• Boshlangich sinf savod orgatish darsida oquvchilar nutqiga qoyilgan talablar
  • Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish




    Download 0.55 Mb.
    bet4/13
    Sana24.03.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #175853
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    KURS ISHI ABDUMAJIDOVA S-417
    Миллий кадириятлар, sALIQ KURSAVOY, Mamatqulova Xusnora, 4-sinf Tab, nazorat ishi 4-sinf kitobcha, CHIZIQLI algebra javobi 2, Sinf rahbar papkasi hujjatlari, sinf rahbari nizomi 2020, maktabda covidda ishlash, Bolalarni ijtimoiy tarbiyalashning ahamiyati va muhim jihatlari, 1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari, 7-mavzu. Hisob – kitob operatsiyalari hisobi (2 soat), ASAR BILAN TANISHTIRISH, 1-Ma\'ruza, 1
    Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish. Savod o'rgatish jarayonida o'quvchilar o'qishga o'rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o'quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:

    1. Partada to’g’ri o'tirish, daftarni to’g’ri qo'yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to'g'ri foydalanish, xoshiyaga rioya qilish.

    2. Ish daftari yoki alifbe asosida o'zbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so'zda bir-biriga bog'lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.

    3. Tahlil qilingan so'z va ikki-uch so'zli gaplarni o'qituvchi yordamida yozish.
    4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so'zlarni ko'chirib yozish va diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izoxlab o'qish bilan tekshirish.
    5.Og'zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
    Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o'qish va yozuv birligi saqlanadi.
    Harflarni yozishda o'qishga o'rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya'ni o'qish darsida o'quvchilar harfni o'zlashtiradilar, matnni o'qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so'zni yozadilar.
    Yozuvga o'rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta'lim berish, ko'nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
    Grafik malaka, birinchidan, qo'l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o'zlashtirilgan birligi bo'lgan tovush grafik belgilarga, ya'ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to'g'ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o'z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.
    Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuvlaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvoffaqiyatli va to'g'ri shakllanadi. Savod o'rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar, uz fikrini, xatto bir yozuv bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o'tadi. Yozuv malakasi o'qish malakasi bilan uzviy bog'liqdir. Bola yomon o'qisa, yozuvni egallashi qiyin bo'ladi, chunki bo'g'inlab o'qish malakasidan so'ng, bo'g'inlab yozish malakasi shakllanadi.
    Yozish va o'qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Keyinroq bolalarda uz fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqga, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta'sir qiladi.
    Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar:

    1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to'g'ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va hokazo.

    2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.

    3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish, harf birikmalarini, bo'g'inni yozish, harflarni to'g'ri tushib yozish malakasini hosil qilish uchun so'z yozish. Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir tekisda, elementlarga ajratmay bog'lab tez, bir maromda yozish, so'zlarni qatorga to'g'ri joylashtirishdir. Shuni ta'kidlash kerakki, savod o'rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko'z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba'zan harf shaklini havoda «chizadi», harf namunasini ko'chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o'zicha sekin gapiradi: o'qituvchi o'quvchi yoniga o'tirib, ruchkani to'g'ri ushlatadi va uning qo'li bilan harfni yozishni ko'rsatadi yoki o'zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o'rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so'zni yozishi mumkin.

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2 sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda qonunga o'zgartirishlar kiritildi. Bu alifbodagi harflarning asosiy xususiyati bosmasdan, qo'lni uzmasdan bog'lab yozishga mo'ljallangan. Shuning uchun yozuvga o'rgatish metodikasida harflarni qo'shishga alohida ahamiyat beriladi. O'quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo'shish yo'lini bilishlari lozim.
    Maktabda asosiy yozuv o'uroli sharikli ruchka, xattaxtada yozish uchun bo'rdan foydalaniladi.
    Savod o'rgatish davrida bolalarni yozuvga o'rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog'oz ishlatilgan bo'lsa, keyin quyoq yopiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan.
    Bunday daftarda yozuvga o'rgatilgan bola boshlang'ich sinflarni bitirgunga qadar besh xil daftarga yozishni o'rganishi talab etilar edi.
    Hozirgi vaqtda yozuvga o'rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo'lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba'zan birinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o'tiladi.
    Daftar tutishda bolalarni xoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavxani aniq va to'g'ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o'rgatib borish ularda saranjom- sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o'quvchilar «Yozuv daftari» bilan ishlaydilar. Sinfda o'rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo'lgani ma'qul.
    O'qituvchi yozish vaqtida 65 gradus qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25 gradus qiyalikda qo'yilishini ta'kidlab turadi.
    Orfofafiya grekcha «to'g'ri» va «yozaman» so'zlaridan olingan bo'lib, adabiy tilning yozma shakli bilan bog'liq. Orfografiya to'g'ri yozish haqidagi qoidalar ko'nikmasidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til normalari asosida yozma ifodalab bo'lmaydi. O'quvchilarning orfografik savodxonligi qaqida g'amxo'rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to'g'ri ifodalash, kishilar bilan o'zaro xatosiz muomala qilish uchun g'amxo'rlik demakdir. Savod o'rgatishda bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan bir vaqtda imloga oid malakani shakllantirishga ham zamin yaratiladi.
    Savod o'rgatish davrida o'quvchilar: a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so'zlarda tovush bilan harfning mosligini; b) so'zlarni alohida yozishni, ya'ni yozuv vositasida so'zni ma'no birligi sifatida ajratishni; v) so'zning satrga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chirib yozishni, bunda bo'g'in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko'chirib yozib bo'lmasligini; g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo'yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishini amaliy tarzda o'rganadilar.
    Savod o'rgatish davridayoq ko'chirib yozish, diktant va ijodiy yozuvlardan foydalaniladi. O'z-o'zini tekshirishga o'rganadilar.
    Yozuv darslarida ham o'quvchilar nutqini o'stirish, fikrlashga o'rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu davr o'quvchilarni to'g'ri va chiroyli savodli yozishlari uchun asosiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.

      1. Boshlang'ich sinf savod o'rgatish darsida o'quvchilar nutqiga qo'yilgan
        talablar


    Talimning yangi mazmuni o'quvchilarning har tomonlama kamol topishida, ularni faollashtirishga qaratilgandir. Ayniqsa, bolalarni xat-savodga o'rgatish, lug'atini boyitish, nutqlarini rivojlantirish orqali boshqa o'quv fanlarini o'zlashtirishlariga erishmoq lozim. Xat-savodga o'rgatish ta'limning muhim bosqichi bo'lib, bu davrda o'quvchilarga to'g'ri o'qish, chiroyli yozish hamda o'qiganlarini so'zlab berish o'rgatiladi. Nutqni gaplarga, gapni so'zlarga ajratish, tovushlarni eshitib va talaffuz qilib bir- biridan farqlash, so'zda tovushlarning birin-ketinligiga etibor berishni ham bilib olishlari ta’minlanadi.
    Xat- savod o'rgatish ishlarida bolalarni kesma harflar bilan ishlashga o'rgatish alohida ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalar, bo'g'inlar tuzishga tez o'rganadilar. Ochiq va yopiq bo'g'inlarni turli ko'rinishidan tuzilgan gaplar tuzishni ham mashq qiladilar. Kichik matnlarni ovoz chiqarib, bo'g'inlab, ongli, to'g'ri va ravon o'qishga o'rganadilar. Bu davrda bolalarni sidirg'a, yani, so'zlarni butunicha o'qishlariga alohida ahamiyat berish lozim. Bola avval ichida bo'g'inlab o'qisin, so'ng ovoz chiqarib so'zni butunicha aytsin.
    O'qish yozuv bilan uzviy bog'lab olib boriladi. Bu usul bolalarning og'zaki va yozma nutqini baravar rivojlanishiga yordam beradi.
    Xat-savod o'rgatish davrida bolalarni bosma harflar bilan yozma harflarning o'xshash tomonlarini farqlab, bosma harflarni yozma ravishda ko'chirib yozishga ham o'rgatish foydalidir. Chunki, ular ko'pincha bosma harflarni aralashtirib yozib qo'yadilar. Shunday paytda ular etiborini yozuv namunalariga jalb qilish, yozuvlarini to'g'ri va chiroyli bo'lishiga erishmoq lozim.
    Bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirish ishlari ham bu davrning asosiy vazifalaridan biridir.
    O'quvchilar:

    1. o'qituvchinig savollariga to'liq va aniq javob bera olish;

    2. rasmga qarab bog'lanishli nutq tarzida hikoya qilish;

    1. o'yin va mehnatlarini gapirib berishga, o'rgatib boriladi.

    O'quvchilar ro'yxatini boyitishga, yangi o'rganilgan har bir so'zning ma'nosini puxta o'zlashtirishlariga e'tibor beriladi.
    Alifbo davrida bolalarga tovush-harfni o'rgatishda dastlab yozilishi, talaffuziga mos keladigan so'zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga o'rgatishda so'z tarkibidagi harflarning to'g'ri, aniq yozilishi va qo'shilishiga, daftarlarini ozoda tutishiga bolalar etibori tortiladi. Bu davrdagi darslarni maqsadga muvofiq tashkil etish o'quvchilar bilimining kelgusida pishiq-puxta bo'lishiga mustahkam zamin yaratadi. O'quvchining bu sohadagi muvaffaqiyatlari uning dars o'tish usullari, darsda qo'llaydigan didaktik materiallariga ko'p jihatdan bog'liqdir. Buning uchun o'qituvchi doimo izlanishi, har darsda yangi-yangi usullarni joriy qilishi, o'z bilimini boyitib borishi lozim. Hozirgi paytda o'qituvchi uchun uslubiy qo'llanma chiqqan, 1- sinf uchun. Bu kitob o'qituvchilarga katta yordam beryapti, chunki u yerda namunaviy dars ishlanmalar ko'rsatilgan har mavzuga, darslikdan tashqari to'ldiruvchi materiallar berilgan va Davlat ta’lim standarti asosida ajratilgan har blokida ko' rsatilgan.
    Savod o'rgatish ishlarini to'g'ri tashkil qilish uchun quyidagilarga etibor berish lozim:

    1. Ta'limning didaktik jihatlariga etibor berib, uni so'nggi yutuqlar bilan to'ldirib borish;

    2) o'quvchilarning yosh va fiziologik jihatlariga etibor berish;

    1. ularga mustaqil faoliyatni rivojlantirish usullarini keng qo'llash;

    2. o'qish va yozishning uzviyligiga e'tibor berish;

    3. alifbo va unga qo'shimcha materiallardan ijodiy foydalanish.

    Savod o'rgatishda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy tamoyillariga, xalq pedagogikasi an’analariga, milliy qadriyat va ahloqning odob mezonlariga qat’iy rioya qilish, o'quvchilarning ruhiy holatlari va o'qish-o'rganishga qiziqish darajalarini hisobga olish, yozuvga o'rgatishda ularning tovush-harflarni aniq farqlay olishiga etibor beriladi.
    Savod ta'limida o'zbek tili nutq tovushlarining paydo bo'lish o'rni va usulini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Nutq tovushlarining paydo bo'lish o'rni va usuli esa nutq a'zolarining tuzilishi va harakati bilan bog'liqdir. Nutq tovushlarini hosil qilishda quyidagi nutq a’zolari ishtirok etadi:

    1. o'pka joylashgan ko'krak qafasi;

    2. bo'g'iz;

    v) burin bo'shlig'i;
    g) og'iz bo'shlig'i va til;
    d) milk va tish;
    e) lablar.
    Savod ta'limidagi asosiy maqsad va vazifa bolalarda yozish va o'qishni o'rganishga ishonch hosil qilish, o'z bilganlarini hech tortinmay, erkin, burro- burro, mantiqiy va ifodali gapirishga o'rgatishdan iborat.
    Savod ta’limida bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkuri va idrokini tarbiyalash eng muhim omillardan sanaladi.

    Download 0.55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0.55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish

    Download 0.55 Mb.