Boshlang‘ich sinflarda ona till o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari




Download 81.56 Kb.
bet1/5
Sana22.10.2022
Hajmi81.56 Kb.
#27835
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BTOna tili o`qitish metodikasi
2. O\'zEYaT Ishchi dastur , Mutaxassislikka kirish ishchi dastur 9-sentabr, Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi, O2, Referendum, titul hisobot, obyektivka-namuna (2), 20 TA XOSMAS INTEGRAL (2), 1-mavzuga test OO`metodikasi, Kalendar reja - 2022-2023. J.Shahrizod (3), Maktabgacha pedagogika 2, 1-мавзу, dars jadvalla, Notiqlik va nutq mahorati to`garak ish reja

Boshlang‘ich sinflarda ona till o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari
Reja:
1.Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti. 2.Savod o‗rgatish metodikasining maqsad va vazifalari 3. Metodika fani masalalari. 4. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani bo‗limlari. 5.Boshlang‗ich ta‘limda Davlat ta‘lim standartlari Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti o‗quvchilarga o‗zbek tilini o‗rgatish yollari va vositalari, ona tilini egallash, ya‘ni nutqni, o‗qish va yozishni, grammatika va imloni o‗zlashtirib olish to‗g‗risidagi ilmdir. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‗qitishning asosiy maqsadi – o‗z fikrini og‗zaki va yozma tarzda to‗g‗ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‗zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida ona tili fani ni o‗qitish-ning asosiy vazifasi: o‗quvchi shaxsini fikrlashga, o‗zgalar fikrini anglashga, o‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‗quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‗zning tarkibi, so‗z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllan-tirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‗g‗ri va ravon bayon eta olish ko‗nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat 11 . Umumiy o‗rta ta‘limning boshlang‗ich sinflarda o‘qish fani o‗quvchilarni ongli, to‗g‗ri va ifodali o‗qishga o‗rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‗quvchilarni har tomonlama rivojlan-tirishga xizmat qiladi 22 . Metodika maktab oldiga qo‗yilgan ta‘lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o‗rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta‘lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta‘lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi. Metodika fani quyidagi masalalarni o‗rganadi: 1. O‗qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak? sawoliga javob beradi, ya‘ni boshlang‗ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta‘lim mazmunini belgilab beradi, o‗quvchilar uchun darsliklar va qo‗lanmalar yaratib, ularni takomil-lashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi. 2. O‗qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‗quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya‘ni „Qanday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi. 3. O‗quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‗nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya‘ni „Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o‗rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‗qitish metodikasining dast-labki bosqichi bo‗lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‗rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasining o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‗ich sinflarda ona tilini o‗qitish grammatika, imlo va unga bog‗liq holda nutq o‗stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o‗rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‗qish metodikalarini ham o‗z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: 1 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 18-bet 2 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 87-bet. a) boshlang‗ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya‘ni kursning (xat-savod o‗rgatish, o‗qish, grammatika, imlo, nutq o‗stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash; b) o‗qish va yozuvdan bilim va ko‗nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o‗quvchilar duch keladigan qiyin-chiliklarni o‗rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to‗g‗rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; d) ona tilidan beriladigan o‗quv materialini o‗quvchilar aniq tushunishi va puxta o‗zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‗quvchilarning umumiy taraq-qiyotiga, ya‘ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‗ylashini, nutqini o‗stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish; e) ona tilini o‗rgatish bilan bog‗liq holda maktablar oldiga qo‗yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o‗quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o‗qitish metodikasi ta‘limning turli bosqichlarida o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini aniqlaydi, o‗qish-ning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta‘lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o‗qitishning izchillik va uzluksizligini ta‘minlaydi. Maktab-gacha ta‘lim muassasasida asosan, bolalarning nutqini o‗stirish nazarda tutiladi. Boshlang‗ich sinfda o‗quvchilar nutqini o‗stirish-dan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o‗zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish metodikasi.Ya‘ni elementar o‗qish va yozishga o‗rgatish. Bolalarga savod o‗rgatish pedagogika fanida-gina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki, xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. 2. Husnixat metodikasi. Boshqa fanlar kabi husnixat o‗qitish metodikasining ham o‗z predmeti bor. Husnixat o‗qitish metodika-sining o‗rgatish predmeti ta‘lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‗g‗ri, chiroyli yozishga o‗rgatish jarayoni hisoblanadi. 3. O‘qish metodikasi. Boshlang‗ich sinflarda o‗qish pred-metining vazifasi bolalarni to‗g‗ri, tez (me‘yorida), ongli va ifodali o‗qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 4. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‗lim unsurar to‗g‗ri yozuvga va husnixatga o‗rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang‗ich imlo malaka-larini shakllantirishni nazarda tutadi. 5. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‗lim boshlang‗ich sinflarda alohida o‗rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o‗quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‗ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‗zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfblogik shakli bilan ham og‗zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog‗lanishli nutqini o‗stirishni ham ta‘minlahi kerak. Shuni aytib o‗tish kerakki, bog‗lanishli nutq maktablarda alohida bo‗lim sifatida o‗rganilmaydi, u til fanining boshqa bo‗limlari bilan bog‗langan holda shakllantiriladi. Savod o‘rgatish metodikasining maqsad va vazifalari O‘qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o‗qitish unsurar o‗qish va yozishga o‗rgatishdan boshlanadi. „Alifbe"ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o‗quvchilar o‗qish va yozishga o‗rgatiladi, ya‘ni o‗qish va yozish ko‗nikmasini egallaydilar. Savodga o‗rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan muddatni, ya‘ni ikki o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matn-dan gap, gapdan so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‗g‗in > so‗z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‗zlar, matn, kichik hikoya va she‘rlardan foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she‘riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‗qish darslari o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borish-ga, ularni mustaqil o‗qishga, o‗qituvchi va otaonalar yordamida badiiy o‗qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. O‗qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‗lib, u nutqqa oid malakadir. O‗qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya‘ni og‗zaki hikoya qilish, o‗zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog‗liq holda shakllanadi. Maktabda o‗qitishning muvaffaqiyati savod o‗rgatisfming qanday tashkil etilganligiga bog‗liq. O‗quvchini savod o‗rgatish jarayonida unsurar o‗qish va yozishga o‗rgatishda o‗quvchilarning faoliyat ko‗rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo‗lishi, o‗z fikrini og‗zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. O‗qish va yozish malakasi bilan ikkinchisining muvaf-faqiyatli amalga oshuvini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham o‗qishga o‗rgatish bilan yozuvga o‗rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o‗rgatish jarayonida bola juda ko‗p o‗qishi va yozishi zarur. O‗qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o‗qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko‗pincha o‗qilgan matnni og‗zaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o‗stiradi. O‗quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad – o‗qish va yozishni o‗rganish hamda hozirda bajarishi shart bo‗lgan kundalik maqsad – topishmoqni o‗qish va javobini topish, so‗z va gaplarni o‗qish, rasm asosida so‗zlab berish kabilar turadi. O‗zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya‘ni fonematik yozuvdir. Harbir tovushuchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‗qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o‗qish va yozish faoliyatida o‗quvchi uchun qiyinchilik tug‗dirgandek tuyulsa-da, aslida o‗qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‗p emas. O‗qish va yozishni o‗zlashtirish uchun tovush va harflarning o‗zaro miiiiosabatiga oid qoidalarni o‗zlashtirish kifoY. Savod o‗rgatish metodikasida o‗zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O‗zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi „Lotin yozuvi-ga asoslangan o‗zbek alifbosini joriy etish to‗g‗risida"gi qonunga muvofiq o‗zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos gratik‘shakl qabul qilindi. O‗qituvchi savod o‗rgatish jarayonida o‗quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o‗qishga o‗rgatishda o‗zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o‗rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‗z bo‗g‗inga bo‗linadi, bo‗g‗indan kerakli o‗rganilayot-gan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‗rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‗qish jarayoni o‗zlash-tiriladi. Bunda o‗zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgi-lash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‗rgatishda o‗zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 1. Savod o‗rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‗zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‗. E harfi so‗z va bo‗g‗in boshida qo‗llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o‗rta keng lablanmagan unli tarzida o‗qiladi (kel, tez). Savod o‗rgatishda oldin so‗z boshida ketadigan e, so‗ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. O harfi o‗zbekcha, umumturkiy so‗zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so‗zlarda urg‗usiz bo‗g‗inda a tarzida (botanika), o‗ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traklor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‗zlar savod o‗rgatish davridan so‗ng o‗quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so‗zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so‗zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so‗zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi. 1 tovushi bilan, sira kabi so‗zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi. 2. O‗zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‗, sh, ch, ng. Undoshlami o‗rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya‘ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‗g‗in va so‗z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‗rgatiladi. Harf birikmalarini o‗rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o‗rganilishi maqsadga muvofiqdir. J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‗rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqiar yordamida ko‗nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa sirg‗aluvchi j tovushi va lining talaffuzi o‗rgatiladi. So‗ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqiar yordamida mustahkamlanadi. Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‗rgatiladi. O‗quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‗qish va yozishga ko‗nikishlari lozim. Bu davrda s‘h (is‘hoq) tarzida o‗qiladigaii holatga to‗xtalmaydi. Jarangsizjufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, d-t, p-f, g-k, Z~s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e‘tibor qaratiladi. X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dast-labki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‗yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi. Tutuq belgisi (‗) unli tovushdan so‗ng kelsa, uni cho‗zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‗ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‗llashga doir ko‗nikmalar shakllantiriladi. Savod o‗rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o‗rni o‗rgatiladi. O‗quvchilarni o‗qishga o‗rgatish bo‗g‗in asosida olib boriladi. Bo‗g‗inlab o‗qishga o‗rgatish uchun so‗zni bo‗g‗inga bo‗lishi, bo‗g‗in chegarasini aniqlashni o‗rgatish muhim sanaladi. Savod o‗rgatish davrida o‗quvchilar so‗zlarni bo‗g‗inlarga to‗g‗ri ajrata olsalar, o‗qish ko‗nikmasini ham yaxshi egallaydilar. Boshlang‘ich ta’limda o‘quv dasturi – o‗quvchilarning savodxonligini ta‘minlash, ularni og‗zaki va yozma nutqida adabiy nutq me‘yorlariga rioya qilishga o‗rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‗quv dasturi quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Savodga o‗rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan muddatni, ya‘ni ikki o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matn-dan gap, gapdan so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‗g‗in > so‗z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‗zlar, matn, kichik hikoya va she‘rlardan foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she‘riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‗qish darslari o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‗qishga, o‗qituvchi va otaonalar yordamida badiiy o‗qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq, o‗quvchilar nutqini yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi3 . Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Nutq va gap. Ona tilining fonetik tizimi: nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil); bo‗g‗in va bo‗g‗in tuzilishi, so‗zlarni bo‗g‗inlab ko‗chirish. So‗z va so‗z ma‘nolari (lug‗aviy tahlil: bir ma‘noli so‗zlar, qarama-qarshi ma‘noli so‗zlar, ko‗p ma‘noli so‗zlar); So‗z tarkibi: asos va qo‗shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‗zgarishi, asos va qo‗shimchalar imlosi; So‗z ma‘nosi: so‗zlarning ma‘nosiga ko‗ra guruhlash: shaxs - narsalar nomini bildiruvchi so‗zlar, shaxs - narsalarning harakatini, belgisini, sanog‗ini va tartibini bildiruvchi so‗zlar, shaxs - narsaga ishorani ifodalovchi so‗zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi). Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‗ra turlari (darak, so‗roq, buyruq va hishayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‗roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko‗p nuqta; gapning gap bo‗laklariga ko‗ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‗laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‗ldiruvchi bo‗laklar (ikkinchi darajali bo‗laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno); gapda so‗zlarning o‗zaro bog‗lanishi, so‗z birikmasi, gapning uyushiq bo‗laklari, ularning o‗zaro bog‗lanishi (ohang, bog‗lovchi so‗zlar yordamida); Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya. Sinfdan tashqari o‘qish o‗qish darslari bilan bog‗lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‗qish mazmuniga ko‗ra ta‘limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‗limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o‗qish doirasi, ya‘ni o‗qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‗qish bilan tanishtirish yuzasidan o‗quvchilarga ko‗rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‗quv materiallar asosida bilim, ko‗nikma va malakalar shakllantiriladi. O‗quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya‘ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‗quvchilar o‗qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadi-lar, so‗ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‗tadilar. O‗quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‗qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‗zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‗zlaridagi axloqiy-ma‘naviy fazilatlar-ning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‗quvchilarning og‗zaki hamda yozma 3 Boshlang‗ich ta‘lim bo‗yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti. – T.: 2005. 34-36-betlar. nutqlari rivojlanadi. Bola-ning matn mazmunini to‗liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‗zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi. Boshlang‘ich ta’limda Davlat ta’lim standartlari Umumiy talablar O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida»gi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumta‘lim maktablari o‗quvchilarini darsliklar bilan ta‘minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida» 2006-yil 31-maydagi 362-son, Vazirlar Mahkamasining «2005-2009 yillarda umumta‘lim maktablari uchun darsliklar va o‗quv-metodik qo‗llanmalar nashr etish dasturi to‗g‗risida» 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son hamda «2009-2013 yillarda o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari uchun o‗quv qo‗llanmalarini nashr etish dasturi to‗g‗risida» 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorlariga muvofiq, umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari uchun o‗quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi. «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonunning «Davlat ta’lim standarti» tо‘g‘risidagi 7-moddasida belgilab berilgan idek, «Davlat ta‘lim standarti umumiy umumiy о‗rta, о‗rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim mazmuniga hamda sifatiga qо‗yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta‘lim standartlarini bajarish О‗zbekiston Respublikasining barcha ta‘lim muassasalari uchun majburiydir». О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Davlat ta‘lim standarti tо‗g‗risidagi Nizom»ga binoan, umumiy о‗rta ta‘limga, shu jumladan, boshlang‗ich ta‘lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta‘lim standarti talablari va meyoriy kо‗rsatkichlari belgilab qо‗yildi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi oldiga qо‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida davlat boshlang‘ich sinf о‘quvchilaridan standartda belgilab qо‘yilgan minimal kо‘rsat-kichlarga erishishni talab qiladi о‗z navbatida bu kо‗rsatkichlarga erishish uchun zarur bо‗lgan ta‘limiy xizmatlar va vositalar bilan ta‘minlaydi 4 . Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‗z fikrini og‗zaki va yozma tarzda to‗g‗ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‗zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‗quvchi shaxsini fikrlashga, o‗zgalar fikrini anglashga, o‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‗quvchilarda grammatikaga oid o‗zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‗zning tarkibi, so‗z yasalishi, morfo-logiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; 4 Boshlang‗ich ta‘lim bo‗yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti. – T.: 2005. 17-bet. ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‗g‗ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari: 1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): A1. Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; - matnni tushunib o‗qiy oladi; - og‗zaki nutqda so‗z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; - 65-70 so‗zdan iborat diktantni yoza oladi; - xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi; - do‗sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi. A1+. -sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; - matn mazmunini tushunib ifodali o‗qiy oladi; - 70 -75 so‗zdan iborat diktantni yoza oladi; - 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. 1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): A1. - ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‗g‗in ko‗chirish qoidalariga amal qila oladi; - mavzuga oid yangi so‗zlarni og‗zaki va yozma nutqda qo‗llay oladi; - yozma nutqda tinish belgilarini to‗g‗ri qo‗llay oladi. A1+. - so‗zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‗g‗ri shakllantira oladi; - gapning ifoda maqsadiga ko‗ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‗rinli qo‗llay oladi. Adabiyotlar: 1. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –―O‗zbekiston‖ -2016.56 B. 2. Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent – ―O‗zbekiston‖ -2016.488 B. 3. Qosimova K., Matjonov S., G‗ulomova X., Yo‗ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‗qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 4. Yo‘ldoshev N. va Raxmatillayeva Sh. Ona tili o‗qitish metodikasi. – Qarshi.: Nasaf. 2018. – 146 b. 5. Boshlang‗ich ta‘lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‘lim standarti. – T.: 2005. 6. Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 18-bet. 7. G‘ulomova X., Yo‗ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‗qitish metodikasi. – T.: TDPU, 2009. – 70 b. 8. G‗ulomov M. Yozuv daftari. (1-sinf uchun darslik)– T.: Ma‘naviyat, 2019. 9. Safarova R. va boshqalar. Savod o‗rgatish darslari. -T.: Ma‘naviyat, 2003. 10. Safarova R. va boshqalar. Alifbe. (1-sinf uchun darslik). -T.: Ma‘naviyat. 2019. 11. Yo‘ldoshev N.. O‘sarova M. Boshlang‘ich ta‘lim fanlarini o‘qitishda quvnoq daqiqalardan foydalanish. - Qarshi.: Nasaf. 2020. – 35 b. 12. Yo‘ldoshev N.. Beknazarova X. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish. - Qarshi.: Nasaf. 2019. – 56 b. 13. Abdullayeva Q. va boshqalar. ―Savod o‗rgatish‖. T-1996. 14.G‘afforova T. va boshqalar. ―1-sinfda savod o‗rgatish‖, T-1997. Internet saytlari: www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. Ziyonet. uz www. edu. uz tdpu-INTRANET. Ped


Download 81.56 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 81.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinflarda ona till o‘qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari

Download 81.56 Kb.