|
Boshlang’ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikadan foydalanishning maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/2 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 73,23 Kb. | | #245466 |
Bog'liq Qiziqarli matematikaO‘quvchilarni qiziqarli matematika kursini o‘rganishga tayyorlash. I–IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq. Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 1. Nechagacha sanashni biladi? 2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi? 3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi? 5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa oladimi? 6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi? 9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?
|
| |