buyuk iz qoldirgan 
davr Ilk Uyg‘onish va So‘nggi Uyg‘onish davrlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning 
o‘ziga xos xususiyati shunisi bilan ahamiyatliki, bunda dunyoviy va diniy 
bilimlarga bab-baravar e’tibor qaratildi, marifat-ma’naviyatga intilish va jamoani 
ezgu niyatlarga, bunyodkorlikka yo‘naltirish insoniyatning asosiy burchi deb 
qaraldi. Bu davrga kelib, ta’lim tizimi turlari hozirgi ta’lim tizimi turlariga 
yaqinroq bo‘lgan ketma-ketlikka keltirilgan. Bular X asrlarga kelib an’anaviy 
ta’lim tizimiga aylandi. Ularning tarkibiy qisimlarini quyidagilar tashkil etadi: 
an’anaviy boshlang‘ich maktablar; o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari – 
madrasalar; xususiy o‘quv maskanlari; ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim 
maskanlari; mustaqil ta’lim. 
Bu davrga kelib diyorimiz ilm-fani dunyoga mashhur bo‘ldi. Ayniqsa, ilm 
ahli hurmat-e’tibor topdi, ommaviy ta’limga e’tibor kuchaytirildi va tabiiyki 
bunday jarayonlarda boshlang‘ich ta’limga e’tibor yanada kuchaytirildi. Buni 
Alisher Navoiyning quyidagi fikridan ham anglash mumkin: 
«Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamoq bo‘lmas ado aning haqqin yuz ganj ila». 
Umuman olganda, Uyg‘onish davrlarida insoniy qadriyatlar ulug‘landi. 
Bunda boshlang‘ich ta’limdan ko‘zlangan maqsad yurtimizda manaviyat va 
marifat turlarini keng egallash ko‘maklashish bo‘lgan. Ularda ilmga intilishga, har 


bir insonning iymonli, e’tiqodli bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilgan. Ana shu 
sababli yurtimiz olimlari, allomalari: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abi Ali 
ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Mahmud 
az-Zamaxshariy, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabilar 
dunyo ilm-faniga buyuk xizmatlar qildi. Ular yaratgan intellektul mulklari orqali 
dunyo fani ham rivojlanish cho‘qqilariga erishdi va xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash 
mumkinki, o‘zbek xalqi Yer yuzidan tortib Samogacha ma’lum va mashhur bo‘ldi. 
Bunday allomalarga boy yurtda albatta ma’naviyat. madaniyat, ma’rifat keng 
rivojlangan bo‘ladi. Bularning hammasi diyorimizdagi ta’lim-tarbiyaga kuchli 
e’tiborning natijasidir. 
VII-VIII asrlarda ham ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyoti va davlat tinchligiga 
bog‘liq holda olib borildi. Xalqimizning ma’rifatli hamda ma’naviyatliligi sabab 
bu davrda ham oilalarda. mahallalarda ta’lim-tarbiya muassasalari tashkil qilindi. 
Bu davrda otin oyilar ham tayyorlandi va ular yordamida qizlarimizni ham 
savodxon bo‘lishiga kirishildi. 
Demak, har qanday davrda ham boshlang‘ich ta’lim o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgan emas, chunki u siz inson, insoniyat, jamoa, jamiyat hattoki davlat ham 
yuksaklikka erisha olmaydi. 
2. 
Jadidchilik 
harakati 
namoyondalarining 
boshlang‘ich 
ta’limni
rivojlantirishdagi faoliyatlari. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida diyorimizda jadidchilik harakati keng 
yoyildi. Jadidchilik harakati namoyondalari xalq savodxonligini taraqqiy ettirishga 
fidoyiliklar qildilar va bu borada ular milliy maktablar ochishda jasorat 
ko‘rsatdilar. Ularning faoliyatlari milliy o‘zligimizni anglash va yosh avlod 
ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Avvalo, jadidchilik haqida yoki jadidchilik o‘zi nima? 
Bizga ma’lumki, millatning yashamog‘i va uni rivojlantirilishi uchun avvalo 
Vatan mustaqil bo‘lmog‘i lozim. Jadidchilar buni anglab yetdi va ular shu oliy 
maqsadda keng xalq ommasini uyg‘otishga alohida e’tibor berdi. Jadidchilar bu 
maqsadga yetish uchun yangi g‘oya zarurligini ham chuqur anglab yetgan edilar. 
Shuning uchun bu g‘oyalarni targ‘ib etishga gazeta, jurnallar ta’sis ettirdi, teatr va 
ularga mos sahna asarlari tayyorlandi va tabiiyki birinchi navbatda yangi 
maktablarni tashkil etishga hamda yangi O‘quv adabiyotlarini chop ettirishga 
kirishildi. 
Demak, «Usuli jadid» maktablarining yuzaga kelishi bejiz emas. Ular jamiyat 
taraqqiyotiga mos hayotiy zarurat edi. Umuman olganda, «Jadid» so‘zining 
ma’nosi «Yangi» so‘zini anglatadi. Jadidchilik harakati namoyondalari nuqtayi 
nazaridan qaraganda esa u «Yangi tafakkur», «Yangi inson», «Yangi avlod» kabi 
keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. Shu maqsadni shior qilib olgan ma’rifatparvar 
fidoyi insonlar tufayli mamlakatda jadidchilik harakatlari boshlanib ketdi va ular 
g‘oyalari tezlik bilan hayotning qaloq zulmatli qarigacha yoritdi, hayotimizga sof 
va musaffo ruhni olib kirdi. Ushbu jarayonda birinchi navbatda maktablar isloh 


qilina boshlandi. Isloh dastlab boshlang‘ich maktabni tashkil etishdan boshlandi. 
Boshlang‘ich ma’lumot beruvchi «Usuli jadid» maktablari dastlab Buxoroda, 
Samarqandda, Shahrisabzda, Toshkentda, Farg‘ona vodiysida ketma-ket tashkil 
etila boshlandi. Bu borada 1901-yilda birinchi bo‘lib Munavvarqori ochgan «Usuli 
jadid» maktabi alohida kasb etdi. U o‘z maktabi uchun «Adibi avval», « Adibi 
soniy» kabi alifbo kitoblarini, «Tajvid al-Qur’on», « Yer yuzi» kabi qo‘llanmalar 
yozib nashr ettirdi. U o‘z maktablarini rivojlantirish va targ‘ib qilish uchun 1913-
yilda «Turon» nomli jamiyatni ta’sis ettirdi hamda «Maktab» va «Nashriyot» 
nomli shirkatlarni tashkil etishga erishdi. Shuningdek, «Turon» kutubxonasi, 
«Turon» klubi, «Turon» gazetalari tashkil etilib, milliy aholi uchun moddiy-
ma’naviy yordam bera oldi. Shuning bilan birga jadidchilarning deyarli barcha 
faoliyatlari xalqimizda maorif-madaniyatga, ayniqsa, ma’naviyatga rag‘bat uyg‘ota 
oldi. Shu ma’noda ular g‘oyalari bunyodkorlikka asoslangan edi, deb to‘liq 
ishonch bilan aytish mumkin. 
Ular ma’rifat va madaniyatni ulug‘lash, o‘zligini anglash, o‘z xalqini hurmat 
qilish va ularning istiqbolli kelajagi uchun kerak bo‘lsa, o‘z jonini fido qilish kabi 
fidoiyliklar bilan yo‘g‘rilgan insonlardir. Bular nafaqat o‘z faoliyati, balki o‘z 
yangi g‘oyalariga sodiq va ularni amalga oshirishga jasorat ko‘rsata oladigan 
insonlar edi. Bular o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishda eng ta’sirchan 
vositalar va ma’lumotlar hamdir. Bundan jadidchilik harakati namoyondalari milliy 
g‘oyalarga sodiq va uni ro‘yobga chiqarishga fidoyi insonlar, degan xulosani 
chiqarish mumkin. Bu borada, aynan boshlang‘ich maktabni rivojlantirish 
borasidagi jadidchilik harakati namoyondalarining milliy g‘oyaga sodiqligi 
diqqatga sazovordir. 
Shu ma’noda Q. Karmishev va K. Normatovlarning izlanishlaridagi quyidagi 
fikrlari ahamiyatlidir: «Boshlang‘ich maktabni rivojlantirish, uni ma’rifatga xizmat 
qildirish, ma’rifat tufayligina milliy istiqlolni qo‘lga kiritish - bu umumiy 
maqsadning bir bo‘lagi edi xolos. Ular kerak bo‘lganda aktyor, kerak bo‘lganda 
muxbir, kerak bo‘lganda nashriyotchi, kerak bo‘lganda yozuvchi, kerak bo‘lganda 
siyosatchi, kerak bo‘lganda diplomant, kerak bo‘lganda olim bo‘ldilar va 
hayotning hamma jabhalarida kata jasorat ko‘rsatdi, hatto jonlarini xatarga qo‘yib, 
milliy istiqlol g‘oyasi sari yaqinlashib bordi. 
Bugungi kundagi milliy istiqlol g‘oyasini milliy qadriyatlarga aylantinish 
masalalari bundan yuz yil ilgari jadidlar tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan va 
qizg‘in muhokama qilingan. 
Milliy va milliy g‘oya tushunchasi bundan ikki yarim ming yil ilgari 
Demokrit tomonidan ishlatilgan. U yozadi: - har bir mamlakatning yagona sohibini 
- millat deb tushuntiradi. Millat va uning oldiga qo‘yilgan buyuk g‘oyalar, buyuk 
ezgu niyatlar uni buyuk kashfiyotlarga olib chiqqaniga tarix guvoh» . Jadidchilik 
harakati namoyondalarining millatparvarligi (ular millatimizning ma’naviy-
madaniy yuksalishiga turtki bo‘ldi), ma’rifat-parvarligi (ular darsliklar va boshqa 
O‘quv qo‘llanmalarini tayyorladilar hamda yangi usul maktablarini ochdilar), 


madaniyatliligi (ular ko‘pgina jurnallar va gazetalar ta’sis etdi, sahnalashtirilgan 
teatrlar uyushtirdi) va shu kabi jihatlari ma’naviyatimiz yuksalishiga mustahkam 
asos va turtki bo‘la oldi. Ularning har biri xalqimizni ilm-ma’rifatli qilish yo‘lida 
hormas tolmas kurashchilar bo‘lgan. Ular tanlagan yo‘l tamoman yangi yo‘l bo‘lib, 
u milliy ta’limni yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir ta’lim-tarbiya usuli edi. 
Bu haqda tadqiqotchi O.Jamoliddinovaning quyidagi fikrlari o‘quvchilar 
ma’naviyatini yuksaltirishda didaktik asos bo‘la oladi: 
«Ma’rifat ahillari avlodlar kamoliga befarq bo‘lmagan. Ular Vatan ozodligi va 
asriy armonlar ushalishini ilmli, shijoatli, tarbiyali avlod misolida ko‘rishgan. 
Ana 
shunday 
jonkuyar 
ma’rifatparvarlardan 
biri, 
o‘zbek 
ma’rifatparvarlarining yorqin namoyondasi Abdulla Avloniy ham sog‘lom va 
barkamol avlod tarbiyasi borasida boy meros qoldirgan.... 
Abdulla Avloniyning ta’limiy-axloqiy asarlari, xususan, «Turkiy Guliston 
yoxud axloq» asari, «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» darsliklaridagi 
ixcham hikoyalari bugungi kun yosh avlod tarbiyasi uchun g‘oyat dolzarbdir. 
Uning pand-nasihat, ibrat turkumidagi hikoyalari va asarlari yosh avlod tarbiyasida 
muhim o‘rin tutadi. Jumladan, u «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida badan 
tarbiyasiga e’tiborni qaratar ekan, shunday deydi: «Badanning salomat va quvvatli 
bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va 
o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur». Tarixga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, yuqoridagi qayd etilgan davrlarda doimo yurtimizda 
qahramonlar, olimlar, allomalar, donishmandlar bo‘lgan va ular taraqqiyparvar, 
bunyodkor, ma’rifatparvar, ma’naviyalli hamda fidoyi insonlar bo‘lgan. Buni 
mustaqillik davrida yanada yaqqolroq sezish mumkin. 
Yurtimizdagi mustaqillik (1991-yil 31-avgust kuni birinchi Prezidentimiz Ona 
diyorimizni muslaqil O‘zbekiston Respublikasi, deb e’lon qildi va 1-sentabr kunini 
«Mustaqillik kuni» bayrami deb e’lon qildi) O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga 
yaratuvchilik faoliyatini baxsh etdi. O‘sib kelayotgan barcha yosh avlodga 
ularning ma’naviy va aqliy yuksalishiga keng imkoniyallar yaratildi. Ana shular 
asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi va undan amaliyotda 
foydalanishga keng yo‘l ochildi hamda bunday faoliyat davlat siyosati 
darajasigacha ko‘tarildi. Ushbu davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat 
yurituvchi mutaxassislar oldiga milliy g‘ururli, insoniyat aql-zakovati yaratgan 
milliy moddiy va ma’naviy merosimizdan xabardor bo‘lgan barkamol avlodni 
shakllantirishdek buyuk istiqbolli vazifani qo‘ymoqda. Bu vazifani bajarish orqali 
millatning, jamiyatning taraqqiyotini (ta’minlash, ya’ni yurtimizning ham moddiy 
jihatdan, ham ma’naviy jihatdan yuksalishini ta’minlash mumkin. Bular 
yurtimizda shakllanayotgan barkamol avlod ishtirokida amalga oshiriladi. Bu 
tabiiyki, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limga katta 
mas’uliyat yuklaydi. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Poydevor mustahkam 
bo‘lsa, imorat baquvvat bo‘ladi». Ya’ni boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan Davlat 
ta’lim standartlarini (DTS) talablarini o‘quvchilar mukammal o‘zlashtirsa, yuqori 


sinflardagi DTS talablariga javob berishi osonlashadi. Bunday uzviylik va 
uzluksizlik barkamol shaxsni ma’naviy jihatdan ham yetuk qilib shakllantirish 
imkonini beradi 
Demak, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishning yuqorida ta’kidlangan barcha 
bosqichlardan mustaqillik davri boshlang‘ich ta’limi tubdan farq qiladi. 
«O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda 
(1998-yil 5-yanvar) «Boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv 
faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi 
nazorat qilish, o‘quv nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom 
turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta’minlanadi», deyilgan . 
Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3 - qismi –«Kadrlar 
tayyorlash milliy modeli»da boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan talabni quyidagicha 
ifodalagan, ya’ni «Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (1-4-sinflarni) qamrab 
oladi hamda O‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, 
ularda bilim o‘zlashtirish umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-
axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli 
munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi». Bu hujjatda boshlang‘ich 
ta’limda savodxonligi haqidagi ma’lumot uzluksiz ta’lim tizimining keyingi 
bo‘limlarida intellektual salohiyatli bo‘lishiga mustahkam asos bo‘la oladi. Shu 
sababli boshlang‘ich ta’limda yaxshi ta’lim-tarbiya berilsa, qaysi fan bo‘lishidan 
qat’i nazar, yuqori sinflarda O‘quvchining fanlarni o‘zlashtirishi oson bo‘ladi, 
degan xulosaviy fikr mavjud. 
Boshlang‘ich ta’limning yuqorida qayd qilingan tarixiy va nazariy asoslari 
quyidagi xulosani chiqarishga asos bo‘ldi. 
D e m a k , boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar, birinchidan, savodxonlik 
asoslarini egallashi va hisoblash tafakkuriga ega bo‘lishi, ikkinchidan, 
umummadaniy va axloqiy ko‘nikmalar bilan qurollanishi, uchinchidan, mantiqiy 
tafakkur qilishga kirisha olishi, to‘rtinchidan, aqliy rivojlanishning samarali 
bosqichiga o‘tishi, beshinchidan, ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish tizimining 
faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni o‘quvchi shaxsi ma’naviyati rivojlanishining 
jadallashuviga erishishi, oltinchidan, kommunikativ savodxonlikka kirishishi, 
yettinchidan, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga harakat qilishi, 
sakkizinchidan, moddiy va ma’naviy go‘zallikni his eta bilishi hamda zavqlana 
bilishi, to‘qqizinchidan, milliy boyliklarimiz (marosim, an’ana, urf-odatlarimiz va 
h.k.)ni o‘ziga singdira olishliklari zarur bo‘ladi va bu orqali ularda milliy ta’lim-
tarbiyaga 
nisbatan 
moyillik 
uyg‘onadi. 
O‘quvchilar 
ma’naviyatini 
shakllantirishning tarixiy va nazariy asoslaridan ham ma’lum bo‘ldiki, bugungi 
kundagi ta’lim tizimi yangi standartlar va dasturlar doirasida ta’lim jarayonini 
eskirgan uslubda olib borishga yo`l qo`ymaydi, chunki bu jamiyat taraqqiyoti 
talabidir. Shu sababli ham hozirda zamonaviy ta’lim uchun pedagogik 
innovastiyalar zarur. Bunga sabab pedagogik innovastiyani yaxlit murakkab 


dinamik jarayon sifatida qaralib, uning interfaol sifatlari, tarbiyaviy qismlari, 
funkstional tavsifi va uzviyligi izchil tadqiq qilinmoqda. 
3. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy 
talablar 
Vatanimizda hozirda ta’lim tizimiga e’tibor davlat 
siyosati 
darajasigacha 
ko‘tarilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
1997-yil 
29-avgustda 
“Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”) qabul qilindi. Shundan keyin boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha konsepsiyalar 
qabul qilindi . 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va yuqorida qayd etilgan 
qonunlar hamda me’yoriy hujjatlar boshlang‘ich ta’limni zamon talabi darajasida 
olib borishni talab etadi. Bu zamonaviy boshlang`ich ta’lim pedagogikasida 
dolzarb muammodir. Bunga sabab boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimi uchun 
asosiy poydevor vazifasini o‘taydi. Unda ta’kidlanganidek boshlang‘ich ta’limga 
qadimdan ota-bobolarimiz e’tibor berib kelganlar. Ulardan ba’zilari haqida quyida 
qisqacha to‘xtalamiz: 
1. Zardushtiylik dinining asoschisi va «Avesto» kitobining muallifi Spitama 
Zardushtra ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor bergan. 
Demak, boshlang‘ich ta’limga eramizdan oldin yaratilgan muqaddas 
kitoblarda ham alohida e’tibor bergan desak xato bo‘lmaydi. Ularda asosan 
mantiqiy tafakkurni va shu asosdagi dunyoqarashni yuksaltirish asosiy e’tiborga 
olingan. Bu davr boshlang‘ich ta’limida o‘z-o‘zini anglash salohiyatini 
shakllantirishga harakat qilingan. Unda moddiy va ma’naviy go‘zallikni his eta 
bilishga hamda zavqlanishga undash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni ta’lim 
oluvchilar ongiga singdirishga harakat qilingan. Shuningdek, marosim, an’ana, urf-
odatlarimizni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish orqali ularda ma’naviy jihatdan 
tarbiyalanishga moyillik uyg‘otilgan va ularga rioya qilishliklar o‘rgatilgan. 
«Avesto»da qayd etilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tabiat va ular 
hodisalariga bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar, shuningdek, tabiat va insoniyatni sof 
saqlashga qaratilgan, qadriyatlar ta’lim mazmuniga to‘laligicha kirishiga harakat 
qilingan. Bu davrning va unga mos «Avesto» ta’limotining diqqatga sazovor joyi 
shundaki, unda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi tarannum qilingan, ya’ni 
«Ezgu o‘y → ezgu so‘z → ezgu amal» tizimining “Yovuz niyat → yovuz fikr → 
yovuz harakat» tizimi ustidan g‘alabasini odamlar va ta’lim oluvchilar ongiga 
singdirish asosiy e’tiborda bo`lgan. Bu yurtimiz yoshlari ma’naviyatini 
yuksaltirishga fundamental asos bo‘la oladi va ular yoshlarimizdagi ma’naviy 
qadriyatlarimizga 
bo‘lgan 
hurmatni yanada oshiradi hamda ma’naviy 
tarbiyamizning chuqur ildizlari uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlaydi. 
2. Eramizdan oldingi VI-I asrlarga kelib yurtimizdagi boshlang‘ich ta’lim 
mazmunida o‘zgarishlar bo‘ldi. Ya’ni an’anaviy boshlang‘ich ta’limga yunon 

Download 474.28 Kb.
  1   2




Download 474.28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari

Download 474.28 Kb.
Pdf ko'rish