• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
  • Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida




    Download 90.88 Kb.
    Sana21.11.2022
    Hajmi90.88 Kb.
    #31116
    Bog'liq
    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, adsobtsion xromatagirafiya111111111111, 0100000

    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida


    Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi predmeti. Ulkan iqtisodiy o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga etkazish vazifasini qo'ydi.
    Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.0
    «Metodika» grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.
    Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
    Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o'qitiladi).Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi).
    Boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi matematika O‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
    1.Matematikao‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
    2.Matematikao‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
    3.Matematikao‘qitishning amaliy maqsadi.
    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
    • O‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
    • Matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
    • O‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.

    Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
    Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
    Matematika o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.

    Bolalarni o‘qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil,sintez, taqqoslashumumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar o‘quvchilarnig og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


    Download 90.88 Kb.




    Download 90.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida

    Download 90.88 Kb.