Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari




Download 81.56 Kb.
bet2/5
Sana22.10.2022
Hajmi81.56 Kb.
#27835
1   2   3   4   5
Bog'liq
BTOna tili o`qitish metodikasi
2. O\'zEYaT Ishchi dastur , Mutaxassislikka kirish ishchi dastur 9-sentabr, Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi, O2, Referendum, titul hisobot, obyektivka-namuna (2), 20 TA XOSMAS INTEGRAL (2), 1-mavzuga test OO`metodikasi, Kalendar reja - 2022-2023. J.Shahrizod (3), Maktabgacha pedagogika 2, 1-мавзу, dars jadvalla, Notiqlik va nutq mahorati to`garak ish reja
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari
1. Analiz metodi. 2. Sintez metodi. 3. Analitik mashqlar. 4. Sintetik mashqlar. 5.Savod o„rgatish jarayoni bosqichlari Analitik - sintetik (tahlil - tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Analiz va sintez metodlari savod o„rgatish jarayonida bir-biri bilan bog„liq ravishda olib boriladi. Savod o„rgatishda analiz-sintezdan oldin o„tkazilsa-da, ular bir-birlaridan ajralmaydi. Analiz va sintez savod o„rgatish jarayonida bir-biri bilan bog„liq ravishda olib borish bo„g„inlab o„qish ko„nikmasini shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Tilshunoslikda tovushni analiz va sintez qilish usullari maxsus ishlangan. Ta‟lim jarayonidagi o„zarishlar analitik - sintetik tovush metodidan foydalanishda olimlarimiz tomonidan turli tavsiyalarning taklif etilmoqda. Alifbeshunos olima Qumri Abdullayeva o„quvchilarga yangi tovush va harflarni o„rganish uchun quyidagi tartibni tavsiya etgan: Analiz metodi: a) Nutqdan gapni ajratish; b) Gapni so„zlarga ajratish va zarur bo„lgan so„z yuzasidan talaffuz mashqini o„tkazish; v) Ajratib olingan so„zni bo„g„inlarga bo„lish; d) Bo„g„in tartibidan o„rganilgan tovushni ajratish va talaffuzini o„rganish; e) Yangi tovushning grafik belgisi-bosma harf bilan bolalarni tanishtirish. Sintez metodi: a) Kesma harflardan bo„g„in va so„z tuzish; b) Tuzilgan so„zni o„qish; v) Tuzilgan yangi so„zni «Alifbe» kitobidan o„qish; e) Yangi so„z ishtirok etgan gapni «Alifbe» kitobidan o„qish. Metodist olim Maxmudjon Yusupov analitik-sintetik tovushdan foydalanishning quyidagi usulini taklif etgan: Analitik mashqlar: a) Belgilangan tayanch so„zini va tarkibidagi yangi o„rganilayotgan tovushni to„g„ri talaffuz qilish; b) Yangi o„rganilayotgan tovushni tayanch so„zdan ajratib olish va sof xolda talaffuz qilish; v) Shu tovushni talaffuz qilish jarayonida nutq organlarining xolatini amaliy ko„rsatish va izohlab tushuntirish;talaffuzi o„rganilgan tovushni to„g„ri so„zlar tarkibidan topish; d) Tarkibidagi yangi o„rganilgan tovush ishtirok etadigan so„zlar tanlash; e) Talaffuzi o„rganilgan tovushning grafik belgisi - bosma harf bilan tanishtirish; s) Harfning bosh va kichik shaklini, oldin o„rganilgan harflardan farqini ko„rsatib, tushuntirish. Sintetik mashqlar: a)Kesma harflardan bo„g„in tuzish va o„qish; b)Bo„g„inlardan so„z tuzish va o„qish; v)«Alifbe» tushunchalarida bo„g„inlarga bo„lib berilgan so„zlarni o„qish; e)«Alifbe» dagi so„z va gaplarni o„qish. M.Yusupov asosiy maqsadni nazarda tutib, anilitik mashqlarni nutqdan emas, so„zdan boshlashni tavsiya etadi. 1 Shu bois analitik-sintetik tovush metodining an‟anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Savod o„rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta‟limiy va o„stiruvchi xarakterda boiadi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o„sishini ta‟minlaydi, o„qishning ongli boiishini talab etadi. 2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bo„linadi: a) tayyorlov davri; b) alifbo davri. Bunda yozuvga o„rgatish o„qishga o„rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e‟tibor qaratiladi: a) savod o„rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; b) savod o„rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, tahlil va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; d) o„qish birligi sifatida bo„g„in olinadi, bo„g„in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir: 1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o„rgatish jarayonida o„quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o„qish va yozishga tayyorligiga bog„liq). 2. O‘qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so„z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish. 3. Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni o„qi-tishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, oson-ligini, ta‟limning tarbiyaviy va o„stiruvchi xarakterini hisobga olish. Ta‟lim jarayonida o„quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash unsurlari shakllantiri-ladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. Bolalarning savod o‘rgatishga tayyorgarligini o‘rganish. Savod o„rgatishni to„g„ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o„rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o„rganish avgust oyida, hatto undan oldin - bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga keladigan o„quvchining oilasiga yoki bolalar bog„chasiga borilgan, suhbat o„tkazilgan, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan. Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o„rgatishga maxsus tayyorlanyapdilar. Ular uchun bir-ikki, ba‟zi joylarda uch-to„rt oylik tayyorlov sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov mashg„ulotlarda bolalar tovush-harf bilan tanishtirilyapti, unsur tarzda yozuvga ham o„rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Bolani maktabga tayyorlash deganda nimani anglash lozim? Bunda: - bolaning salomatligi va jismoniy rivojlanishi talab daraja-sida bo„lishi; 1 Yusupоv M. O„qish vа yozuv dаrslаri sаmаrаdоrligini оshirish. Tоshkеnt. O„qituvchi. 1992y. 94 bet. - bolada nutq o„stirish, muloqotga kirisha olishni rivojlan-tirish; - nafosat tarbiyasi, musiqa, ashula, she‟riyat, ertak, rivoyat-lardan namunalar aytish va unga qiziqish uyg„otish; - elementar matematik savodxonlikni tarbiyalash; - jonli-jonsiz tabiatga mehr, mehnat qilish tushunchasi, o„simlik, hayvonot olamini asrabavaylash, ekologik madaniyatni shakllantirish; - boshlang„ich sanitariya, shaxsiy gigiyena, sog„lom turmush tarzini shakllantirish, o„z salomatligini saqlay olishga o„rgatish; - milliy urf-odatlar, qadriyatlar, an‟analar, bayramlar, tarixiy obidalarga hurmat bilan qarashni kichkintoy qalbiga singdirish; - nutq tovushlarini to„g„ri talaffuz qilishi. Tayyorlov sinflarning ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil emas. O„quv muddati 2 bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich: 1-apreldan 25-maygacha; ikkinchi bosqich: 10-avgustdan 25-avgustgacha. O„quv jarayoni haftada 5 kun (shanbadan tashqari) har kuni 30 minutdan 2 ta mashg„ulot olib boriladi. Boshlang„ich ta‟lim dasturiga tayangan holda mavzular rejasini 3 ta fanning negizini asos qilib olinadi: 1. Nutq o„stirish va o„qishga tayyorlash; 2. Yozuvga tayyorlash va tovushlar talaffuzini o„rgatish; 3. Hisoblash, sanash malakalarini hosil qildirish. Nutq o‘stirish va o‘qishga tayyorlash – davlatimiz ramzlari, maktabning ichki tartib qoidalari, yo„l harakati qoidalari, har xil janrdagi asarlarni tinglashni o„rganadilar. Asosiy maqsad – o„quvchilar nutqini o„stirish, lug„atini boyitish, fikrlash qobiliyati va dunyoqarashini o„stirish. Yozuvga tayyorlash va tovushlar talaffuzini o‘rgatish – yozuv qurollari bilan tanishtirish, qo„l barmoqlarini uzluksiz yozishga tayyorlash va harf unsurlarini yozishga o„rgatish. Tovushlarni to„g„ri talaffuz qilish va o„rni haqida tushuncha berish, ularni hosil qilish. Asosiy maqsad – dastlabki yozuv ko„nikmalarini shakllantirish va yozuv ashyolaridan to„g„ri foydalanishga o„rgatishdir. Hisoblash, sanash malakalarini hosil qildirish – 1 dan 10 gacha bo„lgan raqam unsurlarini yozish, to„g„ri hamda teskari sanash, og„zaki masala tuzishga o„rgatish. Asosiy maqsad – dastlabki hisoblash ko„nikmalarini o„stirish. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari Eski maktabda o„qish bilan yozish bir vaqtda o„rgatilmagan, awal faqat o„qish o„rgatilgan. O„qish hijo (bo„g„in) usuli bilan o„rgatilgan. O„qishga o„rgatishning „hijjai qadimiy" deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o„zgarishsiz davom etib kelgan. Hijo usulida o„qishga o„rgatishni 3 bosqichga bo„lish mumkin: 1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish („harfiy metod"). Bu metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo„lgan: bir necha yildan beri o„qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og„zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so„zlarining ma‟nosini tushunmay, suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o„tgan. Shundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg„iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo„lib yozib bergan. Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan. Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o„rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan. Bolalar 28 harf nomini 5-6 oyda zo„rg„a bilib olganlar, ularning ko„pchiligi harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be (y), qaysisi se (


Download 81.56 Kb.
1   2   3   4   5




Download 81.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi. Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari

Download 81.56 Kb.