Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o‘rgatish




Download 81.56 Kb.
bet3/5
Sana22.10.2022
Hajmi81.56 Kb.
#27835
1   2   3   4   5
Bog'liq
BTOna tili o`qitish metodikasi
2. O\'zEYaT Ishchi dastur , Mutaxassislikka kirish ishchi dastur 9-sentabr, Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi, O2, Referendum, titul hisobot, obyektivka-namuna (2), 20 TA XOSMAS INTEGRAL (2), 1-mavzuga test OO`metodikasi, Kalendar reja - 2022-2023. J.Shahrizod (3), Maktabgacha pedagogika 2, 1-мавзу, dars jadvalla, Notiqlik va nutq mahorati to`garak ish reja
Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o‘rgatish 1.Tovush ustida ishlash. 2. Savod o„rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar. 3.Savod o„rgatish davrida boshlang‟ich yozuvga o„rgatish Tovush ustida ishlash. Tovush savod o„rgatishning asosi boiib xizmat qiladi. Savod o„rgatish davrida so„z va bo„g„inlarni tovush tomonidan tahlil va sintez qilish, tovush va ularning artikulatsiyasini tahlil qilish mashqlari o„tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan bo„g„in, so„z tuzish kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va harf o„rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o„qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imloviy jihatdan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir. So„zlarni tovush tomonidan tahlil va sintez qilish usullari hozirgi kunda takomillashtirilib borilmoqda. Savod o„rgatishda asosan, quyidagi usullar amalda qo„llanilmoqda: I. Tahlil mashqlari. 1. Nutq (gap)dan so„zni ajratish; so„zni aniq talaffuz qilish; bo„g„inlarga bo„lish va bo„g„inlarni aniq talaffuz qilish, so„zdan, bo„g„indan tovushni kuchli talaffuz qilib o„qish, muayyan tovushni ajratgan holda so„zni bo„g„inlab o„qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik, iiish). 2. Darsda o„rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor: a) so„zdan tovushni cho„zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la, booo-la; b) undosh tovushni yopiq bo„g„indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A-minnn. d) sirg„aluvchi undoshni ochiq bo„g„indan ajratish: sssa-na, tu-yyya, ZZV-rak; e) bo„g„in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o‘-tin, a-na, e-tik, ipak; f) o„rganiladigan tovushni so„z boshida kelgan so„zlardan ajratish (so„zni o„qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o„quvchi aytadi): non, tok, olma,...; g) rasm nomini ifodalovchi so„zni aytish: o„qituvchi nokning rasmini ko„rsatib, noo deydi, o„quvchilar k tovushini qo„shib aytadtlar. nok. Bu jarayonda Omonashvili ishlab chiqqan usuldan ham foydalanish mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O„quvchilar o„rganilgan harflar ichidan notanishini topadilar, so„ng uning o„qilishi va fonetik belgilari ustida ishlanadi: Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingan-dan so„ng, odatda, shu tovush so„z boshida, o„rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so„zlar tanlanib, o„quvchilarga talaffuz qildiriladi. Misol: Ltovushi: laylak, olma,ll. O tovushi: olma, non, Omon. D tovushi: don, Odil (so„z oxirida jarangsizlashadigan ozod, obod kabi so„zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi). 3. So„zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo„g„inlarni sanash: Olma - ol-ma; o-l-m-a - to„rtta tovush, to„rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo„g„in .... Bu usuldan o„quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi. 4. Jarangli va jarangsiz undoshli so„zlami amaliy taqqoslash: dil-til, zira-sira kabi. Savod o„rgatishda tahlil va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki tahlil o„qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko„proq o„qish malakasini shakllantiradi. Tovush ustida ishlash. 1. Tovush tomonidan tahlil qilingan so„zni yoki bo„g„inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so„z yoki bo„g„inni o„qish. 2. O„rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) bo„g„in jadvalini tuzish; bo„g„in jadvalini kitobdan yoki matndan o„qish; kesma harflardan bo„g„in jadvalini tuzish. 3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so„zlarni o„qish (bunday so„zlarni o„quvchilarning o„zlari topib o„qishlari mumkin). 4. So„zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo„shib, yangi so„z hosil qilib o„qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o‘roqso‘roq; ol-xol, sol; savasavat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin. 5. So„z o„rtasiga harf qo„shib, yangi so„z hosil qilib o„qish: ko‘mak-ko‘lmak, zjrak-ziyak, tana-tashna, sila-siyla kabi. 6. Bo„g„inlarni almashtirib yangi so„z hosil qilish va o„qish: Gulnor-Norgul, asil-sila kabi. 7. Tovushlarning o„rnini almashtirib yangi so„zni hosil qilish va o„qish: somon-osmon, tilak-kalit, qo‘y- yo‘q. 8. Tovushni yoki bo„g„inni tushirib qoldirib, yangi so„z hosil qilish va o„qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola. 9. Bo„g„in qo„shib yangi so„z hosil qilish va o„qish: bog‘-bog‘bon, gul-gulzor, paxta-paxtakor. Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qo„shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo„lib, darsda yarim o„yin holatini vujudga keltirishga imkon yaratadi. Xulosa qilganda, faqat tahlil yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo„lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o„rin tutadi. O„quvchi so„zni tahlil qilish bilan uni leksik ma‟noga ega boigan bir butunlik sifatida anglaydi, bu - sintezdir; so„z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa tahlildir. Umuman, savod o„rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning faol fikrlashini ta‟minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o„quvchilarning bilish mustaqilligini ta‟minlaydi, „muammoli" vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o„stiradi. Tovush-harf tomonidan tahlil va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo„g„inlar va harf terish taxtasi, shuningdek, abak (harakat qiladigan lentali ko„rgaz-ma), kadoskop, alifbo multimediyasi va shu kabi texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi. Savod o‘rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o‘rgatish Savod o„rgatish jarayonida o„quvchilar o„qishga o„rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham unsurar malaka hosil qiladilar. Analitik-sintetik tovush metodi (tovush-tarkib metodi) tamoyiliga muvofiq, o„qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o„qishga o„rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya‟ni o„qish darsida o„quvchilar harfhi o„zlashtiradilar, matnni o„qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so„zni yozadilar. Yozuvga o„rgatish-ning bu tartibida genetik tamoyil buziladi, ya‟ni oson harfni yozishdan asta-sekin qiyin harfni yozishga o„tiladi. Yozuvga o‘rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta‟lim berish, ko„nikmani shakllan-tirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi. Grafik malaka qo‘1-harakat malakasidir, bu harakat, birin-chidan, muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutq birligi bo„lgan tovush grafik belgilarga, ya‟ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harming to„g„ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imlo qoidalarga rioya qitishni, uchinchidan, o„z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi. Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaf-faqiyatli va to„g„ri shakllanadi. Savod o„rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar. Yozuv malakasi o„qish malakasi bilan uzviy bog„liqdir. Bola yomon o„qisa, yozuvni egallashi ham qiyin bo„ladi, chunki bo„g„inlab o„qish malakasidan so„ng, bo„g„inlab yozish malakasi shakllanadi. Harf terish kartonida tuzilgan so„zi ko„chi-rish yoki yozishga tayyorlanishda bolalar uni bo„g„inlab o„qiydilar. Bu o„qish uchun ham, bo„g„inlab aytib yozish uchun ham, imloga oid malakasining o„sishi uchun ham muhimdir. Yozish va o„qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Keyinroq, bolalarda o„z fikrini yozma ifoda-lash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta‟sir qiladi. Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud: 1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to„g„ri tutish, turli qiya unsurlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va hokazo. 2. Harf unsurlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun unsurlar, osti va usti ilmoqli unsurlar chizish. 3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish. 4. Harf birikmalarini, bo„g„inni yozish, harflarni to„g„ri qo„shib yozish malakasini hosil qilish uchun so„z yozish. Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir tekisda, unsurlarga ajratmay bog„lab, tez, bir maromda yozish, so„zlarni qatorga to„g„ri joylashtirishdir. Shuni ta‟kidlash kerakki, savod o„rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko„z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba‟zan harf shaklini havoda „chizadi", harf namunasini ko„chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o„zicha sekin gapiradi; o„qituvchi o„quvchi yoniga o„tirib, ruchkani to„g„ri ushlatadi va uning qo„li bilan harfni yozishni ko„rsatadi yoki o„zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o„rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so„zni yozishi mumkin. O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993-yil 2- sentabrda „Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida"gi qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-mayda bu qonunga o„zgartirishlar kiritildi. Bu alifbo, birinchidan, og„zaki talaffuz bilan yozma nutq mosligini ta‟minlaydi, ikkinchidan, jahon xalqlarining 30 foizdan ortig„i mana shu yozuvdan foydalanadi. Bu esa xalqaro aloqa aralashuvni birmuncha yengillashtiradi. Lotin alifbosiga asoslangan o„zbek alifbosidagi harflar ham bosmasdan, ortiqcha jimjimasiz, qo„l uzmasdan bog„lab yoziladi. Shuning uchun yozuvga o„rgatish metodikasida harflarni qo„shishga alohida ahamiyat beriladi. O„quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo„shish yo„lini bilishlari lozim. Yozuv daftari bilan ishlash. Yozuv daftari asosida uyush-tiriladigan yozuv darslarida o„quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar. Yozuv ko„nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog„liq. Shu sababli yozuv daftari ham savod o„rgatish jarayoniga mos holda tuziladi. Yozuv daftarida ta‟lim beruvchi, o„rganuvchi-tekshiruvchi va tekshiruvchi mashqlar beriladi. Bu mashqlar bilan ishlash jarayo-nida lug„at ustida ishlash, to„g„ri tajaffuz, og„zaki suhbat, gap va so„z tahlili, so„z yoki bo„g„indagi yozilishi o„rganiladigan harfni ajratish, bo„g„inlarni biriktirish, tuzilgan so„zlarni o„qish va yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Yozuv daftarida o„quvchilar „Alifbe"da o„rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so„z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba‟zi o„rinlarda o„quvchilar berilgan gap yoki so„z chizmasini o„zlari mustaqil tasvirlaydilar. Predmet rasmi berilgan o„rinlarda shu predmet nomi - so„z bo„g„in-tovush jihatdan tahlil qilinadi, so„zdagi tovushlar soni suh-bat yo„li bilan aniqlanadi va katakchalarda ranglar bilan belgilanadi. Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o„sha gapntng tahlili ustida ish olib boriladi. Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi. Yozuv daftarida tinish belgilar qo„llangan. Ularshu belgi uchragan o„rinlarda tanishtirib boriladi. Yozuvga o„rgatishda o„quvchilarning ko„ruv, eshituv, qo„l harakati sezgilarini ishga solish lozim. Shunda yozuv quruq yozuv bo„lmay, ongli yozuvga aylanadi. Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish. Yozuv darslarida ham o„quvchilar nutqini o„stirish, fikrlashga o„rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Yozuvga o„rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarning o„z fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga kirishuvida muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o„quvchilar yozadigan birinchi so„z ularning jonli nutqidan yoki o„zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu jarayonda ko„chirib yozish va diktant ijodiy yozuvdan so„ng o„tkaziladi. Bu yozma mashq turlarining ongli bajarilishini, o„quvchilarning bilish faolligini ta‟minlaydi. Masalan, bolalar o„qish darsida „Alifbe" da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida esa o„sha gap yoki hikoyadagi malum bir so„zni yozadilar. Bu ular uchun ijodiy yozuv - inshodir. Keyin-chalik o„quvchilar alohida so„z yozishdan kichik-kichik gaplarni yozishga o„tadilar. O„quvchilar gap yoki hikoyani og„zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin yozish uchun o„rganilmagan harf bo„imagan so„zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o„qituvchi yordam berishi va yozuvai kuzatib borishi lozim. Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o„tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o„quvchi-larni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o„z fikriarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o„rgatadi. Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o„quvchilarning yozma nutqini og„zaki nutqi bilan bog„liq holda o„stirishni ta‟minlaydi. Adabiyotlar: 1. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O„zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O„zbekiston” -2016.56 B. 2. Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O„zbekiston” -2016.488 B. 3. Qosimova K., Matjonov S., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 4. Yo‟ldoshev N. va Raxmatillayeva Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. – Qarshi.: Nasaf. 2018. – 146 b. 5. Boshlang„ich ta‟lim bo‟yicha Yangi tahrirdagi davlat ta‟lim standarti. – T.: 2005. 6. Umumiy o'rta ta'limning boshlang‟ich ta‟limdan davlat ta‟lim standarti va o‟quv dasturi. Respublika ta‟lim markazi – T.: 2017. 18-bet. 7. G‟ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o„qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b. 8. G„ulomov M. Yozuv daftari. (1-sinf uchun darslik)– T.: Ma‟naviyat, 2019. 9. Safarova R. va boshqalar. Savod o„rgatish darslari. -T.: Ma‟naviyat, 2003. 10. Safarova R. va boshqalar. Alifbe. (1-sinf uchun darslik). -T.: Ma‟naviyat. 2019. 11. Yo‟ldoshev N.. O‟sarova M. Boshlang‟ich ta‟lim fanlarini o‟qitishda quvnoq daqiqalardan foydalanish. - Qarshi.: Nasaf. 2020. – 35 b. 12. Yo‟ldoshev N.. Beknazarova X. O‟qish darslari orqali o‟quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirish. - Qarshi.: Nasaf. 2019. – 56 b. 13. Abdullayeva Q. va boshqalar. “Savod o„rgatish”. T-1996. 14.G‟afforova T. va boshqalar. “1-sinfda savod o„rgatish”, T-1997. Internet saytlari: www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. Ziyonet. uz www. edu. uz tdpu-INTRANET. Ped


Download 81.56 Kb.
1   2   3   4   5




Download 81.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o‘rgatish

Download 81.56 Kb.