Boshlang’ich ma’lumotlar




Download 65.39 Kb.
bet1/10
Sana25.11.2022
Hajmi65.39 Kb.
#31818
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PXBT nazariya


  1. Boshlang’ich ma’lumotlar

Avtomat blokirovka (AB) poyezdlar harakatini intervalli muvofiqlashtirishning eng mukammal vositasi hisoblanadi. Mamlakatimiz temir yo‘llari tarmog‘ining 2/3 dan ko‘proq qismi u bilan jihozlangan.


Poyezdlarni svetoforlarning signal ko‘rsatmalari bilan bog‘lab turgan rels zanjirlarining (RS) qo‘llanishi sababli, avtoblokirovka poyezdlar harakatlanish xavfsizlik darajasini oshiradi. Shu bilan birga stansiyalar orasidagi peregonlarni alohida blok-uchastkalarga bo‘lish hisobiga temir yo‘l liniyalarining o‘tkazish imkoniyatini yaxshilashga erishilib, bu temir yo‘llar ishining texnik-ekspluatatsiya ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq AB ta’siri faqat svetoforlarning signal ko‘rsatmalari bilan cheklanib, shu sababli undagi harakatlanish xavfsizligi to‘lig‘icha signallarning lokomotiv mashinistlari tomonidan aniq ijro etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida AB qurilmalari uzluksiz tipdagi avtomat lokomotiv signalizatsiyasi (ALSN) bilan, bundan tashqari, poyezdlar va avtotransport harakatlanishi uchun eng xavfli joylardan biri – mashina o‘tish joylari mavjud bo‘lganida − avtoblokirovka o‘tish joylarini chegaralaydigan avtomat qurilmalar bilan to‘ldiriladi. Avtoblokirovkada shuningdek avtomat dispetcherlik nazorati (DK) ham jihozlanib, u poyezd dispetcherini poyezdlarning temir yo‘l uchastkasidagi joylashgan o‘rni haqidagi operativ axborot bilan ta’minlab, shu bilan birga AB asosiy uzellari va o‘tish joyi signalizatsiyasi holatini nazorat qiladi.
Aytib o‘tilgan avtomatika va telemexanika qurilmalaridan (AT) kompleks foydalanish temir yo‘llarda keng miqyosda qo‘llanadigan poyezdlar harakatini yuksak darajada va samarali rostlash tizimining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun nazariy bilimlarga ega bo‘lish va uni loyihalashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash transport avtomatikasi va telemexanika sohasi mutaxassisini shakllantirish uchun mutlaq zarur hisoblanadi.
Mazkur kurs loyihasining mazmuni ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan.



Download 65.39 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 65.39 Kb.